77
YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI
www.in-academy.uz
1-JILD, 6-SON, PART 2 (YOʻTA)
TURIZM SOHASIDA XIZMATLAR SIFATIGA TASIR
ETUVCHI OMILLARNING SABAB OQIBAT
BOG’LANISHLARI TAHLILI
Yulchiyev Asiljon Ortikali o'g'li
iqtisodiyot va servis kafedrasi o'qituvchisi,
ORCID-0000-0002-6598-2194
G’ofurov Javoxir Qobiljon o’g’li
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar) yo’nalishi talabasi,
Fargona
davlat universiteti
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 25-June 2023 yil
Ma’qullandi: 27-June 2023 yil
Nashr qilindi: 29-June 2023 yil
Turizm sohasida xizmatlar sifatini boshqarish muxum
ahamiyat kasb etadi, shuning uchun xizmat sifatiga ta’sir
etuvchi omillarning sabab oqibatlarini o’rganish va uni
bog’lanish taxlilini qilish bugungi kunda dolzarb
vazifalardan biridir. Turizm xizmatlarida xususan
transport xizmatlarini sifatini oshirish va transport
xizmatlariga ta’sir qiladigan attributlarni o’rganish,
taxlil qilish va rivojlantirish turizm xizmatlar sifatini
oshirishgat yordam beradi.
KEY WORDS
Xizmatlar sifati, turizm xizmatlar
bozori, xizmatlar sifatiga ta’sir
etuvchi omillar, ijtimoiy va
iqtisodiy
omillar,
transport
xizmati
Hozirgi kunda jaxonda ro‘y berayotgan iqtisodiy o‘zgarishlar va yangiliklar turizm
sohasiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazib kelmoqda. Hozirda
iqtisodiyoti rivojlangan va
rivojlanayotgan davlatlar turizm xizmatlar bozorini yaxshilash orqali o‘z iqtisodiyotini
barqaror ushlab turish va uni rivojlantirish mumkinligini anglab yetishgan hamda turizm
istiqboliga ishongan va uni imkoniyatlaridan foydalanish orqali ko‘plab muammolarni yechish
mumkinligiga ishongan mamlakatlar oqilona o‘z siyosatlarini
amalga oshirmoqdalar va
o‘zlarining milliy iqtisodiyotini yuksaltirishda samarali natijalarga erishmoqdalar. Turizm
xizmat ko‘rsatish sohasidagi boshqaruv jarayonlariga ta'sir etuvchi omillarni tahlil qilish
jarayonida boshqaruv jarayonlarining ob'ektiv tomoni sifatida xizmatlarni yaratish va ularni
mijozlarga yetib borguncha bo‘lgan davrda boshqaruv munosabatlarini ajratib ko‘rsatish
hamda ma’lum omillar ta’sirida asosiy talab va takliflarning o‘zgarishlari o‘rganildi.
Natijalar.
Turizm xizmatlar sohasida jarayonlarni
boshqarish samaradorligini
oshirishga ta'sir ko‘rsatadigan xizmatlarni yaratish muxum axamiyat kasb etadi. Hozrgi
kungacha samaradorlikka ta'sir etuvchi omillarni aniqlash va tartibga solish bo‘yicha
tadqiqotlar o‘tkazilgan bo‘lsa ham ammo samaradorlikka ta'sir qiluvchi omillar va
xususiyatlar to‘liq aniqlanmagan. Turizm xizmatlar sohasi milliy
iqtisodiyotning boshqa
tarmoq va sohalardan o‘ziga xos jihatlari bilan farq qiladi.
Turizm sohasidagi xizmatlardan foydalanish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar uning
rivojlanishini ko‘rsatadigan turli omillarni aniqladi, ammo bu omillarning o‘ziga xos tavsiflari
bilan to‘liq tasnifi berilmagan. Tekshiruvda turli shart-sharoitlar,
sabablar yoki
ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda sohaning rivojlanishi va intensivligiga ta’sir etuvchi omil
sifatida xizmatlar sifatiga e’tibor qaratildi. Binobarin, to‘plangan omillar va xususiyatlar
o‘zlarining tegishli toifalari va xususiyatlariga ko‘ra tasniflangan (1-jadvalda ko‘rsatilgan).