PEDAGOGS international research journal www.pedagoglar.uz
Volume-4, Issue-1, February–2022 47 uchraydigan farqlar haqida yetarli izohlarga ega bo’lish o’qituvchining
raqobatbordoshligini oshirishga xizmat qiladi.
Umuman olganda, fan va ta’lim uyg’unligi zamonaviy taraqqiyotning muhim
omili sifatida O’zbekiston tarixidagi har bir mavzuni o’rganish, o’qititish va targ’ib
qilishda ham eng asosiy talablardan biridir.
Mustaqillik Vatanimiz tarixida buyuk tarixiy voqyea hisoblanib, ushbu
tarixiy jarayon xalqimizning uzoq davom etgan qaramlik va mustamlakachilikdan
xalos etdi. Birinchi Prezidentimiz I. Karimov ta’kidlaganidek «Chor mustamlakasi
davrida ma’rifat g’oyasini baland ko’tarib chiqqan jadid bobolarimizning faoliyati
bunga yana bir misol bo’la oladi. Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvarqori,
Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Is’hoqxon Ibrat, Abdurauf Fitrat, Abdulla
Qodiriy, Abdulhamid Cho’lpon, Usmon Nosir kabi yuzlab ma’rifatparvarlar, fidoyi
insonlarning o’z manfaati, huzur-halofatidan kechib, yurtimizni taraqqiy toptirish
maqsadida amalga oshirgan ezgu ishlari avlodlar xotirasidan aslo o’chmaydi
5
”.
Mustaqillikka erishish xalqimizning azaliy orzularidan biri bo’lib, bugungi
kunda uni avaylash va abadiy bo’lishini ta’minlab berish barcha fuqarolarning burchi
va vazifalaridan hisoblanadi.
Mustaqillikni mustahkamlashning omillari va vositalari turli shakllarda,
ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. Mustaqillikni abadiy bo’lishini ta’minlab beradigan
asosiy omillardan biri ma’naviy-ma’rifiy tarbiyani yanada chuqurroq
takomillashtirishdan iboratdir. Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya munosabatlari doimo, har
qanday davlat, mintaqa tarixida katta rol o’ynab kelgan. Ma’naviy-ma’rifiy
munosabatlarni to’g’ri tashkil etish jarayonida olib borilgan oqilona siyosat katta
ahamiyatga egadir.
5
Каримов И.А. Юксак маънавият енгилмас куч. – Т., Маънавият. 2008. – Б. 49.