Turgunboev abdusamat farxodovich


Jamoatchilik fikrini o‘rganishda ijtimoiy ish xodimining kasbiy yondashuvlaridan foydalanish



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə12/20
tarix16.06.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#131141
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Turg\'unboyev Abdusamat

2.3. Jamoatchilik fikrini o‘rganishda ijtimoiy ish xodimining kasbiy yondashuvlaridan foydalanish

Jamoatchilik fikri tushunchasining ma’no doirasi juda keng bo‘lib, uning tarkibiga ijtimoiy hodisalarning shakllanishi, umuminsoniy vazifalarini hal etishidagi jamoatchilikning o‘rni va ta’lim masalalaridagi keng jamoatchilik aloqalari ham kiradi. Dissertatsiya ishimizning birinchi bobida berilgan jamoatchilik fikri tushunchasining ilmiy ma’nolari va izohlarida ta’kidlaganimizdek, jamoatchilik fikrining mohiyatini izohlovchi, ilmiy asoslaraga ega bo‘lgan turli-tuman ta’riflar mavjud. Ular ijtimoiy ongning bu hodisasi mazmunining u yoki bu jihatlarini oydinlashtirishga to‘laqonli, yaxlit tasavvur shakllanishga shubhasiz ko‘maklashadi.


Shubhasiz, jamoatchilik fikrida kishilarning u yoki bu hodisaga nisbatan bildirgan e’tirozi yohud munosabatlari, taklif va istaklari jamul-jamidir.
Jamoatchilik fikri mohiyatini umumiy tarzda va to‘g‘ri baholashda amerikalik sotsiolog Uolter Lipman nuqtai nazari e’tiborga loyiqdir. Jamoatchilik fikri deb ta’kidlaydi, u kishilarning umumiy, jamoaviy manfaatlari ifodasidir.70
Jamoatchilik fikri va uni o‘rganish tizimiga ahamiyat berilganda bevosita uning ma’nosi, xarakat yo‘nalishlari hamda boshqa sohalar bilan uzviy bog‘liq ekanligiga urg‘u berishimiz maqsadga muvofiqdir.
Jamoatchilik nazorati yurtimizda uzoq tarixiy ildizlarga ega. Bu institut bizda qadim-qadimdan oqsoqollar Kengashi ko‘rinishida namoyon bo‘lib kelgan. Bu Kengashlar mahallalardagi obodonlashtirish, aholi muammolarini hal etish, o‘zini-o‘zi himoya qilish, hamisha ogoh va hushyor bo‘lish, farzandlar tarbiyasiga loqayd qaramaslik va boshqa jamoat ishlari bilan shug‘ullanadigan jamoatchilik tuzilmasi hisoblangan.71
Darhaqiqat, masalaning etiborli jihati shundaki, jamoatchilik nazoratini tashkil qilishda bevosita uni shakllanishiga sabab bo‘lgan hodisalar va holatlar, jamoatchilik fikri asosida yuzaga keladi.
Jamoatchilik fikrini o‘rganishda, birinchi navbatda, aholining turli qatlamlari, turli sohalar, hususan, ijtimoiy sohalarning o‘rni va rolini yanada kuchaytirish lozim. Ijtimoiy sohani tadqiq etish natijasida bevosita ta’lim muassasalari faoliyatiga ijobiy ta’sir o‘tkazilib mavjud muammo va kamchiliklarni jamoatchilik fikri asosida bataraf etish o‘z samarasini beradi. Ijtimoiy ish xodimi o‘z faoliyati davomida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi mavjud muammolarni o‘rganuvchi va uni bartaraf etish choralarini ko‘rish borasida muhim vazifa bajaruvchi yangi institut sifatida muhim rol o‘ynamoqda. Yakka tartibda va jamoaviy tartibda ishlash bo‘yicha ijtimoiy ish xodimi ta’lim muassasalari faoliyatiga yaqindan ko‘mak berishi mumkin. Bu o‘z navbatida mavjud kamchiliklar yoki e’tirozlarni o‘rganish, ularni taxlil qilish va еchim topishida keng jamoatchilik e’tiboriga xavola etilishiga ko‘maklashadi.
E’tirof etish kerak, keyingi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan pragmatik, ochiq-oshkora va shaffoflikka asoslangan yangi bosqichdagi islohotlar samarasi tufayli jamiyatimizda jamoatchilik nazoratining ham ta’sir doirasi sezilarli ravishda kuchaydi. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlari va ularning rahbari, mas’ul mutaxassislarning xatti-harakatlariga nisbatan bildirilayotgan munosabatlar tufayli ko‘plab kamchilik va muammolar, qonun buzilishi holatlariga chek qo‘yilayotganiga guvoh bo‘lib turibmiz. Yangi texnologiyalarni hayotimizga kirib kelishi va kundalik turmush tarzimizga singib borishi natijasida jamiyatda yangicha dunyoqarashni shakllantirib bermoqda. Bugungi kunda ijtimoiy sohalarni nazorat qilishda zamonaviy texnologiyalarning qo‘llanilayotganligi insonlar o‘rtasida turli mavzularda muhokamalar jarayonlari ko‘pay borayotganligiga sabab bo‘lmoqda. Ta’lim muassasalarida kuzatuv kameralarining joriy etilishi o‘z o‘rnida ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish bilan bir qatorda mazkur muassasa xodimlarining xatti-harakatlariga baho berish va ularning xatti-xarakatlari keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilishiga olib kelmoqda. Bu o‘z navbatida jamoatchilik fikrining tabiiy jihatdan shakllanishiga va muhokama mavzusiga aylab borishiga olib kelmoqda. Mazkur jarayonlar ijtimoiy ish xodimi xarakatining asosiy mexanizmi sifatida o‘rganilishini lozim deb bilamiz.
Ijtimoiy ish hodimining faoliyati sohalarini o‘rganar ekanmiz jahondagi rivojlangan davlatlarning tajribalariga asoslangan holda keng jamoatchillikning bu soha vakillarini bildirayotgan munosabatlarini kuzatishimiz mumkin.
Ijtimoiy ishning xorijiy tajribasi turli ko‘rinish va usulga ega. Ijtimoiy ishchilar deyarli barcha davlatlarda mavjud – ularning ba’zi birlari mahsus o‘quv tashkilotlarida turli darajadagi tayorgarlikni olganlar va shu sababli o‘zlarini profesional deb hisoblaydilar, qolgan profesional tayorgarlikga ega bo‘lmaganlar ijtimoiy ish bilan jamoat tashkilotlarida yoki ijtimoiy tashkilotlarida yordamchi lavozimlarida ishlaydilar. Tarixiy manbalar shuni ko‘rsatadiki, dastavval ijtimoiy ish asosan alohida shaxslarning manfaatlarini emas, balki umumjamiyat manfatlariga javob beradigan faoliyat sifatida vujudga keldi. Boshqa so‘z bilan aytganda ijtimoiy ish umumbashariy qadriyatlarni o‘ziga singdirdi. Ammo, bu tushunchaning ijtimoiy institut va kasb sifatidagi mazmuni asta sekin, XX asr davomida qabul qila boshlandi. Birinchilardan bo‘lib bu kasb Shimoliy Amerika va G‘arbiy Yevropada qo‘lana boshlandi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida AQSh va G‘arbiy Yevropaning pazitivizm va liberalizm yo‘nalishlari vakillarining qarashlari davlatning shaxs oldida axloqiy burch va javobgarlik tushunchalarini shaklanishiga zamin yaratdi. Shunday qilib asta-sekin aholining himoyalanmagan qatlamiga hayriyalar ko‘rinishidagi yordam ko‘rsatish ijtimoiy ish degan yangi nomga ega bo‘ladi. Demak, endi ijtimoiy faoliyatning yangi turi shakllana boshladi. Yuqorida aytilganidek “ijtimoiy ishchi” kasbi dastavval AQShda ijtimoiy statusga ega bo‘ldi, keyinchalik esa G‘arbiy Yevropada, lekin profesional ijtimoiy ishchilarning tayorlaydigan o‘quv muassasalari ilk bor 1910 yilda Nederlandiyada tashkil qilindi. Keyinchalik, AQSh, Buyuk Britaniya va Germaniyada ham shunday jarayonlar sodir bo‘la boshladi. II-jahon urushlari davrida o‘quv muassasalari Lotin Amerikasi va Britaniya hamdo‘stligida tashkil qilingan, urushdan so‘ng ijtimoiy ishchilarning maktablari Osiyo, Yaponiya, O‘rta sharq va G‘arbiy Yevropa davlatlari, keyinchalik esa Afrika davlatlarida ochildi. Dunyoda ijtimoiy ishchilarni profesional darajada tayorlovchi universitetlar faqatgina G‘arbiy Yevropaning 20 ta davlatlarining o‘zida 500 dan ziyod ushbu soha bo‘yicha talim beruvchi o‘quv muassasalari mavjud.72
Rivojlangan va rivojlanib kelayotgan mamlakatlar tajribasidagi maktab ijtimoiy xodimi faoliyatidagi qo‘p qirrali rollar, o‘quvchilarda akademik bilimlarni, ko‘nikmalarni va qadriyatlarni shakllantirish orqali ularning hayotini yaxshilashga, ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Maktab ijtimoiy ish xodimi o‘quvchiga ko‘nikmalarini maktab, oila va jamoa darajasida maktab tizimiga qanday kiritish kerakligini tushunishga yordam beradi. Maktabdagi ijtimoiy xodimning faoliyati munosabatlar o‘rnatish, baholash, ko‘p yo‘nalishli jamoalar bilan ishlash va o‘quvchilarga maktabda muvaffaqiyatli o‘qishiga xalaqit beradigan qiyinchiliklarni еngishiga yordam berishni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, maktab ijtimoiy xodimlari alohida ehtiyojli o‘quvchilarning ehtiyojlarini aniqlash va qondirish bilan shug‘ullanadi.73
Maktab nafaqat o‘qishga xalaqit beradigan muammolarni hal qilishda, balki bolalarga nisbatan zo‘ravonlik, kaltaklash (kiberxujumlar), giyoxvandlik, o‘spirin xomiladorlik, har qanday kamsitish va boshqa muammolarni xal qilishda yordam beradi.
Ijtimoiy ish xodimining quyidagi kasbiy yondashuvlari mavjud bo‘lib uning natijasida o‘quvchi yoshlar fikrini o‘rganishga asos yaratib beradi. Bu borada biz M.Abdurahmonovaning “O‘zbekiston umumiy o‘rta ta’lim tizimida ijtimoiy ish kasbiy faoliyatini shakllantirish mexanizmlari (ijtimoiy ish kasbiy faoliyatini maktabda yo‘natirilgan innovatsion sohasi misolida) nomli Monografiyasidan foydalanib ijtimoiy ish xodimining kasbiy yondashuvlarini o‘rganib chiqishni maqsadga muvofiq deb topdik.
Profilaktika – ijtimoiy muammolarni oldini olish, ularning rivojlanishi uchun xavf omillariga yo‘l qo‘ymaslik va еchishga qaratilgan chora-tadbirlari majmuasidir. Bunda o‘quvchi yoshlar o‘rtasida kasalliklar rivojlanishini oldini olish, ularni emlash, mehnat va dam olish rejimlarini takomillashtirish ahamiyatlidir. Mehnat ko‘nikmalarini tiklashga imkon yaratish, ruhiy faolligini tiklash ham shular jumlasidandir. Ushbu yondashuv orqali maktablarda profilaktik ishlarning o ‘tkazilishi sharoitlari va samarasiga baho berishda bevosita o ‘quvchilar bilan o ‘tkaziladigan suhbat jarayonlarida ma’lumot olishimiz mumkin bo ‘ladi. Profilatrik tadbirlarni keng o ‘quvchilar ishtirkida o ‘rganish esa jamoatchilik fikrini o ‘rganilishiga misol bo ‘la oladi.
Baholash – maktab ijtimoiy xodimi tomonidan o‘quvchini to‘g‘ri baholash ijtimoiy terepiya (davolash) xizmatlarni taqdim etishning asosi hisoblanadi. Maktabdagi ijtimoiy ishda baholash muammolarni hal qilish jarayonidagi birinchi qadamdir. Baholashda mutaxassis mijozlarning muammolari, kuchli tomonlari, ichki va tashqi, shuningdek, mijoz yashaydigan atrof-muhit omillari to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lgan tadqiqotlar amalga oshiriladi. Ushbu tadqiqotlar o‘z o‘rnida ko‘pchilikning ishtirokini ta’minlash orqali o‘tkazilib o‘ziga xos jamoatchilik muhokamasini tshkil etilishiga asos bo ‘ladi.
Maslahatchi – maktabning ijtimoiy xodimi boshqarlarga ma’lumot, yordam va maslaxat olish uchun murojaat qiladigan maxsus bilim va tajribaga ega bo‘lgan inson mutaxassis va maslahatchi bo‘lishini nazarda tutadi. Maktabning ijtimoiy xodimlari emotsional va xulq-atvorida muammolari bo‘lgan o‘quvchilarga maktab muhitiga moslashish va o‘zlarining xatti-harakatlarini boshqarishni o‘rganishda yordam beradilar. Bunda ijtimoiy ish xodimi shaxsiy maslahatchi yoki jamoaviy maslahatchi rolini o‘ynashi mumkin.
Maktab ijtimoiy ish xodimining o‘quvchilar guruhlarini shakllantirish va ular bilan ishlashdagi roli. Bu – ijtimoiy xodimlar yordam beradigan ba’zi asosiy guruhlar ijtimoiy ko‘nikmalarga, ya’ni o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashga, g‘azab va qayg‘u bilan kurashishga, ota-onaning ajralishi bilan bog‘liq qayg‘uga yordam berishga yo‘naltirilgan. Bundan tashqari dam olish guruhlari ekskursiyalar o‘tkazadilar va yangi ko‘nikmalarni shakllanishiga ko‘maklashadilar, shuningdek, ijtimoiy xodimlar o‘quvchilarga o‘z tengdoshlariga yordam berishlari uchun guruhda o‘zaro yordam ko‘nikmalarini o‘rgatadilar.
Maktab ijtmoiy ish xodimining oilalar va jamiyat bilan ishlashdagi roli. Bunda:
- maktab va jamoaga asoslangan mutaxassislar bilan ijobiy, konstrukiv munosabatlarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash;
- ona-onalar, maktab va jamiyat o‘rtasidagi ishonchli va hamkorlik munosbatlariga ko‘maklashish;
- o‘quvchilar va oilalarning ehtiyojlarini qondirish uchun mahalliy ta’lim muassasalarida va jamoalarda resurslarni jalb qilish bo‘yicha birgalikda ishlash;
- oilalarga ta’lim va jamoat xizmatlaridan samarali foydalanish va ularga ega bo‘lish imkoniyatini berish;
- oila va jamiyatning o‘quvchilar faoliyatiga ta’siri to‘g‘risida maktab xodimlar bilan bog‘lanish.
Mazkur yondashuvlarning barcha yo‘nalishlari ijtimoiy ish xodimi orqali tahlil etilganda ota-onalar, maktab ma’muriyati hamda o‘quvchilarning shaxsan o ‘zidan eshitilgan fikrlar asosida shakllanadi. Oila, o‘quvchilar va maktab ma’muriyati tomonidan keltirilgan ma’lumotlar o‘z o‘rnida jamoatchilik fikri asosida umumlashtiriladi.
Advokatlik – maktabdagi ijtimoiy ish xodimining muhim rollaridan biridir. Maktabdagi ijtimoiy ishda – “maktab ijtimoiy xodimlari o‘quvchilar va ularning oilalariga turli vaziyatlarda himoya qilish kerakligi tan olinadi. Maktab ijtimoiy ish xodimlari ota-onalar va bolalarga ularning huquqlari bo‘yicha yordam beradilar, himoyachisi sifatida harakat qilishadi. Bundan tashqari, ijtimoiy ish xodimlari maktab tizimida qatnashishni istamaydigan ota-onalarni topishlari va maktabda kim ularni qo‘llab-quvvatlayotganliklarini tushunishlari uchun yordam berishlari kerak. Buning uchun ota-onalar tarkibidan tashkil topgan ota-onalarning mas’uliyatli guruhlarini tashkillash va maktab tizimiga keng jalb qilish talab etiladi.
Maktab ijtimoiy ish xodimining sudga ko‘rsatmalar taqdim etishdagi roli. Bunda Maktab ijtimoiy ish xodimi o‘quvchi uzoq vaqt yoki haddan tashqari darsga kelmagan taqdirda, o‘quvchining yo‘qligi sababini aniqlash uchun o‘quvchi va uning ota-onasi bilan uchrashishi kerak. Agar vaziyat talab etsa, ijtimoiy ish xodimi ushbu masalani tegishli sudga yuborishi kerak. Ish sudga oshirilgandan so‘ng, ijtimoiy xodim odatda sud muhokamalarida qatnashishi va sudyaga o‘quvchining maktabga borishi to‘g‘risidagi maktab kitoblaridagi yozuvlar to‘g‘risida ma’lumotlar berishi kerak. O‘quvchi sudga berilgandan so‘ng, maktab ijtimoiy ish xodimi o‘qituvchining kunlik ro‘yxatdan o‘tish varaqalari orqali o‘quvchilarning qatnashishini kuzatadi. Ushbu ro‘yxatni olish varaqalari o‘quvchining har bir maktab davrida har kuni tashrif buyurganligini tekshirish uchun sudga taqdim etiladi. Shu bilan birgalikda ijtimoiy ish xodimi o‘quvchilar manfaatlarini sud orqali himoya qiladilar.
Mediatsiya – o‘qituvchi, o‘quvchi, oila va jamoat ishtirokidagi baxs-munozaralarni uchinchi taraf tomonidan, ya’ni maktab ijtimoiy xodimi ishtirokida tartibga solishga doir texnologiya. Ijtimoiy ish xodimining Milliy assotsatsiya stardartida “maktab ijtimoiy xodimlari o‘quvchilarga maktabda va jamoada samarasiz uchrashuvlarni hal qilishda va samarali munosabatlarni rivojlantirishda yordam berish hamda nizolarni hal qilish strategiyalarini o‘rganishlari va ulardan foydalanishlari kerak” bo‘lgan sohasi bu mediatorlikdir deyilgan. O‘quvchilar, ota-onalar va maktab o‘rtasidagi nizolarni rasmiy appelyatsiya jarayonidan foydalanmasdan hal qilishga qaratilgan urinishlar juda qimmatga tushadi. Maktab ijtimoiy xodimi faoliyati samarali bo‘lishi uchun mumkin bo‘lgan zarur o‘zgarishlarni amalga oshirish yoki o‘zaro maqbul yo‘llarini topish bo‘yicha mediator xisoblanadi.
Maktabda ijtimoiy ish xodimining rollari uning bajarilishi shart bo‘lgan vazifalardan kelib chiqadi. Maktabdagi ijtimoiy xodimlari – bu keng doiradagi mutaxassislar bo‘lib, ular shaxslar, guruhlar, oilalar va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari kerak. Har bir maktab shaharchasida o‘ziga xos madaniyat mavjud, bu esa maktab ijtimoiy xodimlariga xilma-xillikni tushunish va noyob holatlar bilan ishlashni talab qiladi. Maktab ijtimoiy xodimi maktabdagi boshqa mutaxassislar bilan ishlashlari va bolalar hamda oilalarni jamoat manbalariga ulanishlarida, yordam berishlari kerak. Ijtimoiy ish xodimlari kasbiy bilim va ko‘nikmalaridan xafvli, qiyinchiliklarga duchor bo‘lgan yoki nogironligi mavjud bo‘lgan bolalarni maktabda o‘qishlariga yordam berishi uchun foydalanadilar.
Ijtimoiy ish xodimi o‘z faoliyatiga asoslangan holda ma’lum bir guruhlarda, sinflarda jamoatchilik aloqalarini o‘rnatishi, bunda turli toifadagi insonlar bilan hamkorlikda ish olib borishi maqsadga muvofiq sanaladi. Shu o‘rinda ijtimoiy ish xodimining hamkorlikdagi aloqalariga e’tibor qaratish lozim. Hamkorlik aloqalari ilmiy manbaalarda quyidagicha tasniflanadi.74
- hamkasblari bilan ochiq hamkorlikda ishlaydi, ularga hurmat bilan munosabatda bo‘ladi;
- aholi va boshqa kasb vakillariga murakkab xayotiy vaziyatda bo‘lgan boshqa odamni to‘g‘ri anglash va tushunishga yordamlashish;
- mijoz bilan uning yaxshi qiziqishlariga amal qilish sharoitida ishlashga jalb etilgan mutaxassislar bilan axborot almashish;
- manfaatlar nizosini keltirishi mumkin bo‘lgan munozarali masalalar haqida ma’lumot beradi;
- rahbariyat yoki tegishli mas’ul tuzilmalarni aholining turli toifalarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy yordamni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan amaliy qiyinchiliklar yoki imkoniyatlar to‘g‘risida habardor qilish;
- ijtimoiy himoya bo‘yicha o‘zini faoliyatini bajarishga еtarli darajada tayyorlamagan yoki layoqatsiz deb his qilgan hlatlarda rahbariyat yoki yuqori tashkilotlardan yordam so‘rash;
Ijtimoiy ish umumiy ma'noda odamlar madaniyatini o'rganadigan, ijtimoiy xulq-atvor ko'nikmalarini egallaydigan moddiy, ma'naviy va ijtimoiy munosabatlarga qo'shiladigan jarayon sifatida tasavvur qilish mumkin. Shaxs va jamoaning ijtimoiy shakillanishi, odatiy jarayon sifatida izohlash ham ilmiy asoslangan ijtimoiy ish unga maqsadga yo'naltirganlik baxsh etadi. Ilmiy asoslangan ma'lumotlarga ko'ra, ko'p soha mutaxassislari doimo ijobiy tajribaga tayanishda, "personalni" optimistik gipotezadan foydalanishga intiladilar. Ijtimoiy ish xodimlari ham shunday, ya'ni qiyin xayoti vaziyatga uchragan insonlar toifasi yoki zo'ravonlikka uchragan (bolalar, ayollar ) bilan shunday kasbiy mohirlikka ega bo'lib, mijozda yanada hayotga ishonch, mehr va maqsadlarni paydo qila olishi kerak. Bunday vaziyatlarni o'z ichiga olishi bilan ijtimoiy soha o'zining noyobligiga ega deb ayta olamiz.
Ijtimoiy xodimning samarali muloqotini ta'minlovchi sifatlar ham mavjud bo'lib, ular mijoz va xodim o'rtasida mijoz muammolarini tushunish va amaliy yordam ko'rsatish uchun ko'prik vazifasini bajaradi. Aytib o'tish o'rinliki, ba'zi bir insoniy sifatlar samarali shaxslararo munosabatlarni qurishning zarur shartlaridan hisoblanadi. Jumladan, ijtimoiy ishda ham zarur bo'lgan sifatlarning asosiy guruhini quydagilar tashkil etadi:75
• mijoz bilan munosabatlardagi samimiylik;
• ochiqlik;
• empatsiya ( xayrixohlik);
• o'zga kishilarga nisbatan ijobiy munosabat bildirish
Quyida ijtimoiy ish xodimining professional ko'nikma va malakalarini ko'rib chiqamiz. Demak ijtimoiy ish xodimi quyidagilarni uddalashi kerak76:
• o'zining professional amaliy faoliyatida professional-etik me'yorlarga amal qilishi;
• shaxslar, oilalar va uyushmalar bilan ishlashni uddalashi;
• aholining turli guruhlari (bolalar, yoshlar, ayollar, keksalar, nogironligi bo'lgan shaxslar) xususiyatlarini bilishi va ularga yordam ko'rsata olishi;
• muloqot malakasi (mijozlar, bolalar, hamkasabalar va boshqa mutaxassislar bilan shaxslararo muloqot ko'nikmalari, verbal va noverbal muloqot mahorati)ga ega bo'lishi;
• baholash va rejalashtirish malakasiga ega bo'lishi ( to'la baholash uchun axborotlarni yig'ish va tahlil qilish, mijozlar vaziyatini baholash asosida aniq rejalar va bitimlar, tashkilotda o'rnatilgan talablarga mos keluvchi aniq va yakdil qaydlarni olib borishi);
• o'z -o'zini boshqarish malakasiga ega bo'lishi (shaxsiy ishi va vaqtini uyushtira olish, o'zining kuchli va zaif tomonlarini bilishi);
• amaliyotda nazariyalarni qo'llashga qodirlik (ijtimoiy ish nazariyasini bilish va tushunishi, amaliy faoliyat uchun munosib nazariyalarni tanlay va qo'llay olishi malakasi);
• aholining ijtimoiy himoyasini ta'minlashning tashkiliy-huquqiy mexanizimidan foydalanish;
• o'zining professional vakolatliligini oshirishga doimo intilishi.
Bundan tashqari xodim quydagi zaruriy bo'lgan shaxsiy-professional sifatlarga ega bo'lishi, va shu o'rinda bu sifatlarni rivojlantirishi va nomoyon qilmog'i zarur.
• har bir odamning qadiriyatlarini shaksiz qabul qilish, uning huquqlarini hurmatlashi;
• odamlarning individual farqlariga bahosiz munosabati, insonparvarlik;
• rivojlangan o'z-o'zini anglash va o'z-o'zini baholash, tanqidiy tafakkurga ega bo'lishlari;
• empatiya (hamdardlik va xayrixohlik qobilyati);
• murakkab vaziyatlarni hal qilishdagi qat'iyatlilik va izchillik;
• yordam ko'rsatilayotgan odamlar va oilalarning kuchli tomonlarini ko'ra bilish va rivojlantirish mahoratiga ega bo'lish;
• stressli va hissiy murakkab vaziyatlarda ishlash ko'nikmasi, bir holatdan boshqasiga o'tish, o'z hissiyotlari va axloqini boshqarish qobiliyatlariga ega bo'lishlari xodimning shaxsiy-professional sifatlari sanaladi. Deyarli barcha kasb egalari, o'zlarining majburiyatlari va kasb vazifalariga ega bo'lib, unga amal qilishlari ish jarayonida turli noqulay vaziyatlarga tushib qolishdan xodimni asraydi. Shu asosdan kelib chiqqan holda ijtimoiy ish xodimi ham ish jarayonida quydagi vazifa va majburiyatlarga ega sanaladilar.
Ijtimoiy ish xodimlari majburiyatlari quydagilarni qamrab oladi:
- va'zxonlik qilmaslik, buyruq bermaslik;
- mijoz shaxsining sha'ni va betakrorligini hurmat qilib uni harakatga, tashabbusga, ijodga undash;
- muloqotmand bo'lish, ochiq bo'lish, mijozni "gapirtira bilish", birgalikda muammolarning еchimini aniqlash;
- atrofdagilar uchun kerakli va qiziqarli bo'lish;
- mijoz va uning atrofidagilar o'rtasida vosita, bog'lovchi halqa bo'lish, mijozga ko'rsatilayotgan xayriya yordamlar orqali uning sha'ni pastga urilishiga yo'l qo'ymaslik;
- shaxs yoki odamlar guruhida g'ayriinsoniy va diskriminatsion yondashuvlarni oldini olish;
- faqatgina o'zi vakolatli bo'lgan doirada ish yuritish, o'z ishining sifati uchun shaxsan mas'ul bo'lish;
- mijoz ishonib bildirgan sirni hurmat qilish va uni fosh etmaslik;
- o'z amaliy faoliyatini kasbiy bilimlar asosida tashkil etish;
- xodim o'z kasbini obro'si va pokligini himoya qilishga doimo intilishi;
Darhaqiqat, jamoatchilik nazorati ijtimoiy adolatni qaror toptirish uchun shaxs, jamiyat va davlat aloqalarida muvozanat, tenglik, o‘zaro mas’uliyat va javobgarlikka xizmat qiladi. Mazkur institut yurtimizda insonning huquq va erkinliklari nafaqat davlat tomonidan kafolatlangani, balki davlat organlari faoliyatida ustuvor ahamiyatga ega ekanligini ta’minlaydi va bunda jamoatchilik nazoratining mavjudligi siyosiy hokimiyatning tom ma’noda xalq qo‘lida bo‘lishining ko‘rsatkichi hisoblanadi.



Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin