Turkistonda jadidchilik harakatining vujudga kelishi


PEDAGOGS   international research journal



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/19
tarix09.07.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#136220
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
42-60

PEDAGOGS 
 international research journal
www.pedagoglar.uz
 

Volume-4, Issue-1, February–2022
 
52 
millatni, bir tomondan, ilmli-ma’rifatli qilish bo’lsa, ikkinchi tomondan, uning 
axloqiy darajasini yuksaltirish va ana shu ikki jihatning uyg’unlashuvi natijasida 
o’zligini, o’z qadrini anglagan bilimli shaxsni voyaga yetkazish edi. Turkiston 
ma’rifatchilari tomonidan ana shu maqsadni amalga oshirish yo’lida katta ishlar 
qilindi. Turkiston ma’rifatchiligining dastlabki bosqichlarida axloqiy g’oyalar 
asosan badiiy va didaktik shakllarda o’z aksini topdi. 
3. Jadidlarning o’lka xalqlari orasida olib borgan ma’naviy va madaniy faoliyati. 
1904-1905 yillardagi rus-yapon urushi, 1905-1907 yillardagi 1-rus inqilobi, 
1905-1911 yillardagi Eron inqilobi, 1908 yil Turkiyada bo’lgan Yosh turklar 
inqilobi 
jadidlar 
dunyoqarashiga 
kuchli 
ta’sir 
ko’rsatdi. 
Jadidlar 
o’z gazeta va jurnallari, yangi usul maktablari, turli kutubxona va qiroatxonalar, 
havaskor teatr truppalari tevaragida to’planishar edi. Ularning ko’pchiligi shu 
davrning ko’zga ko’ringan ijodkorlari - shoir-yozuvchilar edi. Ular o’z asarlari bilan 
tarixan yangi milliy adabiyot yaratdilar. Adabiyot davr voqyealariga hamohang 
bordi. 1910 yillardayoq ma’rifat va ozodlik g’oyalari uning markaziy mavzuiga 
aylandi. Adabiyotga „millat» va „vatan» tushunchalari kirib keldi. Milliy 
she’rlarga rag’bat kuchaydi. Yangi zamonaviy dostonchilik keldi, publitsistika 
(Behbudiy, Fitrat, Munavvarqori) rivojlandi, realistik proza shakllandi. Shuning 
uchun ham bu davr adabiyoti O’zbekiston mustaqilligidan keyin milliy uyg’onish 
davri o’zbek adabiyoti deb davrlashtirildi. Adabiyotdagi bunday uyg’onish, ayni 
vaqtda, shu davr madaniy hayotida ham ro’y berdi. Jadidlar o’zbek xalqi hayotiga 
tom ma’nodagi milliy teatrni olib kirdi. Milliy matbaaning vujudga kelishi bilan 
kitob bosish ishi yo’lga qo’yila boshlandi. yevropa ko’povozli musiqa san’ati bilan 
tanishgan jadidlar o’zbek anʼanaviy musiqa uslublarini ham isloh qilishga da’vat 
etishgan. 1919 yilda Toshkentning eski shahar qismi (hozirgi „Turon“ kutubxonasi 
yonidagi bino)da jadidlar tashabbusi bilan Turkiston xalq konservatoriyasining 
milliy (eski shahar) bo’limi tashkil etildi. Shu tarzda jadidlar san’at vositasi bilan 
millat qadrini ko’tarish, san’atning deyarli barcha turlarini yuksaltirishga intildilar. 



Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin