Аmаliyot o‘quv jаrаyonining аjrаlmаs qismi hisoblаnаdi vа bo‘lаjаk mutаxаssisni tаyyorlаshdа effektiv shаkldir. Аmаliyotning mаqsаdi - tаlаbаlаr o‘quv jаrаyonidа olgаn nаzаriy bilimlаrini chuqurlаshtirish vа mustаhkаmlаsh, tаlаbаlаrdа mutаxаssisligi bo‘yichа zаrur bo‘lgаn аmаliy ko‘nikmаlаrni hosil qilish.
1.2. O‘quv amaliyotining maqsad va vazifalari 1.2.1. Amaliyot mashg‘ulotining maqsadi Buxgalteriya hisobining obyektlari (xo‘jalik mablag‘lari va ularning kelib chiqish manbalari, ularnung xo‘jalik yuritish jarayonidagi harakati, xo‘jalik muomalalarini hisobga olish, ularni hujjatlashtirish va umumlashtirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mulkiy, moliyaviy faoliyati to‘g‘risidagi to‘liq ishonarli ma’lumotlarni shakllantirish hamda xalqaro moliyaviy hisobot standartlari asosida taqdim etish, moliyaviy va boshqaruv hisobini tashkil qilish, uning normative huquqiy asoslari) bo‘yicha yo‘nalishiga mos bolim, ko‘nikma va malaka shakllantirish
O‘zlаshtirish (o‘qitish) nаtijаlаri -xo‘jalik yurituvchi subyektlardagi mablag‘lar, ularning tashkil toppish manbalarining harakatini to‘g‘ri aks ettirish;
-xo‘jalik jarayonlarini hujjatlarda to‘g‘ri rasmiylashtirish;
-xo‘jalik jarayonlariga buxgalteriya o‘tkazmalari berish;
-hisobotlarni tuzish, moliyaviy hisobot ma’lumotlarining shaffofligini ta’minlash.
1.2.2.Amaliyot mashg‘ulotining vazifalari. Har bir o‘quvchi uchun amaliyot uchun ajratilgan vaqtni dasturda belgilangan kompetenstiyalarni shakllantirish uchun muhim bo‘lgan zarur va yetarli amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish uchun to‘g‘ri taqsimlash;
-boshlang‘ich kasbiy tajribani rivojlantirish uchun sharoit yaratish;
1.3. Amaliyot natijalari va mazmuniga qo‘yiladigan talablar O‘quv amaliyoti maxsus jihozlangan o‘quv amaliyot xonalarida tashkil etiladi.
O‘quvchilar boshlang‘ich nazariy bilimlarga ega bo‘lishlari kerak.