Turgunboev abdusamat farxodovich



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə15/20
tarix16.06.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#131141
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Turg\'unboyev Abdusamat

X U L O S A
Mazkur dissertatsiya ishi mavzusini keng yoritish maqasadida jamoatchilik fikri tushunchasining ilmiy asoslariga alohida urgʼu berildi. Mazkur tushunchaning falsafiy jihatlariga, mazmuni va mohiyatidan kelib chiqib uni amalga oshirish mexanizmlari oʼrganildi. Jamoatchilik fikri bilan ishlashda aholining har bir qatlamiga alohida yondashish lozimligini, fuqarolarning ijtimoiy manfaatlariga to‘g‘ri baho berish va ilmiy nazariy tushunchalarga asoslangan holda ijtimoiy munosabatlarni o‘rnatish va mezonlari tahlil qilindi.
Ijtimoiy-siyosiy islohotlar o‘tkazish jamiyatdagi barcha sohalarda keng xalq ommasining faol ishtirokini ta’minlashga erishishni talab etilishini nazariy jixatdan o‘rganib chiqdik. Shundan kelib chiqib o‘zini o‘zi boshqarish tuzilmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va eng muhimi jamoatchilik muhokamalari institutining rolini yanada mustahkamlash va takomillashtirish zarurligi ma’lum bo‘ldi. Bu o‘z navbatida aholining ijtimoiy-siyosiy jihatdan faollashuviga olib kelish bilan bir qatorda jamoatchilik fikrining paydo bo‘lishiga va jamoatchilik nazoratining rivoj topishiga turtki beradi. Budan tashqari biz, ilmiy tadqiqot olib boorish natijasida ijtimoiy yo‘nalishda amalga oshirilayotgan Davlat dasturlari ijrosi va ularni takomillashtirish masalalari bilan tanishib chiqdik.
2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2021 yilning 17 fevral kuni 2021–2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan PF-5634 sonli Farmoyishi imzolanishi mazkur tizimning kelgusida davlat ahamiyati darajasida ekanligidan dalolat bermoqda. Ushbu Farmoyish bilan 2021-2030 yillarda aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasi konsepsiyasi va strategiyani ishlab chiqish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanishi bu sohada ko‘plab yangiliklar va loyihalar ishlab chiqilishi imkoniyatlarini kengaytiradi.
Аholini ijtimoiy himoya qilish sohasida jamoatchilik fikrini oʼrganish masalasida ijtimoiy ish xodimining rolidan kelib chiqib taqiqotlar oʼtkazildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdi-ki, ijtimoiy ish obyekti va subyektini aniqlash bu faoliyatni tashkil etish hamda boshqarishda katta ahamiyat kasb etadi. Ta’lim muassasalari obyekt sifatida undagi ishtirokchilar esa subyekt sifatida ishtirok etishlari tadqiqot natijalarida ma’lum bo‘ldi.
Mazkur dissertatsiyada oʼrganilgan mavzu quyidagi xulosa va takliflarni berishga imkon beradi.
Birinchidan, hozirda aholini ijtimoiy himoya qilish masalasida ilmiy tadqiqotlar olib borish, uning turli muammolarini regional masshtabda oʼrganishga boʼlgan qiziqish ortib bormoqda. Buning asosiy sababi jahonda ijtimoiy koʼmakka muxtojlarga koʼmak berish, ularni qoʼllab-quvvatlashga boʼlgan talab va eʼtibor kuchayib borayotganligi, yangi-yangi tizimlar shakllantirilib faoliyati yoʼlga qoʼyilayotganligidir (Misol: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentliginig tashkil etilishi). Ijtimoiy-gumanitar yordam berish harakati ijtimoiy ish obyektlari va subyektlarini oʼzida birlashtirganligi bois oʼzaro tajribalarni oʼrganishga boʼlgan intilish asosiy masalalardan biriga aylanib bormoqda.
Ikkinchidan, jahonning rivojlangan davlatlari qatorida mamlakatimizda ham mustaqillik sharofati bilan ijtimoiy ishning faoliyat turlari yangilanib, jahondagi ilgʼor tajribalarni oʼrganish asosida samarali yoʼlga qoʼyilmoqda. Uning aholini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tizimini oʼrganishga boʼlgan ilmiy-amaliy qiziqish yildan-yilga ortib bormoqda. Bu respublikada olib borilayotgan kuchli ijtimoiy siyosat bilan uzviy bogʼliq boʼlib, uning har bir obyekti va subyekti alohida tadqiqotlar markaziga aylanib bormoqda. Eng muhimi, aholini ijtimoiy himoya qilish mexanizmlarini aniqlashda jamoatchilik fikriga tizimli va maqsadli yondoshish qaror topib bormoqda. Natijada, ijtimoiy ish faoliyat turiga boʼlgan talab va ehtiyojlar jamoatchilik fikri asosida oʼrganilib, ularni rivojlantirish uchun zaruriy moddiy-texnika bazasi hamda kadrlar tayyorlash masalasi kun taribiga qoʼyilmoqda.
Uchinchidan, barcha sohalarda tabiiy kuzatilayotganidek, ijtimoiy ish faoliyatini tashkil etish, uning ishtirokchilarini oʼrganish borasida hali qator muammolar mavjud boʼlib, mazkur holat ilmiy-tadqiqotlarni yanada kuchaytirishni talab qilmoqda. Аsosiy masalalar sifatida aholini ijtimoiy himoya qilishda jamoatchilik fikrini oʼrganish masalasida hududiy, milliy, diniy va etnik xususiyatlarga koʼproq eʼtibor berish lozimligini va masalani takomillashtirishda aynan shu xususiyatlarga asoslanish lozimligi mavjud muammolarni yechimini topishga yaqindan yordam beradi.
Yuqoridagi xulosalardan kelib chiqib, biz ijtimoiy ish obʼekti va subʼekti masalasini oʼrganish hamda takomillashtirish yoʼllarini aniqlash uchun quyidagi takliflarni berish oʼrinli boʼladi deb xisoblaymiz.

  1. O‘tkazilgan tadqiqotlarimiz natijasida ta’lim muassasalari vikillari bilan bevosita muloqot o‘tkazilib ta’lim samaradorligigi salbaiy ta’sir qilayotgan omillar bilan tanishib chiqildi. Bu borada o‘qituvchilaring sinf xonalarida o‘quvchilarning son jixatidan ko‘pligi borasidagi fikrlari umumlashtirilib umumta’lim maktablarida sinfida o‘quvchilarning sonini qisqartirish bo‘yicha takliflari qabul qilindi. Tuman va shahar hududlariga yangi maktablar bunyod etish shuningdek, xususiy ta’lim muassasalar bilan davlat sherikchiligi asosida yangi loyihalar ishlab chiqish maqsadga muvofiq deb topildi.

  2. Aholini ijtimoiy himoya qilish sifatini oshirishda joylarda faoliyat olib borayotgan o‘zini o‘zi boshqarish organlari – mahalla institutiga alohida katta e'tibor qaratish maqsadga muvofiq. Bugungi kunda mahalla aholiga moddiy yordam ko‘rsatish masalasida katta tajribaga yega bo‘lgan institut hisoblanadi. Ushbu imkoniyatni to‘g‘ri baholab mahallani ijtimoiy ish ob'ekti sifatida funksiyalarini oshirish, ichki zahira va imkoniyatlarini safarbar qilishda keng jamoatchilik fikriga tayanish taklif yetiladi.

  3. Ijtimoiy ish hodimlari o‘z faoliyati davomida turli millat vakillari, tulki toifadagi insonlar bilan birgalikda ishlashlarini inobatga olgan holda ularni qo‘llab-quvvatlashning samarali yo‘llarini o‘rganish, xorijiy mamlaatlarda qo‘lga kiritilgan ilg‘or metod va vositalari bilan tanishishi bugun asosiy vazifalardan biridir. Bu masala bizda xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha alohida chora-tadbirlar belgilash bo‘yicha qo‘llanilayotgan metod va vositalarda ham o‘z ifodasini topmoqda. Har bir ijtimoiy ish xodimi o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishda dunyodagi ilg‘or tajribalardan foydalanish uchun albatta chet tilini muomilla darajasida yaxshi bilishi talab etiladi. Shundan kelib chiqib biz mazkur yo‘nalishda tahsil olayotgan o‘quvchi va talabalarga xorijiy tillarni o‘qitish masalasiga alohida e'tibor berish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz.

  4. Ijtimoiy ish sohasi bilan ishlashda yangi innovatsion g‘oyalar va metodlardan foydalanish shu kunning muhim vazifasi bo‘lib qolmoqda. Shundan kelib chiqib, biz ijtimoiy ish xodimlarini nodavlat notijorat tashkilotlari bilan ishlash hamkorligini kuchaytirish qolaversa, memarandum shartnomalarini imzolashni taklif etamiz. Hususan, jamoatchilik bilan to‘g‘rida-to‘g‘ri ishlash mexanizmlari NNTlar, siyosiy partiyalarda samarali yo‘lga qo‘yilgan. Ilg‘or metod va texnologiyalarni hamkorlikda qo‘llanilishi bu sohada mavjud muammolarni o‘rganish va ilg‘or yechimlarini topishda yaqindan ko‘mak beradi.


Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin