Turistik xizmat ko'rsatish darajalari va ularni loyihalash


Turistik mahsulotning ishlab chiqarilishi



Yüklə 338,5 Kb.
səhifə2/8
tarix24.03.2023
ölçüsü338,5 Kb.
#89583
1   2   3   4   5   6   7   8
1476214751 65423

2. Turistik mahsulotning ishlab chiqarilishi
Turizm va turistik faoliyati — inson faoliyatining murakkab ijtimoiy jarayonlari va ko’p qirrali turlari. Turistik faoliyatni turizm tashkilotchilari (turoperator va turagent hamda barcha ishtirokchilar)ning iste‘mol mahsulotni — turistik mahsulotni shakllantirish bo’yicha faoliyatni, bir tomondan, va ikkinchi tomondan, bu mahsulotni iste‘mol qiladigan turistlar faoliyati sifatida ko’rib chiqish mumkin. Bunda davlat soliqlarni yig’ishda o’z manfaatlarni hushyorlik bilan ta‘minlaydi. Turistik mahsulot turistik taklif va turning asosi bo’ladi.
Turistik faoliyatni muvaffaqiyatli yuritish uchun firmalar o’z sa‘y-harakatlarni sovurish maqsadida muvofiq emas, balki turistik mahsulotni ist‘emolchilarga o’tkazib berishi shart. Turistik firmalar, boshqaruv va turizm organlari, mehmonxonalar va boshqa joylashtiruv vositachi korxonalar, transport korxonalari, o’yin-tomosha vositalari, Shuningdek, sayohat xizmatlari va tarjimon-gidlar xizmatlari faoliyatlarini o’zaro mujassamlashtiriladi.
Barcha turistik biznes korxonalarning asosiy faoliyati xizmat ko’rsatish faoliyatini birlashtirish xizmat ko’rsatish deganda, aholi tarkibini qoniqtiradigan foydali faoliyat sifatida mavjud, o’ziga xos harid qiymati tushuniladi.
O’zbekiston Respublikasida ko’rsatilgan barcha xizmat turlariga davlat tomonidan iste‘molchilarning sog’lig’i va hayot xavfsizligini ta‘minlashga talablar ishlab chiqilgan. Ushbu talablar davlat standartlarida aks etgan va ularga rioya qilish turistik biznes korxonalari uchun moyildir.
Turistik biznes korxonalari quyidagilarni amalga oshiradi:

  1. Asosiy ishlab chiqarish faoliyati;

  2. Savdo-sotiq faoliyati bu boshqa korxonadan olingan mahsulot va xizmat ko’rsatish savdosida namoyon bo’ladi; Savdo sotiq faoliyati:

  1. ko’tara (ulgurji) savdo (yuridik shaxslar o’rtasida);

  2. chakana savdo (yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasida);

3. Vositachilik faoliyati — turistik biznes korxonalari tomonidan o’ziga tegishli bo’lmagan xizmat ko’rsatish va mahsulot savdosida aks etadi.
Turistik biznes korxonalari ishlashi uchun umumiy sharti bu faoliyatning alohida turlariga litsenziya olishdir.
Litsenziyasiz faoliyat turi bu shartni bajarmagan bo’ladi va qonun bo’yicha bu faoliyat noqonuniy hisoblanadi. Barcha turistik korxonalari haridorlar bilan pulsiz va naqd pullik hisob-kitobni amalga oshiradi va qonunda belgilangan hisob-kitob tartiblariga to’la rioya qilishi shart.

Yüklə 338,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin