Turkiston general-gubernatorligining siyosiy-ma’muriy boshqaruv tizimi



Yüklə 5,54 Kb.
tarix26.12.2023
ölçüsü5,54 Kb.
#198523
Turkiston general gubernatorligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tarix fakulteti 3-kurs 301-guruh talabasi Abduziyodova Sojidaning O’rta osiyo xonliklari tarixiy geografiyasi fanidan Mustaqil ishi.

Turkiston general gubernatorligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot

Reja:

Boshqaruvchining mustamlakachilik tartiblari


Bosib olingan hududlarda imperiya hukmronligini o‘rnatish, mustahkam o‘rnashib olish, istilo qilingan joylarni qo‘ldan chiqarmaslik uchun, eng avvalo, mustamlakachilar o‘zlariga mos boshqaruv tartiblarini ishlab chiqishi va uni o‘lkada joriy qilishi kerak edi.

Mustamlakachilik siyosatining to‘liq amalga oshirilishida boshqaruv tartiblari asosiy tayanch hisoblangan.

Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoda olib borgan bosqinchilik siyosatining davom ettirilishi natijasida mustamlakaga aylantirilgan hududlar kengayib borgan.

Turkiston general-gubernatori S. M. Duxovskoy (1898– 1901): «Turkiston o‘lkasi boshqa o‘lkalarga nisbatan tarixiy o‘tmishi, etnografik xususiyatlarini hisobga olgan holda alohida e’tibor berilishini talab qiladi», – degan edi.


S. M. Duxovskoy

Podsho hukumati Toshkentni bosib olgandan so‘ng, 1865-yil 6-avgustda Aleksandr II «Turkiston viloyatini idora qilish to‘g‘risidagi Muvaqqat Nizom»ni tasdiqlaydi. Boshqaruv harbiy zobitlar qo‘liga o‘tadi.

1908–1910-yillarda Turkiston o‘lkasini podsho topshirig‘i bilan taftish qilgan senator K. Palen ta’kidlaganidek, «o‘lkada eng kichik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqaruv ham harbiy boshliqlar qo‘lida» bo‘lgan.


K. Palen

Mahalliy aholi vakillariga boshqaruvning eng quyi bosqichidagi lavozimlar berilgan.


Bularga volost boshliqlari (mingboshilar), qishloq oqsoqollari, ovul boshliqlari, qozi, biy va ularning yordamchilari kirgan.

General-gubernatorlik devoni katta vakolatlarga ega bo‘lgan asosiy ijrochi organ hisoblangan.


General gubernator Toshkent XIX asr
Rossiya imperiyasidagi hech bir gubernada bunday katta vakolatga ega bo‘lgan boshqaruv organi mavjud bo‘lmagan.

Uyezdlar volostlarga, volostlar o‘troq aholi yashaydigan hududlarda qishloqlarga, chorvador aholi yashaydigan hududlarda esa ovullarga bo‘lindi.

O‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi bilan bir vaqtda uni kelgusida qanday boshqarish va o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanish hal qilib borilgan.

O‘rta Osiyoda Rossiya imperiyasi hukumatining yana bir asosiy maqsadi - bu imperiyaning markaziy rayonlaridan bu yerlarga aholini ko‘chirib keltirib joylashtirish bo‘lgan.

1877-yilda Toshkentda «Shahar nizomi» joriy etilgan bo‘lib, unga muvofq shahar boshqaruvi Dumaga o‘tgan edi.


Duma a’zolarining 1/3 qismi Eski shahar qismidan, 2/3 qismi esa Yangi shahar qismidan saylangan.

1886-yil 12-iyulda imperator Aleksandr III tomonidan yangi «Turkiston o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizom» tasdiqlandi.


Mazkur Nizomning asosiy maqsadi o‘lkada ma’muriy boshqaruvni mustahkamlash va yerdan foydalanish tartiblarini o‘zgartirishdan iborat bo‘lgan.
Aleksandr III

1886-yildagi «Nizom»ga muvofiq Turkiston general-gubernatorligining ma’muriy boshqaruvi yangi idora – Turkiston general-gubernatori Kengashi bilan to‘ldirilgan.

E’tiboringiz uchun tashakkur


Yüklə 5,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin