Turistik mahsulot narxining tarkibiy tuzilishi



Yüklə 85,59 Kb.
səhifə4/14
tarix07.07.2023
ölçüsü85,59 Kb.
#135997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Turistik mahsulot narxining tarkibiy tuzilishi-www.hozir.org

Muvozanatli narx
Turizm marketingida narxning shakllanishiga muhim ahamiyat berilib, uning jarayoni quyidagi bosqichlar bilan ifoda etiladi.

N
arx shakllanish jarayonlari

Xizmatlar sohasida, Shu jumladan, turizm sohasida narx o`ziga xos xususiyatlarga ega:
xizmatlarning narxi chakana narx;
turpaket narxi salohiyatli haridorning nisbiy tuyg`ularni uyg`otmasligi kerak;
turizm xizmatlarga bo`lgan talab mavsumiy tavsifga ega;
xorijiy turistlar uchun taristik xizmatlar, odatda, qimmat bo`lib, erkin almashadigan valyutada o`rnatiladi.
Turmahsulotning narxini hisoblaganda, vositachilarning quyidagi rag`batlari: dasturlarni ishlab chiqaradigan va ularni mustaqil yoki vositachilar yordamida sotadigan ulgurji turoperator rag`bati; turoperator dasturlarini qayta sotadigan yoki o`zlari mehmonxona o`rinlarini oldindan band qiladigan turagentlar uchun chakana rag`bat; turagent, turist va mehmonxona o`rtasida vositachi sifatida maydonga chiqadigan boshqa tashkilotlar uchun rag`batlari hisobga olinadi.
Turmahsulot narxi me‘yoriy hisob-kitob usuli bilan aniqlanadi, yo`nalish bo`yicha hamrohlik qiluvchilarga ketgan harajatlarni o`z ichiga oladi. Shunday qilib, turistik yo`llanmaning qiymati quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:

b
u yerda, N – bitta turist uchun turpaket narxi, so`m; Tn – turoperatorning turpaketiga kiruvchi xizmatlar tannarxi; C – xizmatlar ayrim turlari bo`yicha bilvosita soliqlar (QQS); F – turoperator foydasi; Ch – turistga taklif etadigan turoperatorning turpaketiga kiruvchi ayrim xizmatlar turlarining chergirmasi; R – turpaketni sotadigan turagentning raqbati (turpaket) narxiga qo`shimcha yoki turoperator o`rnatgan bahosidan turagent foydasiga qo`shiladigan chegirma; T – guruhdagi turistlar soni; E – guruhga hamkorlik qiluvchilar soni (eksport).


Narx-navoni hisoblab chiqayotganda, quyidagilarni e‘tiborga olish kerak:
turizmdagi ayrim xizmat turlari (masalan, ekskursiyalar) turpaket qiymatiga kiritilmaydi; turistlar ularni o`z xohishi va qiziqishi asosida buyurtma qiladilar vahaqini to`laydilar;
guruhiy tur sharoitida bir odamga to`g`ri keladigan tur bahosi guruhdagi turistlar soniga bog`liq: ularning soni qancha ko`p bo`lsa, bir odamga to`g`ri keladigan tur bahosi Shuncha past bo`ladi;
turmahsulot narxiga kiritiladigan foyda turfirma tomonidan harajatlar tannarxiga nisbatan foiz miqdorida o`rnatiladi (foiz miqdori aniq turmahsulotga bo`lgan talabga bog`liq va 1-100 % atrofida o`zgarishi mumkin);
tur narxi turistlar tarkibining yoshiga ham bog`liq, chunki yosh bolalar va maktab o`quvchilariga turizmning ko`rgina xizmatlariga tegishli chegirmalar beriladi.
Turmahsulot narxi xizmatlarning me‘yoriy tannarxiga qarab, aniqlanadi. Hisob-kitob bu xizmatlar yoki tovar birligining qiymatini aniqlashdan iborat.

Yüklə 85,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin