Turli jarayonlardagi issiqlik effektlari. – Gess qonuni. Kirxgoff qonuni



Yüklə 68,36 Kb.
səhifə6/16
tarix04.12.2023
ölçüsü68,36 Kb.
#172454
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
I asosiy qism-fayllar.org

1.2 – Gess qonuni. Kirxgoff qonuni.

Reaksiya issiqlik effektining jarayon bosib o’tgan yo’liga bog’liq emasligini 1836 yilda Rossiya akademigi Gess tajribada aniqladi. Gess qonuniga ko’ra, kimyoviy reaksiyalarning issiqlik effekti reaksiyada ishtirok etadigan moddalarning boshlang’ich va oxirgi holatlarigagina bog’liq. Lekin boshlang’ich holatdan oxirgi holatga qanday yo’l bilan o’tganligiga bog’liq emas.

Moddalar o’zaro reaktsiyaga kirishib boshqa moddalarga aylanishida qancha issiqlik chiqishi yoki yutilishini aniqlash uchun Gess qonuniga ko’ra, boshlang’ich va oxirgi moddalarning hosil bo’lish issiqligini bilish kerak. Masalan:

CH4 + 2O2 = CO2 + 2H2O + Q

reaksiyada moddalarning elementlardan hosil bo’lish issiqliklari quyidagicha:

C + 2H2 = CH­4 + 74,6 kJ

C + O2 = CO2 + 394 kJ

2H2 + O2 = 2H2O + 2 · 286 kJ

Reaksiyaning issiqlik effekti:

demak, Gess qonuniga ko’ra, reaksiyaning issiqlik effekti reaksiya mahsulotlarining hosil bo’lish issiqliklari yig’indisi bilan dastlabki mahsulotlarning hosil bo’lish issiqliklari yig’indisi orasidagi ayirmaga teng.

Gess qonuni fiziologiyada katta ahamiyatga ega: organizmda ovqat mahsulotlar oksidlanganda qancha energiya chiqishi shu qonun asosida hisoblab topiladi.

Kirxgoff qonuni

Reaksiya olib borilayotgan temperatura o’zgarishi bilan issiqlik effektining qiymati ham o’zgaradi, ya‘ni ΔH = (Т0). Bu qonun shu o’zgarishni miqdoriy jihatdan ifodalaydi. Masalan, o’zgarmas bosimda quyidagi reaktsiya borayotgan bo’lsin:

аА + вВ + ... = dD + gG + ...

а, в, d, g – stexiometrik koeffitsientlar. Bu reaksiyada entalpiyaning o’zgarshi:

ΔH=ΔHмаh–ΔHdast.=(dHD+gHG)...–(aHa+vHv+...) (2.1)

bo’ladi. ΔH = (Т) ifodasini topish uchun tenglama T bo’yicha differentsiallanadi:



Ma‘lumki:



Demak:


bo’ladi.

Bu yerda ΔСp – mahsulotlar issiqlik sig’imining yig’indisi bilan dastlab moddalarning issiqlik sig’imi yig’indisi farqi.



va


(2.2)

(2.3)

bunda, ΔH2, ΔH1 lar Т1 va Т2 dagi entalpiya o’zgarishlaridir.



(2.4)

Bu Kirxgof qonuni tenglamasidir.




Yüklə 68,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin