Turlar didaktik o'yinlar


Katta guruh Geometrik shakllar



Yüklə 265,44 Kb.
səhifə11/23
tarix09.01.2022
ölçüsü265,44 Kb.
#51139
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
1543673112 72943

Katta guruh

Geometrik shakllar. Shakllar har xil o‘lchamda bo‘lishi mumkinligi haqida tasavvur hosil qilish (katta doira - kichik doira, katta kvadrat – kichik kvadrat).

Shakllar va uning ayrim belgilari haqida tasavvur hosil qilish: Masalan, to‘rtburchakning 4 ta burchagi va 4 ta tomoni (to‘rtburchakning turli ko‘rinishlari misolida) bor.

Bolalarning shar, kub, silindrlar haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash va ular yordamida turli mavzularda loyihalar yaratish.

Doira va oval shaklini farqlashga doir turli mashqlarni bajartirish.

Qurshab turgan narsalar orasidan tanish bo‘lgan geometrik shakllarni topa olishga o‘rgatish: masalan, lagan, non doiraga o‘xshaydi; stolning usti, devor, eshik va derazalar to‘rtburchakka, ro‘molcha kvadratga, qizchalar boshidagi ro‘mol uchburchakka, stakan silindrga o‘xshaydi va hakozo.

Uchburchak va to‘rtburchaklardan turlicha katta o‘lchamdagi narsalar va shakllar tuzish. Turli geometrik shakllar to‘plamidan har xil o‘yinlar o‘ynash, maxsus shakllar to‘plamidan foydalanib, namunadagi narsalarni yasashni o‘rgatish. Tayoqchalardan to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat, uchburchak yasashga, bu shakllardan foydalanib turli narsalar yasashga o‘rgatish.

Tayoqchalardan hosil bo‘lgan geometrik shakllardan bir nechta tayoqchani olish usuli bilan ko‘rinishini o‘zgartirishga doir muammoli vazifalarni hal etishni o‘rgatish.

Maxsus shakllar to‘plamidan foydalanib, namunadagi qismlardan tashkil topgan shakl-siluetlar hosil qilishga o‘rgatish. Labirintlar va ularning yechimi bilan tanishtirish.




Yüklə 265,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin