7. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining operatsiyalari. Markaziy bankning banklarning banki sifatidagi faoliyati.
Pul-kredit siyosati asosiy operatsiyalari. Markaziy bank faoliyatining asosiy maqsadi bo`lgan iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta`minlashda transmission mexanizm foiz kanali ta`sirchanligini oshirish maqsadida pul-kredit operatsiyalari amalga oshiriladi. Pul-kredit operatsiyalari bank tizimi umumiy likvidligini tartibga solish orqali qisqa muddatli foiz stavkalarini boshqarishga yo`naltirilgan. Markaziy bank tomonidan ushbu operatsiyalar foiz koridori mexanizmi asosida amalga oshiriladi va pul bozori foiz stavkalarining asosiy stavkaga nisbatan ±2 foizlik koridorda shakllanishini ta`minlaydi.Likvidlikni taqdim etish operatsiyalari 1. REPO auksioni – bu kredit tashkilotlaridan qimmatli qog`ozlarni markaziy bank tomonidan sotib olish va keyinchalik ularni oldindan belgilangan narxda ma`lum muddatdan keyin sotish bo`yicha ikki tomonlama bitim. Markaziy bank REPO stavkasini – asosiy stavka darajasida belgilaydi – bu o`z o`rnida REPO operatsiyalari bo`yicha taqdim etilgan mablag`lar uchun narx hisoblanadi. Davlat qimmatli qog`ozlari va Markaziy bank obligatsiyalari oldi-sotdi predmeti hisoblanadi. Ma`lumot uchun “O`zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog`ozlari bilan REPO bitimlarini tuzish va ijro etish tartibi to`g`risidagi” Nizom 2. Valyutaviy SVOP auksioni – oldindan belgilangan valyuta kurs (forvard operatsiyasi) bo`yicha ma`lum vaqtdan keyin teskari operatsiyani amalga oshirish sharti bilan ikki tomonlama valyuta ayirboshlash operatsiyasi (spot operatsiyasi). Forvard kursini hisoblashda milliy valyutaning qiymati sifatida Markaziy bankning asosiy stavkasidan foydalaniladi. Bitim predmeti xorijiy valyuta hisoblanadi. Markaziy bank – kredit tizimining bosh banki bo`lib, mamlakatda pul-kredit siyosatini, emissiya jarayonlarini olib boradi.O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki 1992 yilning sentabr oyidan sobiq SSSR davlat bankining Respublika bo`limi zaminida paydo bo`lgan. Jaxon amaliyotida Markaziy banklar vujudga kelishining ikki asosiy yuli mavjud: Birinchi yul – o`zoq davr mobaynida tijorat banklarining rivojlanishi natijasida ularni Markaziy bankka aylanishi. Shu holat 1844 yilda Angliyada, 1848 yilda Fransiyada, 1874 yil Ispaniyada, 1875 yilda Germaniyada (Reyxsbank), 1893 yilda Italiya Markaziy banklari tashkil bo`lishi bilan bog`liq. Ikkinchi yo`l – bir yo`la Markaziy bank – emission markaz sifatida tashkil qilingan banklar. Bunday banklarga AQShning federal banklari, 1913 yildan tashkil etila boshlangan Lotin Amerikasi mamlakatlari banklari, Avstriya Markaziy banki va boshqalarni kiritish mumkin.Markaziy bank xukumatning iqtisodiy siyosati chegarasida faoliyat ko`rsatadi. Markaziy bank xukumat siyosatidan o`tib o`zining alohida siyosatini yurgizmaydi. - Markaziy bankning mustaqilligi unga yuklatilgan vazifalar chegarasida amalga oshadi. Bu mamlakatdagi pul-kredit siyosatini belgilashda, kreditlar bo`yicha foiz stavkalarini belgilashda, bank likvidligi nisbati, almashuv kurslarini belgilash bilan bog`liq boshqa ishlarda ko`rinadi. Markaziy bank o`ziga yuklatilgan vazifalarni bajarilishini ta`minlash uchun tegishli tarkibni tashkil etadi. Qonunning 8-moddasiga binoan Markaziy bank Qoraqalpog`iston Respublikasining poytaxti, viloyat markazlari va Toshkent shahrida Bosh boshqarma va xizmat bo`limlariga ega. O`zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to`g`risida»gi qonunning birinchi moddasida ta`kidlanganidek «Bank – bu tijorat muassasasi bo`lib jismoniy va xuquqiy shaxslarning bo`sh turgan pul mablag`larini jalb qilish va ularni o`z nomidan to`lovlilik, muddatlilik, qaytarib berish sharti asosida joylashtirish operatsiyalarini va boshqa bank operatsiyalarini bajaradi». Tijorat banklari bank tizimining muhim bo`g`ini bo`lib kredit resurslarining asosiy qismi shu banklarda yig`iladi va bu banklar xuquqiy va jismoniy shaxslarga xizmatlarni ko`rsatadi. O`zbekiston Respublikasida tijorat banklari bank tizimining Markaziy bankdan keyingi pog`onasi hisoblanadi. Xozirgi kunda Respublikamizda 2007 yilni 1iyul holatiga 28 turdagi, shundan 3 ta davlat mulkiga asoslangan, 11 ta aksioner - tijorat, 9 ta xususiy va 5 ta chet el sarmoyasini hissasi bilan tijorat banklari mavjud. Respublika xududida tijorat banklari o`z faoliyatlarini Markaziy bank tomonidan berilgan litsenziya asosida amalga oshiradilar.