Turli muhitlarda elektr toki mavzusini o‘rganish maqsadlari va vazifalari


Suyuqliklarda elektr toki. Elektrolitlarda zaryad tashuvchilar tabiati



Yüklə 82 Kb.
səhifə4/6
tarix28.12.2023
ölçüsü82 Kb.
#201054
1   2   3   4   5   6
O‘zgarmas tok tarixi va hozirgi kunda tutgan o’rni

Suyuqliklarda elektr toki. Elektrolitlarda zaryad tashuvchilar tabiati.

Mavzuning asosiy mazmuni o‘quvchilarning kimyo kursida olgan bilimlari bilan uzviy bog‘langan. Shu sababli elektrolit dissotsiatsiya, suv eritmalarida yoki elektrolitlarning qotishmalarida tok tashuvchilar tabiati elektrolizning amaliy tadbiqi (elektrometallurgiya, galvanotexnika va boshqalar) kabi masalalar-ni fizika darslarida takrorlash va o‘quvchilarning kimyodan olgan bilimlari bilan bog‘lanishni o‘rnatish tariqasida qarab chiqiladi. Bunday takrorlashda “Elektroliz va uning nomli jadvaldan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi, elektrolizda dissotsiatsiya jarayoni va ionlar harakati tushuntirilgan. Suyuqliklarda elektr toki tabiatini tushuntirishda, elektrolitlar eritmasida elektr toki ionlar harakati (ikkala ishora ham qarama-qarshi yo‘nalgan) tufayli paydo bo‘lishini tasdiqlovchi tajribani iloji boricha ko‘rsatishi kerak. Ayrim ionlar eritmaga aniq biror rang bergani tufayli elektrolit eritmalarida ionlar harakati ko‘rinadigan bo‘lishi mumkin. Shunday tajriba o‘tkaziladi. Osh tuzi eritmasi shimdirilgan filtrlovchi qogoz shisha plastinkaga mahkamlanadi. Uning ustiga xudi shunday ikkita tor qog‘oz polosasi qo‘yiladi, ulardan biri mis kuporosi (tutiya) da, ikkinchisi esa kaliy ikki xrom oksidi (К2СrО4) da qo‘llangan. Birinchi polosa tok manbaining musbat, ikkinchisi manfiy elektrodiga ulanadi.


Elektrolidlar orasida elektr maydoni hosil qilinganida katodda sariq yo‘l paydo bo‘lishi va uning anod tomonga qarab kengayishi kuzatiladi. Anod elektrodda katod tomonga qarab kengaygan kok yo‘l paydo bo‘ladi. Yeritmaga kuk rangni mis ionlari, sariq rangni qoldiq ishkor ionlari beradi. Bu tajribaning boshqa varianti demonstratsion eksperiment bo‘yicha adabiyotda mufassal tushuntirilgan.
Kimyo darsida aniqlangandek, ionlarning paydo bo‘lishi va ularning n kontsentratsiyasi elektr maydoniga bog‘liq emas. Demak, elektrolit eritmasiga berilgan U kuchlanishga ham bog‘liq bo‘lmaydi. Elektrolitdagi ionlar harakati metallardagi elektronlar harakati kabi qarshilikka uchraydi. Yeritma molekulalari tomonidan ionlarga tormozlovchi kuchlar ta’sir qiladi. Shu sababli elektrolitda ionlarning tartibli harakati o‘rtacha tezligi o‘zgarmasligi, maydon kuchlanganligiga proportsional bo‘ladi, . Binobarin, elektrolitlar eritmalari uchun volt-amper xarakteristikasi to‘g‘ri chiziqdan iborat ekan.

Yüklə 82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin