Turizmni rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari


Ijtimoiy va madaniy omillar



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə20/94
tarix10.05.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#57063
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   94
TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI

2.3. Ijtimoiy va madaniy omillar

O’zbekistonda asosan madaniy turizmni rivojlantirish maqsadga muvofiq bo’ladi. O’zbekistonda turizmning boshqa turlarini rivojlantirish yaqin orada o’ziga sarflangan mablag’larning qoplashi qiyinroq – madaniy turistik maxsulot taklif etilayotgan viloyatlarda erishilayotgan rentabellik ko’rsatkichlari rekreatsion turizm taklif etilayotgan viloyatlardagiga nisbatan yirikroqdir.

Madaniy turizm deganda asosan insonlar tomonidan o’zga xalqlar madaniyati va urf-odatlariga bo’lgan qiziqish tushuniladi. Madaniy turizm ixlosmandlari turistik manzillar tarixi (arxeologiya, etnografiya, o’lkashunoslik), yashash tarzi va kun kechirish muhit shart-sharoitlari, milliy hunarmandchilik san’ati kabilarga katta qiziqish bildirishadi. Ularda mahalliy hayot bilan yaqinrok tanishish istagi kuchli bo’lsada, bu tanishish qandaydir noqulaylik, qiyinchilik yeki xavf-xatarni boshdan kechirish orqali amalga oshiriladigan bo’lsa, bunday turistlar o’zlarining bunday maqsadlaridan voz kechib qo’ya qolishadi. O’lkamizga keluvchi madaniy turizm ixlosmandlarining aksariyatini o’zining bilimi va ma’rifatini oshirishni istovchilar tashkil etishsada, ularning orasida ekoturizm ishtiyoqmandlari, bioekzemplyar yig’uvchilari, turli xil sarguzashtlarga qiziquvchilar ham topilib turadi.

Bunday turistlarning ba’zilari o’zlariga o’xshagan boshqa turistlar guruhida sayohat qilishni yoqtirishsa, boshqalari yakka o’zlari yoki kichikroq guruhlarda afzal ko’rishadi. Turistlarning ba’zilari o’z sayohatlarini o’zlari rejalashtirishlari, ya’ni, qachon qaerga borish, u yerda qancha vaqt to’xtab turish kabilar to’g’risida o’zlari mustaqil qaror qabul qilishadi. Boshqa ba’zi bir turistlar bunda to’laligicha tur tashkilotlariga tayanishadi (ishonishadi).

Xullas, madaniy turizm insonlarning o’zga xalqlar madaniyatlari bilan tanishishga bo’lgan qiziqishlariga asoslanadi va har bir turist o’z ehtiyojlarini belgilangan talablar orqali qondirilshini istaydi.

Turistik ehtiyoj (talab)larni qondirish uchun birinchi navbatda turistik resurslar mavjud bo’lishi lozim. O’zbekistonda madaniy turizm talablarini qondiruvchi resurslar ko’plab topiladi. Masalan, Respublikamizda 4000 ta arxitektura yodgorligi mavjud bo’lib, (ularning ko’pchiligi mustaqillik sharofati bilan qayta ta’mirlandi). Turistlar e’tiboriga taklif etilayotgan yodgorliklarning aksariyati XII-XX asrlarga mansub bo’lishsa, ularning orasida IV-IX asr yodgorliklar ham uchrab turishadi. Buxoro shimoli va shimoli-sharqida joylashgan Sarmish, Nurota tog’ tizmalarida, Surxondaryo viloyatida ibtidoiy jamoa tuzumiga xos yodgorliklarni ham uchratish mumkin. SHuningdek, ko’plab qadimiy shaharlar qoldiqlarida olib borilgan arxeologik qazishma ishlari, tabiiy qo’riqxonalarda ko’paytirilayotgan noyob xayvonlar bilan tanishish ham madaniy turizm ixlosmandlarida ko’plab taassurotlar qoldirishi mumkin.

Turizm yangi notanish joylarni ochish, tashqi muhitdan o’zgarishlar qidirish va taassurotlarni boshdan kechirish maqsadidagi intilishlardan kelib chiqqan bo’lib, ushbu atama dastlab frantsuz tilida qo’llanila boshlangan.

Turizm asosan, o’z ichiga insonlarning ko’ngil yozish, hordiq chiqarib dam olishga mo’ljallangan xatti-harakatlarini oladi. Bundan tashqari, turizmga ish hamkorlari va uzoqlardagi do’st-qarindoshlar bilan uchrashish kabilar ham kirishsada, amalga oshirilaetgan bunday sayohatlar davomida ham ko’ngilhushlik va hordiq yozishlardan voz kechilmaydi.

Inson yoshligi davridanoq turizmga qiziqa boshlaydi. Masalan, O’zbekiston sharoitida ham aksariyat bolalar o’z do’stlari, sinfdoshlari yoki ota-onalari bilan yaqin atroflardagi madaniy yodgorliklar va tabiatning so’lim oromgohlariga sayr-sayohatlar uyushtirib turishadi. Tog’u-toshlar, cho’lu-biyobonlarga chiqiluvchi turistik poxodlar davomida yoshlar dala sharoitlarida chiniqishib, o’zlarining jismoniy holatlarini yaxshilab olishsa, katta yoshdagilar o’zlarining mexnat qobiliyatlarini qayta tiklab olishadi. Zero, turizm doimo chambarchas bog’lab kelingan. Rekreatsiya atamasini oddiy xalq dam olish yoki hordiq chiqarish maqsadidagi ko’ngilxushlik deb tushunsada, ilmiy adabiyotlarda bu atamaning asl ma’nosi «yo’qotilgan mexnat qobiliyatini qayta tiklash» sifatida talqin etiladi.

Turizm yosh avlodni sog’lom qilib tarbiyalashdagi ahamiyatini inobatga olgan holda turizmning yoshlarning ruhiyatiga qiladigan muhim ta’sirlarini ham unutmaslik kerak: turizm yoshlarni vatanparvar etib tarbiyalashga o’z hissasini qo’shadi! YA’ni, o’z o’lkasida sayohat qilgan odam qanday tabiiy va madaniy boyliklarga egalik qilayotganligini bilib oladi; qanday ajoyibotlarga egalik qilayotganini bilgan inson o’zining qo’lga kiritgan me’rosidan g’ururlana boshlaydi; Milliy boyligidan g’ururlanayotgan odam o’z yurtini seva boshlaydi. SHu sababli qadimgi sharq mutafakkirlari insonni dunyoni ko’rishga chaqirishgan, chet ellarga chiqishdan oldin o’z vatanlari ichida safar qilishga undashgan (Masalan, Abduholiq G’ijduvoniy shu kabi fikrlarni qoldirib ketgan).




Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin