Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi buxoro turizm va madaniy meros texnikumi



Yüklə 443,82 Kb.
səhifə19/26
tarix02.01.2023
ölçüsü443,82 Kb.
#78262
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi buxoro t

Agar materiallar pasaytirilgan navlilikda olingan bo‘lsa, u holda bu mahsulot birligiga sarf-xarajatlar ortishiga yoki tayyor mahsulotlar sifatining mutanosib yomonlashishiga olib keladi. Bunday holatlar yengil sanoat uchun xos sanaladi. Mashinasozlik korxonalariga nomutanosib profilli metalloprokatlar kelib tushishi, odatda, materiallarni ortiqcha sarflash va chiqindi ko‘payishiga, mehnat sig‘imi ortishi va mahsulot tannarxi qimmatlashishiga sabab bo‘ladi. Bundan yetkazib beruvchilardan olingan materiallar sifati va assortimenti shartnoma shartlariga muvofiq yoki muvofiq emasligini oydinlashtirish zarurati yuzaga keladi.

Tahlil jarayonida material resurslarni tashish ehtiyojining ularni yetkazib berish shartnomalari bilan ta’minlanganligi va haqiqatda bajarilishini tekshirish zarur.

9-Mavzu Moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik va ulardan foydalanish samaradorligi.


Ishlab chiqarish jarayoni mehnat vositalari va mehnat predmetlarining uzluksiz doiraviy aylanishini o‘zida aks ettiradi. Buning natijasida ular shaxsiy iste’mol predmetlariga aylanadi va ishlab chiqarish sohasini tark etadi yoki ishlab chiqarishning yangi vositalari sifatida yana uning tarkibiga qo‘shiladi.

Uzluksiz ishlab chiqarish jarayonida korxonani mehnat predmetlari bilan ta’minotini tashkil qilish samaradorligi, ulardan ishlab chiqarish jarayonida oqilona foydalanish ulkan ahamiyat kasb etadi.

Mehnat predmetlariga quyidagilar kiritiladi: xomashyo va materiallar, qo‘shimcha materiallar, yonilg‘i va energiya, ta’mir uchun ehtiyot qismlar va boshqalar. Moddiy resurslarni iste’mol qilish jarayonida ularning moddiy xarajatlarga o‘zgarishi sodir bo‘ladi, shuning uchun xomashyo, materiallar, yonilg‘i va energiyadan tejamkorlik bilan foydalanish mahsulot tannarxini pasaytiradi.

Material sig‘imi, mehnat sig‘imi, fond sig‘imi, kapital qo‘yilmalar darajasi, mahsulot tannarxi va korxona foydasi o‘rtasida o‘zaro chambarchas aloqa mavjud. Boshlang‘ich materiallarning material sig‘imi kamayganda chiqindilar kamayishi hisobiga jonli mehnat tejamkorligi vujudga keladi, mahsulot tayyorlash mehnat sig‘imi kamayadi.


Yüklə 443,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin