Mavzu yuzasidan amaliy topshiriqlar TEST 1. Turkiy tillarni ilk bor ilmiy nuqatai nazardan tasnif qilgan olim kim ? A) Radlov B) Baskakov C) Samaylovich D)M. Koshg‘ariy 2. Turkiy tillarni ilmiy - nazariy jihatdan ancha mukammal tasnif kim tomonidan qilingan? A)Malov B) Radlov C) Samaylovich D) Baskakov 3. Turkiy tillar taraqqiyotining Oltoy davri qaysi asrlargacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi? A) era.avv IV asrlar B) era.avv V asrlar C) era.avv III asrlar D) era. avv II asrlar 4. Chuvash tili Baskakov tasnifi bo‘yicha G‘arbiy xun tarmog‘ining qaysi guruhiga kiradi? A) O‘guz tillar guruhi B) Qipchoq tillar guruhi C) Bulg‘or guruhi D) Qarluq tillari guruhi 5. Sibir ekspeditsiyasida ishtirok etib, Sibir tarixi va butun Sibir o‘lkasida yashaydigan elatlarning til xususiyatlari haqida boy material to‘plagan va shu material asosida " Tatar tili va boshqa Sibir dialektlari so‘zlari to‘plami " nomli lug‘at tuzgan olim kim edi ? A) Y.F . Myuller B) Stralenberg C) A. Sherbak D) F.Y . Korsh 6Turkiy tillarning sharqiy xun tarmog‘i 2 ga bo‘linadi . Bular qaysilar? A) Qarluq- uyg‘ur, qarluq - xorazm B) Qipchoq- bulg‘or, qipchoq- poloves C) Uyg‘ur - o‘guz, qirg‘iz- qipchoq D) O‘g‘uz - bulg‘or, qipchoq- no‘g‘ay 7. Turkiy tillar taraqqiyotining eng yangi turk davrini shartli ravishda XX asr deyilsa ham aslida bu davr turkiy tillar taraqqiyotini qaysi davr belgilaydi? A) XX asrning IV choragi B) XX asrning oxiri C) XX asrning birinchi yarmi D) XX asrning ikkinchi yarmi