Turizmdagi ahamiyati


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 454,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix06.03.2023
ölçüsü454,43 Kb.
#86832
1   2   3   4   5   6   7
farg-ona-viloyatining-tabiiy-geografik-o-rni-va-uning-turizmdagi-ahamiyati

 


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Academic Research, Uzbekistan 976 www.ares.uz 
NATIJA 
Farg'ona yer yuzasining tuzilishi nihoyatda xilma-xildir. Yer yuzasini bir necha 
gipsometrik pog‟onaga (zonaga) bo‟lish mumkin. Uning shimoliy qismi tekislik 
bo‟lib, Sirdaryo oqib o‟tadi. Farg‟onaning shimoliy qismini Sirdaryoning qayirlari, I, 
II va III terrasalari ishg‟ol etgan bo‟lib, baland terrasalar yuzasida ancha yerlarni qum 
tepalari egallab yotibdi. Ularning balandligi 5-15 metrdan oshmaydi. Bu yerda eng 
katta qum massivi Yozyavon va Qoraqalpoq cho‟lidir. Hozir qum tepalarining 
ko‟pchiligi tekislanib, ekinzorlarga aylantirilgan. Hududni o‟rab olgan tog‟ 
tizmalaridan bir qancha yirik daryolar boshlanib, ko‟pchiligi Sirdaryoga yetmasdan 
qurib qoladi. Ular o‟zlarining quyi qismlarida katta-katta yoyilmalarni hosil qiladi. 
Yoyilmalar bir-biri bilan tutashib, allyuvial-prolyuvial tekisliklarni hosil qiladi.
Farg‟ona viloyati geologik tuzilishi hududini tashkil etuvchi jinslarning tarkibi
murakkab va rang-barang bo‟lib, tog‟lar va qoyalar tasmasi shaklida turli xil 
xususiyatga ega. Farg‟ona viloyatining geologik tuzilishida har qanday yoshdagi 
yotqiziqlar (paleozoydan to hozirgi to‟rtlamchi davrgacha) ishtirok etadi. Eng 
qadimgi paleozoy shakllanishlari baland tog‟larda va baland tog‟ etaklarida paydo 
bo‟ladi. Balandliklarning pasayishi bilan qadimgi jinslarning yosh qatlamlarga 
o‟zgarishi kuzatilmoqda. Paleozoy tizimi silur, devon, karbon va perm shakllanishlari 
bilan ifodalanadi. Silur davri cho‟kindilari Turkiston va Oloy tizmalarida qayd etilgan 
va rang-barang litologik tarkibga ega bo‟lib, bular quyidagilarni o‟z ichiga oladi:
- Ohaktosh qo‟shilishi bilan Ordovikning gil slaneslari (qalinligi 800 m gacha); 
-quyi Silurning qum-slanes-ohaktosh qatlamlari (qalinligi 700m gacha); qattiq 
joylashgan va metamorflashgan, intruziv jinslarning yorilishi bilan;
- Quyi Devon bazalt va kremniyli slaneslardan iborat (qalinligi 1500m gacha); 
- loy slanesli qatlamli ohaktoshlar (qalinligi 1000dan 5000m gacha ). 
Yotqiziqlar esa yorilib - yorilib ketgan[2].
MUHOKAMA 
Toshko‟mir davri yotqiziqlari Devon tog‟ jinslari topilgan joyda Xo‟ja-
Baqirg‟on-Isfara oqimi oralig‟i, Isfara-So‟x, Qatrantov tog‟larida hamda O‟sh 
shahrining g‟arbiy qismida joylashgan. Quyi karbon ohaktoshlarining umumiy 
qalinligi g‟arbdan - sharqqa qarab 800-3000 m. Filit slaneslari, shag‟al, ohaktosh-gil-
slaneslari o‟rta va yuqori karbonning qalinligi 400-2000 m gacha bo‟lgan bo‟lib, 
Farg‟onaning janubiy qismida joylashgan[2]. 
Viloyatining hududi yuqori seysmik zona hisoblanib, iqlimi kontinentaldir. 
Yozi quruq va davomli issiq, qishi mo‟tadil, birmuncha yumshoq, havo harorati 
ancha barqaror. Bu uning o‟ziga xos geografik joylashishiga bog‟liqdir. U Yevrosiyo 



Yüklə 454,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin