O‘zgarmas tok tarixi va hozirgi kunda tutgan o’rni
Turli muhitlarda elektr toki mavzusini o‘rganish maqsadlari va vazifalari. Turli muhitlarda elektr toki moddalar mikrostrukturasi va klassik elektron nazariya elementlari tushunchalari asosida o‘rganiladi. Turli muhitlar elektr o‘tkazuvchanlik jarayonlarini o‘rganish o‘quvchilarni elektronikaning fizik asoslari ilmiy-texnik taraqqiyotning eng omilkor va istiqbolli yo‘nalishlaridan biri ekanligi bilan tanishtiradi. Biroq mavzuning mazmuni elektronikaning fizik asoslari bilan cheklanib qolmaydi, balki vakuumli diod, tranzistor kabi asboblarning tuzilishi va ishlashi ham qarab chiqiladi. Shu asboblarni o‘rganish o‘quvchilarni mikro jarayonlar texnikasida foydalanishga tayyorlaydi va o‘rganilayotgan mavzuning politexnik ahamiyatini belgilaydi. Nihoyat, har xil muhitlarda elektr tokini o‘rganish o‘quvchilarning fizika kursida o‘rganishi lozim bo‘lgan qator asboblar va qurilmalarning tuzilishi va ishlashini tushunish uchun asos soladi. Bunday asboblarga vakuumli fotoelement, rentgen trubkasi, elementar zarrachalar gazorazryad schyotchigi, to‘g‘rilagich, lampali radio-priyomnik, so‘nmas tebranishlar generatori, radiolokatsion qurilma va boshqalar tegishlidir. Turli muhitlarda elektr tokini o‘rganish asosida tok kuchining kuchlanishga bog‘lanishi (volt-amper xarakteristikasi) va muhitlarda o‘tkazuvchanlik mexanizmini taqqoslashga asoslangan yagona metodik kontseptsiya (ta’limot) yotadi.
Ta’lim metodlarini didaktik jihatdan asosan uch guruhga ajratish mumkin. Ular: ilmiy izlanish xulosa chiqarish va o‘qitish metodlaridir. Axborotlarning globallashuvi ta’lim jarayoni zichligini oshirishdagi asosiy omil hisoblanadi. Keyingi yillarda pedagogik texnologiya, modulli o‘qitish kabi terminlar tez-tez uchramoqdaki, bu metodlar tizimining mohiyatini anglashga undaydi. Pedagogik texnologiyada kafolatli ta’lim berilar ekan, unda yuqorida ta’kidlangan metodlarni yakka-yakka holda emas balki, bularni nomlarini qo‘llash kerak bo‘ladi. Ta’limda, metodlarni o‘zaro bog‘liq holda qo‘llash axborotlar zichligini kamaytirib asosiy tushunchalar sistemasini shakllantirish imkonini beradi. Pedagogik texnologiyaning asosini ilmiy izlanish, xulosa chiqarish va ta’lim metodlarini o‘zaro bog‘lovchi yaxlit ketma-ketlik tashkil etadi. Ta’lim tizimini qayta qurishning hozirgi bosqichida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, tizimli fikrlash faoliyatini shakllantirish, ijodiy yaratuv-chilik, faoliyat metodologiyasi masalalari alohida ahamiyat kasb etib bormoqda. Yarim o‘tkazuvchanlikka oid bilimlarni quyidagicha sistemalashtirish mumkin:
Turli muhitning o‘tkazuvchanlik mexanizmini o‘rganish o‘ziga xos qiyinchilikka ega. O‘quvchilarga zaryad tashuvchilarning o‘zini ham ular harakatning tabiatini ham ko‘rsatishning imkoni yo‘q. Bu qiyinchilikni o‘quv kinofilmlaridan to‘liq foydalanib yengish mumkin. Kinofilmlarda multiplikatsiya vositasi bilan turli muhitlarda zaryad tashuvchilarning tabiati shartli qilib ko‘rsatiladi. Bundan tashqari filmlarning barchasida bu qonuniyatlarga asoslangan ko‘pchilik asbob va qurilmalarning ishlatilishiga oid ko‘pgina misollar ko‘rsatilgan. Mavzuni o‘rganishda demonstratsion va laboratoriya tajribalariga keng asoslanishi kerak.