Тупроқшунослик асослари



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə35/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

Tuproqning yopishqoqligi. Nam tuproqning boshqa qattiq jismlarga yopishish xossasidir. YOpishqoqlik tuproqning texnologik xossalariga salbiy ta’sir etadi. Jumladan, tuproqning ish qurollariga va mashinalarning harakat qismlariga yopishuvi natijasida, mexanizmlarning tortish qarshiligi oshadi va yerga ishlov berish sifati pasayadi. YOpishqoqlik nam tuproqdan metall plastinkani ajratib olish uchun sarflanadigan kuch bilan o’lchanadi va g\sm2 bilan ifodalanadi. Strukturali tuproqlarda changlangan tuproqlarga nisbatan yopishqoqlik 2 barobar kam. SHuningdek, yopishqoqlik tuproqning mexanik tarkibi va tuproqdagi singdirilgan asoslar tarkibiga bog’liq. Tuproqqa ishlov berish, yopishqoqlik sodir bo’lmagan nam holatida o’tkazilishi lozim. Strukturali tuproqlarda nisbiy namlik 60-70, strukturasiz tuproqlarda esa 40-50 foiz bo’lganda tuproq ana shunday holatda bo’ladi. Demak, strukturali tuproq larni strukturasizga nisbatan namroq holatda bo’lganda ham haydash mumkin. YOpishqoqligiga ko’ra tuproqlar N.A.Kachinskiy bo’yicha quyidagi gruppalarga ajratiladi: eng kuchli yopishqoq (>15g/sm2); kuchli yopishqoq (5-15g/sm2); o’rtacha yopishqoq (2-5 g/sm2); kuchsiz yopishqoq (<2g/sm2).
Tuproqning bo’kishi va cho’kishi. Nam tuproqlarning o’z hajmini kattalashtirish qobiliyatiga bo’kish (ko’pchish), quriganda esa o’z hajmini kichraytirishiga, uning cho’kish xossasi deyiladi. Dastlabki hajmiga nisbatan foiz bilan ifodalanadi. Bo’kish va keyinchalik cho’kish natijasida tuproqda ko’plab yoriq (darz) lar hosil bo’ladi va tuproqdagi namning tez bug’lanishiga hamda o’simliklar ildizini uzilib ketishiga sabab bo’ladi.
Tuproqning ilashimligi. Tuproq zarrachalarini ajratib yuborishga ta’sir etadigan tashqi kuchlarga qarshi tura olish qobiliyatiga ilashimlik deyiladi. Tuproqning mexanik, mineralogik tarkibi, struktura holati, namlik darajasi, chirindi miqdori va qishloq xujaligida foydalanilishiga ko’ra, ilashimlik tuproqlarda turlicha bo’ladi. Ilashimlik kg\sm2 bilan ifodalanadi. Qum tuproqlar eng kam, soz tuproqlar esa yuqori (maksimal) ilashimlik xususiyatiga ega. Strukturali tuproqlarda strukturasizga nisbatan ilashimlik past bo’ladi. Mutlaqo quruq tuproqlar eng yuqori ilashimlikka ega bo’lib, fizik yetilgan holatdagi namlik bo’lgan tuproqlarda past darajada ifodalangan.

Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin