Turli darajadagi protokollarning ishlash prinsiplari Reja: Tarmoq protokollari


Mavzu: Asinxron hisoblagichni ishlash prinsipi



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə11/13
tarix25.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#102236
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Mavzu: Asinxron hisoblagichni ishlash prinsipi
Reja:

1. Hisoblagichlar va ularning klassifakatsiyasi.


2. Jamlovchi hisoblagich
3. Hisoblagichlarni triggerlar asosida sintez qilish

Hisoblagichlar va ularning klassifakatsiyasi.
Hisoblagichlar- ketma-ket qurilma bo'lib, kirish yo'liga berilgan impulslar sonini hisoblash va saqlash uchun xizmat qiladi.
Hisoblagichlar bir nechta belgalar bo'yicha klassifikatsiyalanadi. Ularni alohida ko'rib chiqamiz.

    1. Hisob yo'nalishi bo'yicha:

a) yig'iluvchi;
b) ayiruvchi;
v) reversiv.
2. o'tish (perenos) sxemalarini tashkil etish yo'li bo'yicha:
a) ketma-ket perenosli hisoblagichlar;
b) to'g'ridan to'g'ri (skvoznoy) perenosli hisoblagichlar;
v) Parallel perenosli hisoblagichlar;
g) Kombinirlashgan perenosli hisoblagichlar.
3. Perenos koeffitsienti bo'yicha:
a) ikkilik;
b) ikkilik-o'nlik;
v) ixtiyoriy doimiy qayta hisoblash koeffitsienti;
g) hisobning o'zgaruvchan koeffitsienti bilan va h k.
4. Hisoblagichning sinxronizatsiya asosida holatini o'zgartirish bo'yicha:
a) asinxron;
b) sinxron.
Jamlovchi hisoblagich
Jamlovchi hisoblagichda barcha razryadlar uchun umumiy sinxronizatsiya mavjud emas. Razryadlarning yangi holatga o'tishi impulslar beriladigan kirish yo’lidan boshlab ketma-ket va razryadma–razryad amalga oshiriladi.
Jamlovchi hisoblagichlarda barcha razryadlar uchun sinxronizatsiya mavjud emas, razryadlarning yangi holatga o'tishi kirish razryadiga beriladigan impulsdan boshlab birin ketin razryadma-razryad bajariladi.
Uning sxemasi quyigagi ko'rinishga ega:



Ketma-ket perenosli asinxron jamlovchi hisoblagich

Ketma-ket perenosli asinxron jamlovchi hisoblagichning
vaqt diagrammasi
Diagrammadan ko'rinib turibdiki, hisoblagichni istalgan razryadining holatini o'zgarish belgisi – bu oldingi razryadning (yoki kirish signalining) “1” holatdan “0” holatga o'tishidadir. Shuningdek, agar barcha oldingi razryadlar “1” holatdan “0” holatga o'tgan taqdirdagina katta razryad “1” holatga o'tadi.
Vaqt diagrammasidan ko'rinadiki, hisoblagichni o'rnatish vaqti t ketma-ket o'tayotgan razryadlar soniga bog'liqdir va N-razryadli hisoblagich uchun quyidagi oraliqda o'zgaradi:

Impulslar kelishining maksimal chastotasi (fmax) birinchi trigger ulanishining chegaraviy chastotasi bilan aniqlanadi. Hisoblagichning asosiy yutug'lari - mikrosxemalarning soni minimal bo'lganida va elektr aloqalarning soni kamligidadir. Uning kamchiligi - tezligining pastligidir.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin