TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI
Beshinchi bosqich (1999 yil maydan hozirgi davrgacha). Ushbu bosqichda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizmni rivojlantirishning davlat dasturi to’g’risida”gi Farmoni nafaqat mamlakatdagi milliy va xalqaro turizmni tutgan o’rnini mustahkamlash uchun siyosiy asosni shakllantirdi, balki uning iqtisodiy asoslarini mustahkamlash imkoniyatini berdi. Ushbu me’yoriy hujjat asosida turistik korxonalarga qo’shimcha boj imtiyozlari berildi. Bundan tashqari, O’zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalarida turizm bo’yicha maslahatchi lavozimi joriy etildi. Ushbu yilning avgust oyida mamlakat Parlamentida «Turizm to’g’risida»gi qonun qabul qilindi va buning natijasida turizm sohasini faoliyat ko’rsatishining huquqiy asoslari yanada takomillashtirildi.