ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 977 www.ares.uz materigining ichkarisida joylashganidan tashqari, hamma tomondan tog‟ tizmalari
bilan o‟ralgan. Bu uning g‟arbiy qismida joylashgan tekisliklarga nisbatan iqlimning
bir oz keskin kontinental bo‟lmasligiga sababchi bo‟lgan.
Farg‟ona viloyati iqlimining shakllanishida g‟arbdan kelayotgan havo
oqimlarining ahamiyati kattadir. Bu oqimlar bahor faslida tez-tez esib, ba‟zan nam
havo keltirsa, ba‟zan quruq havo keltiradi [1]. Uning hududida kuchli shamollar
bo‟ladi. “Qo‟qon” shamoli o‟lka hududida oktabrdan - martgacha kuchli esadi. Uning
tezligi sekundiga 25 metrga yetadi. Shamollar ayniqsa, qishda havo haroratining
sovib ketishi natijasida kuchayadi. Bundan tashqari viloyatda tog‟-vodiy va fyon
shamollari ham tez-tez esib turadi [3].Bu shamollar natijasida viloyat hududida
joylashgan Yozyavon va Qoraqalpoq qumli cho‟llarida o‟zgacha relyef shakllari
ya‟ni, qum barhanlari, tepaliklar, do‟ngliklar yuzaga kelgan. Bu ham o‟zgacha
manzara kasb etib, bir qarashda kishi e‟tiborini tortadi. Shu bilan birga bu joylarda
insonlar tomonidan kuchli o‟zgartirilgan va o‟zlashtirilgan hududlar ham talaygina.
Farg‟ona viloyatining shimoliy qismini halqa shaklida adirlar o‟rab olgan. Ular
yer yuzasining ikkinchi yuqori pog‟onasini hosil qilgan. Bu pog‟onada, asosan,
to‟rtlamchi davrda yotqizilgan allyuvial-prolliyuvial yotqiziqlari keng tarqalgan.
Aynan mana shu adir mintaqasidagi hududlar yerlari juda serhosil, unumdor bo‟lib,
mevali bog‟lar juda katta maydonni egallagan. Bu esa turizm rivojlanishi uchun keng
yo‟l ochish imkoniyatlaridan biridir.
Farg‟ona viloyati tabiiy sharoiti jihatdan turizmning barcha ko‟rinishlarini
o‟zida mujassam etgan va uni turistlar, sayyohlar uchun taqdim etish imkoniyatiga
ham ega.