Turistik xizmat ko'rsatish darajalari va ularni loyihalash



Yüklə 338,5 Kb.
səhifə6/8
tarix24.03.2023
ölçüsü338,5 Kb.
#89583
1   2   3   4   5   6   7   8
1476214751 65423

7. Yetuklik


Yetuklik bosqichi sotish o’sishining sekinlaShuvi va barqarorligi bilan tavsiflanadi. Bunga quyidagi omillar sabab bo’lishi mumkin:

  • mijozlar ehtiyojlarining o’zgarishi;

  • bozorga yangi, yanada takomillashgan mahsulotlarning kirib kelishi;

  • raqobat kuchayishi;

  • mahsulot firma uchun yetarli darajada rentabellik bo’lmaydi, chunki mablag’ yanada samarali joylashtirish uchun yangi imkoniyatlar paydo bo’ladi.

Bu bosqichda iste‘molchilarning doirasi kengaymaydi, lekin ayrim paytlarda ularning soni ko’payishi mumkin. Bu holat daromadlari olgan yoki valyutalar ma‘qul nisbatidan foydalanganlarning hisobidan ro’y berishi mumkin. Bundan tashqari, bu bosqichda ko’pgina hollarda taklif etiladigan mahsulotdan (masalan, yana xudi o’sha mamlakatga sayr uyushtirish) foydalanishga undaydigan «Sodiqlik his-tuyg’ulari» aniq namoyon bo’ladi.
Yetuklik bosqichida oladigan foyda yetarli darajada yuqori bo’lsa, ham sekin pasayaboshlaydi. Turistik korxona, o’sish bosqichidagi kabi, yetuklik bosqichining uzayishiga qiziqadi. Bu bosqichda firmaning asosiy harakatlari o’z bozor ulushini saqlashga, mahsulotni takomillashtirish orqali uning iste‘molni oshirish, marketing majmuasini o’zgartirish hamda uni bozorda boshqacha joylashtirishga yo’naltirilgan bo’ladi. Agar bu holat amalga oshirilmasa, mahsulot o’z o’rnini bozorda yo’qotishi va pasayish bosqichiga o’tib ketishi mumkin. 8. Pasayish
Pasayish bosqichi turistik sohasining mahsulotga tuyinganligini aks ettiradi. Sotish hajmining barqaror kamayishi va olinadigan foyda miqdorining pasayishi (ehtimol, eng pastki nuqtagacha) ro’y beradi. Turistik mahsulotning pasayish bosqichiga o’tishi bir qator sabablarga asoslanadi. Birinchidan, bozorda yangi mahsulotlarning paydo bo’lishi. Ikkinchidan, ma‘lum bir mahsulotga oldindan bo’lgan ehtiyojning yo’q bo’lishi. Masalan, turizmda va dam olishda cho’milishni afzal ko’rganlar o’z qiziqishlarni o’zgartiradi (dengizda cho’milishlar va madaniy ob‘ektlarni tomosha qilish sohasida), endi ularni ekzotika qiziqtira boshlaydi (Karib orollari, Sharqiy Afrika, Hind okeanining orollari).
Bu bosqich ancha chuzilishi mumkin. Raqiblarning ta‘siri pasayishi natijasida turistik korxona marketingga yuqori harajat sarflash zarurati yo’q bo’ladi, ayrim holatlarda esa narxni oshirishga imkon beradi. Ammo bu mahsulot korxonaga ko’p foyda keltiradi deb aytib bo’lmaydi, chunki susayish bosqichida sotish hajmi juda past bo’ladi. Buning uchun mahsulotni takomillashtirish va moslashtirish hamda sotishni rivojlantirish bo’yicha siyosat to’g’ri yuritilsa, u yangi talablarga javob berish mumkin. Shu jumladan, talabni jonlashtirish bo’yicha mutanosib siyosat ayrim dam olish zona va bazalariga ikkinchi hayot bag’ishlaydi.

Yüklə 338,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin