11
• Investitsiyalar bosqichi, bunda asosiy urg‘u milliy investorlar tomonidan
samarali moliyaviy mablag‘larga beriladi (pul siyosati);
• Yangiliklar bosqichi, milliy kompaniyalarning faol navatorlik faoliyati bilan
yuz beradi (innovatsiyalar iqtisodiyoti);
• Boyliklar bosqichi – ijtimoiy – iqtisodiy boyliklarni to‘plash (innovatsion
iqtisodiyotning yangi pog‘onasiga o‘tish)
Mohiyati bo‘yicha, dastlabki uchta bosqichda mamlakatda iqtisodiy o‘sish
kuzatiladi, oxirgisida esa uning raqobatbardoshligi pasayib ketadi va oqibatda,
iqtisodiyotda inqiroz holati yuzaga keladi. Biroq bunda bir bosqichdan ikkinchisiga
o‘tish turli inqirozlar bilan birga kelishini ham ta‘kidlash kerak.
Porter o‘z nazariyasini AQSH sharoitlarida olib borilgan tadqiqotlar asosida
yaratganini quyidagilar orqali anglash mumkin: klasterni rivojlantirishda o‘z
kuchiga tayanish, ichki bozorning kuchli ta‘siri, tashqi globalizatsiya
jarayonlarining, xususan, transmilliy korparatsiyalarning kuchsiz ta‘siri.
1.1.5 - chizma
Dostları ilə paylaş: