Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi buxoro turizm va madaniy meros texnikumi



Yüklə 443,82 Kb.
səhifə23/26
tarix02.01.2023
ölçüsü443,82 Kb.
#78262
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi buxoro t

Xodimning ish vaqti fondini rejalashtirishda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi: ish vaqtining kalendar fondi, u barcha smenalarda uzrli va uzrsiz kishi-kunilarning umumiy soni bilan o‘lchanadi; ish vaqtining nominal fondi, buni hisoblashda kalendar bo‘yicha kunlarning umumiy sonidan bayram va dam olish kunlari chiqarib tashlanadi; ish vaqtining maksimal fondi, buni hisoblashda nominal fondni hisoblashda qabul qilingan kunlar soni navbatdagi ta’tillar davomiyligiga kamaytiriladi (kunlarda).

Ish vaqti fondini kishi-soatlarda rejalashtirishda xodimlarning ayrim guruhlarida ish kuni davomiyligi qisqartirilganligini hisobga olish zarur. Qisqartirilgan ish kuniga ega xodimlar guruhiga, masalan, tungi smena ishchilari, o‘smirlar, og‘ir va zararli ishlar bilan bandlar, emizikli onalar va boshqalar kiritiladi.

Ish kuning o‘rtacha davomiyligi xodimlarning u yoki bu guruhining ish kuni davomiyligining umumiy hisobdagi ushbu guruhlarning ulushiga o‘rtacha tortilgani sifatida aniqlanadi.

Ushbu ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, o‘tgan yil bilan taqqoslaganda ish vaqtidagi umumiy yo‘qotish 37,01 ming kishi-soatga teng bo‘lsa, reja bilan qiyoslanganda 42,16 ming kishi-soatga ortiq bo‘ldi.


12-Mavzu Mehnat unumdorligi dinamikasini tahlili va ta’sir etuvchi omillar tahlil.



Mehnat unumdorligi darajasi va dinamikasiga korxona faoliyatining ko‘plab ko‘rsatkichlari, jumladan mehnat ko‘rsatkichlari: mahsulot ishlab chiqarish, xodimlar soni, mehnat haqi fondi, tannarx va boshqalar bog‘liq bo‘ladi.
Mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari tahlilining asosiy yo‘nalishi nafaqat reja qanday bajarilganligini aniqlashdan iborat, balki o‘sish dinamikasini aniqlash, rejani bajarmaslik yoki ortig‘i bilan bajarish sabablarini oydinlashtirish: mexanizatsiya vositalaridan foydalanish, asosiy va qo‘shimcha ishlarga qo‘l mehnatini jalb qilish, smena ichida va kunlab ish vaqti yo‘qotilishi mavjudligi, ishlab chiqarish me’yorlari tarkibi va ularning texnikaning zamonaviy darajasiga muvofiqligini aniqlash ham uning vazifasiga kiradi. Tahlilda korxona, sexlar, uchastkalar va alohida ish joylarida mavjud mehnat unumdorligini oshirish zaxiralarini aniqlash va ulardan foydalanish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni qayd qilish zarur.


Yüklə 443,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin