Turizm nazariya va amaliy


O'ZBEKISTONDA DINIY TURIZMNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI VA DAVLAT TOMONIDAN QO'LLAB QUVVATLASH TIZIMI



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə9/12
tarix21.05.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#58883
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Y.chorshanbiyev

O'ZBEKISTONDA DINIY TURIZMNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI VA DAVLAT TOMONIDAN QO'LLAB QUVVATLASH TIZIMI
3.O`zbekistonda turizmni rivojlantirishda davlat tomonidan qo`llab–quvvatlash tizimi
O`zbekiston juda katta turistik potentsialiga ega. Mamlakatimiz nafaqat Markaziy Osiyoda, balki butun jahonda ham turizmning markazlaridan biri hisoblanadi. Turistlarni jalb etuvchi qadimdan Xitoy va Evropa mamlakatlarni bog`lab turuvchi Buyuk Ipak yoli o`tgan katta miqdordagi me’moriy haykallar va tarixiy davrga ega bo`lgan shaharlardan: Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Qoqon, Termizdir. O`zbekistonning qadimgi shaharlarda zamonaviy me’morchilik O`zbekiston uchun o`zigacha hususiyatga ega bo`lgan o`tgan asrlar milliy binokorlikning xaykallari bilan bog`liqdir.
O`zbekiston xorijiy mehmonlarni jalb qilishda ham boshqa zahiralarga ega: (gohida faqat O`zbekistonda uchraydigan) hayvonot va o`simliklar olamiga boy bo`lgan cho`l va qo`riqxonalar, turizmning faol ravishda rivojlantirish uchun katta ahamiyatga ega bo`lgan tog` qirralar va daryolar, dunyoda uchramaydigan shifobahsh suvning mineral manbaalar, faqat O`zbekistonda uchraydigan amaliy san’atning an’anasi va o`zga xos madaniyati va yildan-yilga o`sayorgan mamlakatdagi iqtisodiy potensiali.
Davlat hukumati unvoniga ko`tarilgan turizmni rivojlanishini qo`llab-quvvatlashda turizm hukumat, xususiy shaxslar va turizm sohasi bilan shug`ullanadigan tashkilotlar uchun daromadlarning asosiy manbaasi bo`lmoqda.
Ko`rsatkichlarga muvofiq, 2018 yilga 2,9 ming joylar sig`imi bilan 205 ta xonalardan iborat 56 ta mehmonxonalarni qurish shuningdek, “Buxoro”, “Ziyorat” va “Kumushkon” sayohat bazasini qayta ta’mirlash rejalashtirilmoqda.
Turizm sohasida davlat siyosatining asosiy yo`nalishlari quyidagilardan namoyon bo`lmoqda:

  • respublika iqtisodiyotining asosiy tarmog’i bo`lmish turizmni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish;

  • turizm sohasida bir qancha qulayliklarni ta’minlash;

  • turizm sohasida huquqiy va normativ bazalar yaratish;

  • turizmda raqobatni takomillashtirish;

  • keng qamrovdagi turizm potensialini yaratish va targ’ibot ishlarini olib borishdan iborat.

Turizm korxonalarini qonuniy aksiyalashtirish amalga oshirildi. Misol tariqasida “O`zbekturizm” milliy kompaniyasining bir qator obyektlarini xususiylashtirishni olishimiz mumkin.
Yuqorida qayd qilinganidek, davlat siyosatining asosiy yo`nalishlaridan biri – turizm faoliyatini amalga oshirish va raqobatni kuchaytirishga qaratilgan. Shu tufayli, turizm iqtisodiyotida xususiy tarmoqni rivojlantirishga keng yo`l ochib berildi.
Respublika hukumati turizm sohasida tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantirmoqda. Bundan tashqari, turizm sanoatida xorijiy investitsiyalar uchun barcha qulayliklar yaratilmoqda. Jumladan, O`zbekiston Respublikasining soliq qonunchiligiga binoan xorijiy investitsiyalarga bir qancha qulayliklar berilgan. Ularga quyidagilar kiradi:
1. Davlat ahamiyatiga ega investitsiyalar hukumat tomonidan kafolatlanadi. Ta’kidlash lozimki, bu turizm sohasining barcha tarmoqlarida tadbirkorlikni iqtisodiy barqarorlashtirishning baquvvat dastagi hisoblanadi.
2. Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari hududida yangidan tashkil topgan turizm korxonalari birinchi foydani olguncha barcha soliqlardan ozod qilinadi. Fiskal imtiyozdan tashqari, turizm biznesini rivojlantirish uchun moliyaviy rag’batlantirish stavkali imtiyozli kreditlar berish, yangi turizm obyektlarini ko`rish uchun ssudalar berish yo`lga qo`yilgan.
Ta’kidlash lozimki, davlatning asosiy kapital qo`yilmalari turizm sohasi rivojining zahirasi hisoblanadi. Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligini nishonlash jarayonida “O`zbekturizm” milliy kompaniyasi 100 dan ortiq turizm obyektlarini ta’mirladi va zamonaviy ko`rinishga keltirdi. Ushbu obyektlar saqlash va xorijiy sayyohlarga ko`rsatish uchun hokimiyatlarga ijaraga berilgan.
O`zbekiston Respublikasi hukumati rahbarligida “O`zbekturizm” milliy kompaniyasi Butun jahon turizm tashkiloti bilan birgalikda va BMT rivojlanish dasturi ko`magida “O`zbekistonda turizmni barqaror rivojlantirish” milliy proyektini ishlash uchun xalqaro ekspertlar guruhini tuzdi. Ushbu guruhga Maykl Jozef Mak Nalti boshchiligida O`zbekiston, Buyuk Britaniya, Irlandiya, AQSH va Hindistonlik yuqori malakali mutaxassislar kirdi. Loyihaning asosiy maqsadi – mamlakatga ko`p miqdorda xorijiy sayyohlarni jalb qilish, turizm tadbirkorligini daromadli tarmoqlardan biriga aylantirish, mutaxassis kadrlar tayyorlashni takomillashtirish, raqobatbardosh va kuchli turizm sohasi bilan jahon bozoriga chiqishdan iborat. Xorijiy ekspertlarning baholashicha, O`zbekistonda turizmning yillik o`sishi 7 % ni tashkil qiladi.
Shunday qilib, turizm sohasida davlat siyosatini asosiy yo`nalishi turizmni respublika iqtisodiyotining daromadli tarmog’iga aylantirish, turizm sohasida huquqiy va normativ bazasini shakllantirish uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan. O`zbekiston rahbariyati turizm faoliyatini amalga oshirish, raqobatni takomillashtirish uchun barcha qulaylik va imkoniyatlarni yaratmoqda. Davlat siyosati turizm sohasini rivojlantirish uchun diqqat – e’tibori servis xizmat ko`rsatish sifatini oshirish, zamonaviy turizmni yaratish, keng qamrovdagi turizm potensialini yaratish va targ’ibot ishlarini olib borishga qaratilgan.
O`zbekiston Respublikasing “Turizm to`g’risidagi” qonunning qabul qilinishi respublika hukumati ushbu sohaga kata e’tibor qaratilayotganini ko`rsatadi. O`zbekiston respublikasi prezidentining 1992-yil 27-iyuldagi “O`zbekturizm” milliy kompaniyasing tashkil etish to`g’risidagi farmoni, shuningdek, O`zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 1993- yil 3- iyundagi O`zbekiston Republikasida xalqaro turizmning zamonaviy infrastrukturasini barpo etish chora- tadbirlari miqyosidagi” qarori, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2013-yil 11-noyabrdagi “Turizm faoliyati to`g’risidagi meonini tasdiqlash xususida” gi qarori, O`zbekiston Respublkasida 2006-2010-yillarda xizmat ko`rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora tadbirlari to`g’risidagi yaqol fikrimizning dalilidir.
Hozirgi kunda O`zbekiston Respublkasida turizmning milliy modelini shakllantirish jarayoni amalga oshirilmoqda. Ushbu modilda ta’kidlanishicha mamlakatda rivojlantirilayotgan turistik bozor boshqa har qanday bozorlar kabi mamalakatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyatga ta’sir ko`rsatadi. U mamlakatlar o`rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda invivsitsiya va capital oqimini ta’minlash darajalarini aniqlashda muhim vosita bo`lib hisoblanadi. Ma’limki bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda asosan, xusisiy va tijorat, kompaniyalar turistlarga xizmat ko`rsatadi.

Biroq har qanday sharoitda ham davlat optimal iqtisodiy va huquqiy zaminni yaratgan taqdirdagina turizm rivojlanishi mushkul, agarda davlat kasbiy tayyorgarlik masalari, tabiiy va madaniy muhitni muhofaza qilish axborot reklama ishlari va rasmiyatchilikni soddalashtirish kabilar bilan shug’ullanmasa u holda turizmni kutilganidek rivojlantirish darajasiga olmaydi. Bunda davlat tomonidan turizmni rivojlantirish turistik xizmatlar bozorini shakllantirish, iqtisodiy tartibga solish usullari va chegaralarini qayta isloh qilish, turizmni tashkiliy boshqaruv tuzilmalarini takomillashtirish, uning eksport salohiyatini oshirish va eng asosiysi xorijiy invistitsiyalarni jalb qilish kabilarga tegishliuslubiy amaliy yondashuvlarni ishlab chiqarish muhim ahamiyat kasb etadi.


O`zbekiston turizm infratuzilmasiga sobiq ittifoq davridan asos qilingan edi. Biroq bu sohada qilingan daromadlarning qayta taqsimlash muammosi odatdagidek markaz tomonidan hal etilar edi.
to`gridan-to`gri aloqa qilish maqsadida Germaniya(Frankfurt-Main), Angliya(London), AQSH(Nyu-York), BAA(Sharma) va Rossiya (Moskva) kabi bir qator mamlakatlarda o`zining vakolatxonalarini ochdi.

Toshkent turizm mintaqasi kelgusida turizmning barcha turlarini rivojlantirish uchun universal imkoniyatlarga egadir.


Mazkur turizm mintaqasida madaniy yodgorliklari poytaxt viloyatining bugungi hayoti qurilishlar , yangi shahar va qishloq;ar zamonaviy madaniyat mintaqasining tabiati diqqatiga sazovor bo`lishiga sabab bo`ladigan muhum omildir.
Avtomabil va temir yo`llari tarmog’i turizm mintaqasining turizm markazlarini bir biri bilan bog’laydi hamda shahar temir yo`l avtomabil turizmining rivojlanishiga imkon beradi.
Samarqand, Buxoro turizm mintaqasi Samarqand , Buxoro, Navoiy viloyatlarini o`z ichiga oladi.


Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin