Sisymbrium loeselii Jusl. - (Lozyol qurtanasi ) – karamdoshlar oilasiga
mansub bir yoki ikki yillik begona o„t. Poyasi: to„g„ri, shoxlangan , bo„yi 30-110
sm. Barglari: oddiy, navbatma-navbat joylashgan. Ildizi o„q ildiz tizimli. Gullari:
asosan sariq rangli bo„lib, may-sentabr oylarida gullaydi. Urug„ining rangi: qizil-
jigarrang bo„ladi. Bitta o„simlikning maksimal unumdorligi - 705700 urug„ beradi.
Urug„lar hayotchanligini 5 yilgacha saqlab qoladi [8].
Quyida (2-rasmda) Lozyol qurtanasining poyasi, barglari va gullarini
tuzilishini ko‟rishimiz mumkin.
A) B) C) 2-rasm. Lozyol qurtanasi (Sisymbrium loeselii Jusl.) o‘simligining umumiy korinishi. A-umumiy ko„rinishi; B-guli; C- bargining tuzilishi.
O„simlikni yurtimizning barcha hududlaridagi dalalarda, sabzovot bog„larida,
qumli tuproqlarda, bedazorlarda, paxta dalalarida, daryolarning qirg„oqlarida, ariq
va yo„l yoqalarida, uy-hovlilar atrofida, haydalmagan yerlarda, ekinzorlar orasida va
boshqa ko„plab joylarda uchratishimiz mumkin. Lozyol qurtanasi donli ekinzorlarga
katta zarar yetkazadi. Ular o„simliklar orasida tezlik bilan ko„payib, ularning
oziqlanishiga to„sqinlik qiladi ya‟ni ozuqa moddalarni o„zi o„zlashtirib oladi.
Natijada madaniy o„simliklarning hosildorligi kamayib ketadi. Bundan tashqari
ushbu o„simlik chorva mollari uchun ozuqa bo„ladi.
3. Sisymbrium irio L. – irio qurtanasi– гулявник ирио.
Sisymbrium irio L. ( irio qurtanasi )- o„simligi karamdoshlar oilasiga
mansub, qurtan turkumiga mansub tur hisoblanadi. Poyasi: bir necha metr
keladigan, tik, yaltiroq yoki bazasida siyrak tukli o„simlik. Barglari: oddiy,
cho„zinchoq shakilga ega. Urug„i: cho„zinchoq shaklda bo„ladi. Irio qurtanasi o„simligini- dalalar, yaylovlar, haydalmagan yerlarda va boshqa ko„plab hududlarda