PEDAGOGS
international research journal
www.pedagoglar.uz
Volume-4, Issue-1, February–2022
59
Mahmudov, Isxoqxon to’ra Ibrat, Hamza, Cho’lpon, Muqammadsharif So’fizoda,
Ashurali Zohiriy (Farg’ona vodiysi), Polvonniyoz Hoji Yusupov, Bobooxun
Salimov (Xorazm) muhim rol o’ynadi. Ushbu siymolarning sa’y harakati bilan
jadidchilik harakati taraqqiy etdi.
(2-vaziyat) Jadidchilikning mintaqaviy- hududiy tarixiy shakllari
1. Rossiya:
Ismoilbek Gasprinskiy, Jovid Husaynzoda, Muso Jorulloh Qozoniy,
Rizouddin ibn Faxriddin, Mustafo Cho’qay va boshqalar
2. Turkiston:
Mahmudxo’ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Munavvarqori
Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Xamza va boshqalar
3. Buxoro:
«Yosh buxoroliklar» hukumati, Abdulvohid Burhonov, Mukammil
Burhonov, Sadriddin Ayniy, Usmonxo’ja Po’latxo’jaev, Fitrat, Fayzulla Xo’jaev
va boshqalar
4. Xiva:
«Yosh xivaliklar» hukumati, Polvonniyoz Hoji Yusupov, Jumaniyoz
Boboniyozov, Bobojon Yoqubov, Jumaniyoz Sultonmurodov va boshqalar
(3-vaziyat) Abdulla Avloniy faoliyati
Tarbiyalanuvchilarda fikrlash kobiliyatini o’stirish va bu tarbiya bilan
muntazam shug’ullanish benihoya zarur va muqaddas bir vazifa. Binobarin, u
muallimlarning «diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir
vazifadur... Negaki fikrning quvvati, ziynati, kengligi, muallimning tarbiyasiga
bog’liqdur».
Ayni zamonda muallif ta’lim va tarbiya uzviy bog’liq ekanini ham
ta’kidlaydi: «Dars ila tarbiya orasida biroz farq bor bo’lsa ham, ikkisi bir-biridan
ajralmaydurgan, birining vujudi biriga bog’langan jon ila tan kabidur», - deydi.
Avloniyning fikricha inson butun borliqning ko’rki va sharafidir. Inson o’z
go’zalligi va murakkabligi bilan koinotdagi barcha mahluqotlardan afzaldir. Butun
mavjudot insonga xizmat qilishi kerak, chunki inson uning sohibidir. Chunki
insonning akli bor. U shu aql tufayli ilm egallaydi, ilm orqali dunyoni boshqaradi:
«Aql, - deydi Avloniy, - insonlarning piri komili, murshidi yagonasidur, ruh
ishlovchi, aql boshqaruvchidur. ...insonni hayvonlardan so’z va aql ila ayirmishdur.
|