3. Savdo-iqtisodiy munosabatlarda Orenburg shahrining
tutgan o`rni.
O`rta Osiyo va Rossiya o`rtasidagi savdo-iqtisodiy
munosabatlarda Orenburg shahri muhim o`rin tutgan. Zero, Orenburgga
asos solinishining (1734) muhim omillaridan biri ham Rossiya
mahsulotlarini O`rta Osiyo xonliklarida sotish va sharq tovarlarini olib
kelish bo`lgan edi. Dastlab shunday qal`a-shahar qurish g’oyasi
I.K.Kirillov tomonidan ilgari surilib, 1734- yil 1- iyunida imperatritsa
Anna Ivanovna (1730-1740) tomonidan qo`llab-quvvatlangan edi.
I.K.Kirillov tomonidan boshlangan harakat 1737- yildan V.N. Tatishev
tomonidan davom ettirilgan. Ammo I.K.Kirilov va V.N.Tatishevlar
tomonidan qilingan sa`y-harakatlar kutilgan natijani bermagan. Chunki
bunga boshqirdlar tomonidan amalga oshirilayotgan qo`zg’olonlar
xalaqit bergan. Keyinchalik V.A.Urusov va I.I.Nepmoyevlar Orenburgni
ma`lum darajada O`rta Osiyo uchun savdo qilish nuqtasiga aylantirdilar.
1743- yilga kelganda asosan, Orenburgni qurish tugallandi. Endilikda
60
Orenburgga savdogarlarni jalb qilish kerak edi. Dastlabki taklif
etilganlar qatoridan tatarlar o`rin olgan edi. Orenburgga qozonlik tatarlar
taklif etilib, savdo-sotiq ishlari bilan shug’ullanishga imkon yaratilgan
edi. Qozon tatarlarini Orenburgga joylashuvi O`rta Osiyo bilan savdo-
sotiq munosabatlarini rivojlantirishda muhim turtki bo`lib xizmat qildi.
Tatarlar orqali o`rta osiyolik savdogarlar Orenburgga kelib joylasha
boshlaganlar. Rus hukumatining topshirig’i bilan Orenburg ma`muriyati
o`rta osiyolik savdogarlarga ma`lum bir shart-sharoit va imtiyozlar
yaratib bera boshlaganlar. 1808- yil 12- maydagi ma`lumotlarga ko`ra,
Orenburgda o`rta osiyoliklardan 46 oila yashagan. Albatta, ularning
hammasi savdo bilan shug’ullanmay, balki yirik savdogarlar qo`lida ish
yurituvchi, etikdo`z, novvoy, cho`pon, kumushdan idishlar yashovchi
usta bo`lib ham ishlaganlar. 1825- yilga kelganda Orenburgda o`rta
osiyoliklar 130 oilani tashkil qilgan. Orenburgga joylashgan o`rta
osiyoliklar tatarlar yordamida Rossiya shaharlarida savdo-sotiq bilan
shug’ullana boshlaganlar. Chunki 1755- yil 1- dekabrdagi farmonga
binoan osiyolik savdogarlarga Rossiyada savdo-sotiq bilan shug’ullanish
ma`n etilgan edi. O`z navbatida Orenburg tatarlari ma`lum bir
manfaatlar asosida o`rta osiyoliklar tovarlarini Rossiyaning ichki
shaharlarida sotishga yordam berganlar.
Yekaterina II hukmronligi (1762-1796) davrida Orenburgdagi
musulmon aholiga shart-sharoitlar yaratish bo`yicha ayrim chora-
tadbirlar amalga oshirildi. Hatto 1782- yili Orenburg va boshqa janubiy
guberniyalarda sharq tillarini, xususan arab tilini o`rganishga imkon
yaratish bo`yicha hukumat qarori qabul qilindi. Orenburg Rossiya uchun
qozoq juzlarida islomni tarqatishda o`ziga xos markaz bo`lib xizmat
qilgan.
O`rta Osiyodan Orenburgga kelganlar o`z urf-odatlari, turmush
tarzlarini ham olib kelganlar. Ular shuningdek, Orenburgda O`rta Osiyo
qishloq xo`jalik mahsulotlarini ham yetishtirishga harakat qilganlar.
Masalan, Buxorodan keltirilgan chigit orqali Orenburgda paxta
yetishtirishga uringanlar. Ammo Orenburgdagi ob-havo tufayli paxta
yetishtirish imkoniyati bo`lmagan. Lekin shunga qaramasdan, qovun va
oshqovoq yetishtirishga erishganlar.
1714-1744- yillari Orenburgda maxsus “Ayirboshlash saroyi”
qurilib, u yerda O`rta Osiyo va Rossiya savdogarlari o`z tovarlarini
almashtirish imkoniyatiga ega bo`lganlar. Buxorodan Orenburgga oltin,
kumush hamda mahalliy tangalar keltirilgan. U paytlarda paxta va shoyi
matolar kamroq keltirilib, bular mahalliy ehtiyoj uchun ishlatilardi.
61
O`zaro savdo aloqalari rivojlanishi natijasida, 1754- yil 2- iyunda
Rossiya imperiyasi Senati qaroriga ko`ra, Orenburgdagi savdo
aloqalariga yarmarka maqomi berilib, rus va osiyolik savdogarlarga
yalpi va yakka tartibda savdo qilish imkoniyati berildi.
Rossiyaning savdogarlari bevosita O`rta Osiyo bozorlarida savdo
qilishga harakat qilganlar. Bunday sa`y-harakatlar Orenburgdagi
ma`muriyat tomonidan qo`llab-quvvatlangan. Orenburgga I.I.Neplyuyev
(1742-1757) general-gubernatorlik qilgan davrda O`rta Osiyoga
tovarlarni jo`natish taqiqlari bekor qilingan. Shu maqsadda, 1749- yili
I.I.Neplyuyev Xiva va Buxoroga 3 ming rubllik tovarlar bilan karvon
jo`natgan. Ushbu savdo karvoni o`z tovarlarini sotib, katta foyda bilan
orqaga qaytgan va Orenburgga 7 pud kumush olib kelgan. Bunday
natijadan ruhlangan I.I.Neplyuyev yana Xivaga 20 ming rubllik tovar
bilan savdo karvonini tayyorlagan. Ushbu savdo karvoniga Danila
Rukavkin boshchilik qilgan. Ammo ushbu savdo karvoniga Xivada
ishonchsizlik
bilan
munosabatda
bo`lganlar.
Xiva
xoni
rus
savdogarlarini uzoq vaqtgacha qabul qilmagan. Karvon bilan
kelganlarni qo`riqchilar ixtiyorida saqlab, erkin savdo-sotiq olib borish-
lariga imkon bermaganlar. Boz ustiga xonning ayonlari tomonidan 6
ming oltin rubllik tovarlarni tortib olganlar. Karvon boshlig’i 10 oy
davomida Xivada ushlab turilgan, ammo savdo qilishga ruxsat berilmay,
hamma tovarlari tortib olingan. Bundan xabar topgan I.I.Neplyuyev
Orenburgda savdo qilayotgan savdogarlarni garov tariqasida ushlab
qolgan. Shundan keyin Xiva xoni Rossiya savdogarlari tovarlariga pul
to`lab, savdogarlarni Orenburgga qo`yib yuborgan. Orenburgga qaytgan
D.Rukavkin o`zining Xivaga qilgan safari tafsilotlarini yozib, 1776- yili
nashr ettirgan. D.Rukavkin ushbu safar xotiralarida Orenburg va Xiva
orasidagi masofa va qal`alar, xonlikka taalluqli qurol-aslaha hamda
ularning turlari, qaysi tillarga ehtiyoj ko`pligi, Xivada saqlanayotgan rus
asirlari hamda o`zi bilan 40 yil avval asirga tushganlardan 4 nafarini
ozod qilib, Orenburgga olib kelganini qayd etgan.
O`rta Osiyo va Rossiya o`rtasidagi savdo munosabatlarini rivojlan-
tirshdan nafaqat Orenburg guberniyasi ma`muriyati, balki butun rus
hukumati manfaatdor edi. Ammo shunisi borki, I.I.Neplyuyev
tomonidan Rossiya va O`rta Osiyo o`rtasidagi savdo munosabatlari
rivojiga qaratilgan, 10-20 ming rubllik kapitalni o`z ichiga olgan
kompaniya tuzishga qaratilgan sa`y-harakat tegishli kadrlar tanqisligidan
kelib chiqib amalga oshmay qolgan.
62
Rossiya olimlari, davlat arboblari tomonidan O`rta Osiyo hududi,
iqtisodi, madaniyatiga qiziqish ortib borgan. Yuzlab va minglab yer
o`lchovchilar va topograflar, kartograf va sayohatchilar, savdogarlar va
turli xizmatdagi kishilar Sharqiy Yevropa, G’arbiy Sibir va hozirgi
Qozog’istonning ulkan hududlarida faoliyat olib borganlar. Bu ish
1600- yilda “Katta chizma” degan nom ostida umumlashtirilib, rus
noshiri N.I. Novikov tomonidan 1773- yilda chop etilgan edi. Ushbu
“Katta chizma” kitobi bir muncha noaniq va ibtidoiy bo`lsa-da, hozirgi
O`rta Osiyo va Qozog’istonning qator yirik geografik ob`ektlarini o`z
ichiga olgan kartografik tasvirlardan iborat edi. Masalan, 500 km.
uzunlikdagi Sirdaryoning kartografiyasi berilgan. Xaritada Kaspiy
(Uvlin) dengizigina emas, balki Orol dengizi (“Ko`k orol”) ham
berilgan. Shuningdek, Orolbo`yidagi Qoraqum sahrosi borligi qayd
etilgan. “Katta chizma” kitobini tuzuvchilar Sibir va Astraxandan O`rta
Osiyoga boruvchi savdo yo`llarini yaxshi bilgan savdogarlardan so`rab-
surishtirib bilib olingan ma`lumotlardan foydalanganlar.
O`zaro munosabatlardagi savdo-sotiq manfaatlari siyosiy munosa-
batlarda ham o`z aksini topgan edi. Faqatgina XVII asr mobaynida Xiva
va Buxorodan 16 marta elchilar Moskvaga tashrif buyurgan bo`lsa, rus
elchilari 9 marotaba O`rta Osiyoda bo`lgan edilar. Odatda elchilar savdo
karvonlari bilan kelardilar.
O`zaro diplomatik aloqalar ikki tomondan o`z davrida savdo
shartnomalarini tuzishga hamda savdo karvonlari o`tadigan yo`llarni har
qanday taqiqlardan xoli va qaroqchilarsiz bo`lishiga erishish edi. O`rta
Osiyo va Rossiya o`rtasidagi diplomatik aloqalar doimiy xarakterda
bo`lmay, imzo-muhrlar qo`yilgandan keyin ham xonlar qachongacha
ushbu shartnoma foyda keltirsa, o`sha paytgacha kuchga ega bo`lgan.
XIX asr birinchi yarmiga qadar O`rta Osiyo va Rossiya o`rtasidagi uzoq
muddatli shartnomalar bo`lmaganligi o`ziga xos xususiyatlardan biri edi.
Rossiya hukumati sharq bozoriga ahamiyatni tortishdan maqsad
o`z oldiga siyosiy maqsadlarni ham qo`ygan edi. Aynan shu maqsadlar
savdoning
asosiy
o`choqlarini mujassam qiluvchi
mustahkam
yo`nalishlarni yaratishni ko`zlar edi.
Dostları ilə paylaş: |