Tayyorlov guruh
Geometrik shakllar. Bolalarni doira, kvadratni ikki teng qismga bo‘lishga, olingan qismlarni «yarim», «ikkidan bir qism» deb atashga o‘rgatish. Aniq material yordamida butun qismdan katta, qism esa butundan kichkina ekanligini belgilash.
Ko‘pburchaklar haqida tasavvur berish: uchburchak, to‘rtburchak-bu ko‘pburchak. Bolalarni ko‘pburchak elementlari (tomonlari, burchaklari, burchak uchlari) bilan tanishtirish.
Т ayoqchalar yordamida turli shakllarni yasash.
Bolalarga doirani, kvadratni 4 ga bo‘lishni o‘rgatish. Aniq material asosida butun qismdan katta, qism esa butundan kichkina ekanligini belgilash.
Bolalarni 2 ta, 4 ta uchburchaklardan bitta ko‘pburchaklar tuzishga, kichik to‘rtburchakdan bitta katta to‘rtburchak tuzishga o‘rgatish. Beshburchak va oltiburchak bilan tanishtirish.
Yetishmagan shakl, jismni (shar, kub, silindr) topishga doir mantiqiy masalalarni yechishni o‘rgatish.
Geometrik shakllar ko‘rinishini o‘zgartirishga o‘rgatish: kichik uchburchaklardan to‘rtburchak shaklini yasash va boshqalar. Tayoqchalardan hosil bo‘lgan geometrik shakllardan bir necha ayoqchani olish usuli bilan ko‘rinishini o‘zgartirish.
Maxsus shakllar to‘plamidan foydalanib, namunadagi narsalarni hosil qilish.
Dostları ilə paylaş: |