174
katta diametri bo‘yicha o‘lchanadi hamda millimetrda yoki dyumning yuzdan
(AQSH) yoxud mingdan (Angliya) bir qismlarida ifodalanadi.
Pnevmatik qurollar faqat stvolning orqasidan o‘qlanadigan qilib
tayyorlanadi. Stvol kanalining orqa kesimi tomonidagi alohida qismi,
unga snaryadni joylashtirish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, zarad kamerasi
deb ataladi.
Harakatlanuvchi to‘pponcha va vintovka (miltiq)larda zarad
kamerasining vazifasini qurolning porshenini jangovar holatga ko‘tarish
richagi bajaradi.
Pnevmatik qurollarning ayrim rusumlarida, stvol og‘zi moslamasi
mavjud bo‘ladi, ushbu stvol og‘zi moslamasi otilishlarning g‘ujligini
oshirish maqsadida qurol stvolidan siqayotgan gaz oqimini kesish uchun
mo‘ljallangan (masalan «Nighthawk SR–99» rusumli pnevmatik
to‘pponcha).
Pnevmatik qurolning yopish mexanizmi quroldan o‘q otlishida stvol
kanali mahkam berkitish uchun mo‘ljallangan. Yopish mexanizmlarining
tuzilishi pnevmatik qurollarning rusumiga qarab turlicha bo‘ladi.
Otish mexanizmi — bu otilishlarni ta’minlovchi (qo‘zg‘atuvchi)
mexanizmlarning umumiy nomidir. Pnevmatik qurollarda otish
mexanizmi prujina-porshenli, kompression, gaz ballonli bo‘lishi mumkin
va pnevmatik patronda joylashishi mumkin. Ushbu mexanizm o‘qni
muayyan yo‘nalishda otish imkonini beradi.
Qo‘yib yuboruvchi mexanizm otishning boshlanishi va
yakunlanishini boshqarish uchun mo‘ljallangan. Prujina-porshenli
pnevmatik qurolda qo‘yib yuboruvchi mexanizm qurol porshenini
jangovar (prujina maksimal darajada siqilgan) holatda ushlab turish va
uni jangovar holatdan chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi.
Gaz ballonli pnevmatik qurolda qo‘yib yuboruvchi mexanizmning
asosiy qismi sifatida — pnevmokompressorni jangovar holatda ushlab turish
va qo‘yib yuboruvchi ilmoq bosilganda, tegishli miqdordagi gazni bo‘shatib
yuborishini —
klapan
bajaradi. Keyingi beixtiyor (tasodifiy) o‘q otilishining
oldini olish uchun gaz ballonli pnevmatik qurollarning qo‘yib yuboruvchi
mexanizmida maxsus moslama —
Dostları ilə paylaş: