Turkistonda 1917 yilgi ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, Turkistonda sovet hokimiyatining o’rnatilishi



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix09.06.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#127659
015 O\'zbekiston tarixi O\'zbekistonning BMT doirasidagi faoliyati



Mavzu:O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti doirasidagi faoliyati va 
tinchlikparvar tashqi siyosati
O’zbekiston tarixi fani o’qituvchisi
Islamova S.


O’tilgan mavzuni takrorlash.
• 2017-yilda Koreya va O‘zbekiston munosabatlarida qanday jarayonlar 
kuzatildi?
• Koreya Respublikasida Sh.Mirziyoyev haqida yozilgan asar haqida yana 
nimalarni bilasiz?
• O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik aloqalarining yo‘nalishlari nima- lardan 
iborat?


O‘zbekiston va BMT. 
O‘zbekiston Res- publikasi 1992-yil 2-martda BMTga qabul qilindi va
mamlakatimiz jahon hamjamiya- tining teng huquqli a’zosi bo‘ldi. O‘zbekiston
davlat rahbari I.Karimov tomonidan BMT minbarida ilgari surilgan takliflar
butun dunyoda tinchlik va barqa- rorlikni mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotga ko‘maklashish, yadro quroli tarqalishining
oldini
olish yo‘lida
jahon hamjamiyatini birlashtirishga intilayotgan BMT va keng jahon
hamjamiyati tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlandi. Jumladan, 1993-yil 28-
sentabrda BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida Prezident Islom Karimov
ilk bor ma’ruza qildi. Unda Markaziy Osiyoni yadroqurolidan holi zona deb
e’lon qilish, Orol muammosi bo‘yicha BMTning maxsus komissiyasini tuzish kabi
bir qator muhim takliflar ilgari surildi. 1993-yil oktabrda Toshkentda BMTning
vakolatxonasi ish boshladi.



• 2002-yil oktabr kunlari BMT Bosh kotibi Kofe Ananning, 2010-yil aprel oyida 
BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning O‘zbekistonga tashriflari ham mamlakatimizning 
xalqaro hamjamiyatdagi o‘rni mustahkamlanib, obro‘-e’tibori ortib 
borayotganining dalilidir. 2017-yil iyunda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish 
O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Samarqandda u Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan 
uchrashdi. Guterrish Islom Karimov qabrini ziyorat qilib, keyin Orolbo’yi 
hududidagi vaziyat bilan tanishdi. 
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 19-sentabrda 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zladi. 
Unda bir qator masalalar, jumladan BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi 
xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish va Bosh Assambleyaning «Ma’rifat va diniy 
bag‘rikenglik» deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish, Markaziy 
Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish, Orol dengizi qurishi muammosi, 
qo‘shni mamlakatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash 
masalalari, Afg‘onis- tonda tinchlikka erishishning ma’rifiy yo‘llari masalalariga 
alohida to‘xtaldi



O‘zbekiston va YUNESKO. 
• O‘zbekistonning BMT homiyligidagi ta’lim, fan va madaniyat bilan shug‘ullanuvchi xalqaro
tashkilot – YUNESKO bilan aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda. 1993-yil 29-
oktabrda YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida O‘zbekistonni YUNESKOga a’zo- likka 
qabul qilish marosimi bo‘ldi. O‘sha kuni Ulug‘bek tavalludining 600 yilligini nishonlash
YUNESKO dasturiga kiritildi 1994-yil oktabrida
Parijda Ulug‘bek haftaligi tantana 
bilan o‘tdi. Xiva va Buxoro YUNESKOning jahon madaniy qadriyatlar ro‘yxatiga kiritildi. Bu 
ro‘yxatda 411 ta ob’yekt bor.
• YUNESKO qaroriga binoan Samarqandda Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti 
tashkil etildi. YUNESKO Bosh direktori Federiko Mayorning O‘zbekistondagi rasmiy tashrifi
chog‘ida, 1995-yil iyul oyida mazkur institut ochildi. YUNESKO buyuk bobokalonimiz Amir 
Temur tavalludining 660 yilligini xalqaro miqyosda nishonlashga qaror qildi va 1996-yil 
oktabrda Parijda Amir Temurga bag‘ishlangan bir haftalik xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Amir 
Temur tavallud topgan Shahrisabz shahri YUNESKOning madaniy qadriyatlar ro‘yxatiga 
kiritildi. 1997-yilda jahon madaniyatining durdonalaridan hisoblangan Buxoro va Xiva 
shaharlarining 2500 yillik muborak sanalari Parijda keng nishonlandi, xalqaro anjuman
va ko‘rgazmalar o‘tkazildi. Keyingi yillarda bu hamkorlik doirasi yanada kengayib bordi. 
Jumladan, YUNESKO xalqimizning Shashmaqom, Katta Ashula, Navro‘z kabi ko‘pgina ming 
yillik qadriyatlarini saqlab qolish va targ‘ib etishda keng ko‘lamli ish olib bormoqda.


• . Keyingi yillarda bu hamkorlik 
doirasi yanada kengayib bordi. 
Jumladan, YUNESKO xalqimizning 
Shashmaqom, Katta Ashula, 
Navro‘z kabi ko‘pgina ming yillik 
qadriyatlarini saqlab qolish va 
targ‘ib etishda keng ko‘lamli ish 
olib bormoqda.


Afg‘onistonda tinchlik va 
barqarorlik o‘rnatish masalasi
• 1997-yili Prezident Islom Karimov Afg‘oniston bilan qo‘shni olti mamlakat –
Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston shuningdek, 
AQSH va Rossiya davlatlari ishtirokida BMT shafeligi ostida afg‘on 
muammosini muzokaralar yo‘li bilan yechishga qaratilgan «6+2»
muloqot guruhini tuzish tashabbusi bilan chiqdi. Toshkent, Nyu-York va 
Afg‘onistonda mazkur mamla- katda davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlar-
ning ishtirokchilari bilan maxsus muzokaralar olib borildi va 1999-yilga kelib, 
O‘zbekistonda BMT shafeligida «6+2» muloqot guruhining Afg‘oniston 
muammosi yechimiga bag‘ish- langan xalqaro anjumanini o‘tkazishga erishil-
di. Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda birinchi bor Afg‘onistonda 
o‘zaro nifoqlashayotgan kuchlar vakillarini umumiy muzokaralar davrasida 
jamlashga muvaffaq bo‘lindi. Bu o‘zbek diplomatiyasining muhim 
yutuqlaridan biri edi.



Ekologik muammolar. 
Transchegaraviy daryolar
• 1990-yillardan boshlab Orol fojiasining halokatini boshidan kechirayotgan 
barcha mamlakatlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti, shuningdek boshqa 
xalqaro va mintaqaviy tashkilot minbarlaridan jahon hamjamiyatining diqqat 
e’tiborini ushbu muammoga, uni mintaqaviy va global xavfsizlik bilan 
chambarchas bog‘liq ekanligiga jalb etib kelishmoqda. Orol fojiasi va uni 
bartaraf etish choralarini qidirish O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor 
yo‘nalishlaridan biridir. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 1993-yil
sentabrda BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida va 1995-yil 
oktabrdagi 50-sessiya- larida so‘zlagan nutqlarida jahon hamjamiyatini 
Markaziy Osiyo mintaqa- sidagi ekologik halokat bo‘lgan Orol va Orolbo‘yini 
qutqarishda ko‘mak berishga chaqirdi. Mazkur global muammoni BMT 
shafeligida xalqaro moliyaviy tuzilmalar, rivojlangan davlatlar ko‘magisiz 
amalga oshirish mumkin emasligiga BMTning e’tiborini qaratdi


Atamalar izohi!
• Transchegaraviy – chegaralararo, bir necha davlat hududidan
• o‘tuvchi. Daryolar va yo‘larga nisbatan qo‘llaniladi.
• Shafe – (tarafini oluvchi, homiy; vositachi) birovga yon bosuvchi, 
homiylik qiluvchi; homiy.


Savol va topshiriqlar:
• Orol muammosini bartaraf etish bo‘yicha qanday tadbirlar 
amalga oshirildi?
• O‘zbekiston BMTga a’zo bo‘lishining ahamiyatlari haqida 
gapiring.
• Markaziy Osiyo xaritasidan transchegaraviy daryolarni toping 
va sharhlang.

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin