VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 2 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 16 www.ares.uz 2-Sisymbrium loeselii Jusl. – Lozyol qurtanasi 3-Sisymbrium irio L.
–
irio qurtanasi 4-Sisymbrium officinale
–
dorivor qurtana 5-Sisymbrium brassicoforme C. A. Mey. – karamsimon qurtana Olib borilgan kuzatishlar natijasida ushbu turlarning tuzilishi va ahamiyati
jihatdan bir-biridan farq qiladigan va o„xshash belgilarga ega ekanligi ko„zdan
kechirildi. Bundan tashqari turlarning inson, tabiat, o„simlik va hayvonot olamidagi
ahamiyati qanchalik muhim ekanligi aniqlandi.
XULOSA Xulosa qilib aytganda, Qurtana (Sisymbrium L.) turkumiga mansub turlar
yurtimizda juda keng tarqalgan va har bir tur bir-biridan farq qiluvchi belgi-
xusiyatlarga ega. Ushbu o„simlik turlarni botanik tavsifi va ahamiyatini o„rganish
orqali, ularning tuzilishi, tarqalishi, o„ziga xos va boshqa o„simliklardan farq qiluvchi
xususiyatlarini, o„simliklar va hayvonot olamidagi, tabiatdagi va inson hayotidagi
foydali va zararli tomonlarini o‟rganishimiz mumkin. Shu sababli ham ushbu
turkumni o„rganishga katta e‟tibor qaratishimiz kerak. Chunki ularning ba‟zi turlari
donli ekinlar va madaniy o„simliklarga katta ziyon yetkazadi. Ya‟ni, ularni orasida
tez ko„payib ketadi va yerdagi ozuqa moddalarni shimib oladi. Natijada ma‟daniy
o„simliklarni oziqlanishi kamayadi, bu esa ularni hayotchanligi, hosildorligi va
unumdorligiga katta salbiy ta‟sir ko‟rsatadi. Ular faqat zararli emas, balki chorva
mollari uchun ozuqa bo„lishi ham mumkin. Qurtana turkumiga mansub turlar orasida
faqat begona o„t-o„simliklar emas, balki dorivor hisoblangan turlari ham bor.
Masalan: dorivor qurtana. Ushbu tur qurtana turkumiga mansub turlar ichidagi eng
foydali tur hisoblanadi. Ushbu o„simlikdan tayyorlangan damlamalar nafas olish,
ovqat hazim qilish, teri yallig‟lanish kasalliklarini davolashda keng qo„llaniladi. Bu
o„simliklar haqida to„liq ma‟lumotlar ega bo‟lishimiz esa, ulardan to„g„ri
foydalanishimiz va amaliyotda qo„llashimizga imkon beradi.