Turizmdagi ahamiyati


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 454,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix06.03.2023
ölçüsü454,43 Kb.
#86832
1   2   3   4   5   6   7
farg-ona-viloyatining-tabiiy-geografik-o-rni-va-uning-turizmdagi-ahamiyati

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Academic Research, Uzbekistan 977 www.ares.uz 
materigining ichkarisida joylashganidan tashqari, hamma tomondan tog‟ tizmalari 
bilan o‟ralgan. Bu uning g‟arbiy qismida joylashgan tekisliklarga nisbatan iqlimning 
bir oz keskin kontinental bo‟lmasligiga sababchi bo‟lgan. 
Farg‟ona viloyati iqlimining shakllanishida g‟arbdan kelayotgan havo 
oqimlarining ahamiyati kattadir. Bu oqimlar bahor faslida tez-tez esib, ba‟zan nam 
havo keltirsa, ba‟zan quruq havo keltiradi [1]. Uning hududida kuchli shamollar 
bo‟ladi. “Qo‟qon” shamoli o‟lka hududida oktabrdan - martgacha kuchli esadi. Uning 
tezligi sekundiga 25 metrga yetadi. Shamollar ayniqsa, qishda havo haroratining 
sovib ketishi natijasida kuchayadi. Bundan tashqari viloyatda tog‟-vodiy va fyon 
shamollari ham tez-tez esib turadi [3].Bu shamollar natijasida viloyat hududida 
joylashgan Yozyavon va Qoraqalpoq qumli cho‟llarida o‟zgacha relyef shakllari 
ya‟ni, qum barhanlari, tepaliklar, do‟ngliklar yuzaga kelgan. Bu ham o‟zgacha 
manzara kasb etib, bir qarashda kishi e‟tiborini tortadi. Shu bilan birga bu joylarda 
insonlar tomonidan kuchli o‟zgartirilgan va o‟zlashtirilgan hududlar ham talaygina. 
Farg‟ona viloyatining shimoliy qismini halqa shaklida adirlar o‟rab olgan. Ular 
yer yuzasining ikkinchi yuqori pog‟onasini hosil qilgan. Bu pog‟onada, asosan, 
to‟rtlamchi davrda yotqizilgan allyuvial-prolliyuvial yotqiziqlari keng tarqalgan. 
Aynan mana shu adir mintaqasidagi hududlar yerlari juda serhosil, unumdor bo‟lib, 
mevali bog‟lar juda katta maydonni egallagan. Bu esa turizm rivojlanishi uchun keng 
yo‟l ochish imkoniyatlaridan biridir. 
Farg‟ona viloyati tabiiy sharoiti jihatdan turizmning barcha ko‟rinishlarini 
o‟zida mujassam etgan va uni turistlar, sayyohlar uchun taqdim etish imkoniyatiga 
ham ega. 

Yüklə 454,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin