Turkistonda jadidchilik harakatining vujudga kelishi


PEDAGOGS   international research journal



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/19
tarix09.07.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#136220
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
42-60

PEDAGOGS 
 international research journal
www.pedagoglar.uz
 

Volume-4, Issue-1, February–2022
 
51 
tuzish; gazeta va jurnallar chop qilish; xalqning ijtimoiy-siyosiy ongini yuksaltirish 
bilan Turkistonda milliy demokratik davlat qurish.
Jadidchilikning asosiy g’oya va maqsadlari quyidagilar edi:
- Turkistonni o’rta asrlarga xos qoloqlik va diniy xurofotdan ozod qilish; 
- shariatni isloh qilish va xalqqa ma’rifat tarqatish; 
- Turkistonda muxtoriyat hukumatini barpo etish uchun kurash; 
- Buxoro va Xivada konstitutsion monarxiya va parlament, keyinchalik demokratik 
respublika tuzumini o’rnatish orqali ozod va farovon jamiyat qurish; 
- barqaror milliy valyutani joriy qilish va milliy qo’shin tuzish. 
Umuman olganda, asr boshida yuzaga kelgan jadidchilik harakati g’oyalari 
Turkiston halqlarining milliy ozodlik, mustaqillik uchun dastlab chor Rossiyasi
so’ngra sovet mustamlakasiga qarshi kurashda muhim o’rin tutadi. Turkiston XIX 
asrning ikkinchi yarmida Rossiya tomonidan bosib olindi va mustamlakaga 
aylantirildi. Bu mustamlakachilik mohiyatini Turkiston o’lkasi general-
gubernatorlaridan biri Kuropatkinning o’z kundaliklaridagi qaydlari, biz Turkiston 
xalqlarini yarim asr mobaynida jahon madaniyati va sivilizatsiyasidan chetda tutib 
turdik, qabilidagi so’zlari yaqqol anglatadi. Lekin, ayni paytda, rus taraqqiyparvar 
ziyolilari orqali rus va jahon ilm-fani va madaniyati chor ma’muriyati to’siqlari 
orasidan Turkistonga sizib kirar edi. Shu ijobiy ta’sir asta-sekinlik bilan mazlum 
Turkistonda yangi Uyg’onish davrini boshlab berdi. Mahalliy ziyolilar orasida o’z 
xalqini ozod ko’rishga va jahonning boshqa millatlari bilan tenglasha oladigan 
darajaga olib chiqishga intilish natijasida bu Uyg’onish Ovro’pa ma’rifatchiligiga 
nisbatan juda shiddatkor hamda miqyosli bo’ldi. Shuningdek, O’rta asrlar o’rtaga 
tashlagan ma’rifatparvarlik g’oyalari uchun ham endilikda amaliy shakllarda 
yangicha - ma’rifatchilik tarzida namoyon bo’lish imkoniyati yaratildi. Zero, o’sha 
g’oyalarni yangilangan shakllarda amalga oshira oladigan ziyolilar vujudga kelgan 
edi. Ularni keyinchalik jadidlar deb atay boshladilar. Ma’rifatchilik g’oyalari asosan 
uch soha orqali taraqqiy topib bordi. Bular - maorif (yangicha maktablar ochish
ta’lim usulini yangilash), san’at (badiiy adabiyot, teatr) va matbuot. Pirovard maqsad 



Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin