Dastlabki EHMlarning yaratilishi davrida, mashhur matematik Jon fon Neyman 1945-yildayoq kompyuter qurilmalari ma’lumotlarni qayta ishlash uchun qanday tarzda universal va maqbul bo’lishi kerakligini aytib o’tgan edi. Shu bois kompyuter tuzilishining asoslari fon Neyman printsipi deb yuritiladi. Deyarli barcha zamonaviy kompyuterlar mazkur printsip asosida ishlaydi. Fon Neyman printsipiga ko’ra kompyuter quydagi qismlardan tashkil topgan bo’lishi lozim:

Arifmetik- mantiqiy qurilma –arifmetik va mantiiqiy amallarni bajaradi.
* Boshqarish qurilmasi - dastur bajarilish jarayonini tashkil qiladi va barcha boshqaruv vazifalarini bajaradi.
* Yodda saqlash qurilmasi yoki joriy xotira – ma’lumot yoki dasturlarni o’zida saqlaydi.
* Tashqi qurilmalar ma’lumotlarni kiritish va chiqarishni taminlaydi.
Elektron hisoblash mashinalarning rivojlanish tarixiga nazar soladigan bo’lsak biz bilamizki EHMlarni yaratilishi va elementli asoslariga ko’ra quydagi avlodlarga bo’linadi:
Elektron hisoblash mashinalarning rivojlanish tarixiga nazar soladigan bo’lsak biz bilamizki EHMlarni yaratilishi va elementli asoslariga ko’ra quydagi avlodlarga bo’linadi:
1-avlod:1950-yil: Elektron vakum lampalarda ishlovchi EHM;
2-avlod:1960-yil:Yarim o’tkazgachli asboblarda(tranzistorlarda) ishlovchi EHM;
3-avlod: 1970 -yil: Kichik va o‘ta yuqori darajali integratsiyasi bo’lgan yarim o‘tkazgichli integral sxemalarda ishlovchi EHM;
4-avlod:1980-yil: Katta va o‘ta katta integral sxemalarda ishlovchi EHM;
5-avlod:1990-yil: Bilimlarni qayta ishlaning samarali tizimlarini ko‘rishga imkon beruvchi, bir qancha o‘nlab parallel ishlovchi mikroprotsessorlari bo’lgan EHM; bir paytda o‘nlab izchil buyruqlarni bajaruvchi, paralel-vektorli tuzilmasi bo’lgan o‘ta murakkab mikroprotsessorlarda ishlovchi EHM;
6- va undan keyingi avlodlar: ommaviy parallelizm va neytron tuzilmali- neytron biologik tizmlar tuzilishini modellashtiruvchi, uncha murakkab bulmagan mikroprotsessorlar ko‘p-ko‘p sonli taksimlash tarmogi bo’lgan optoelektronli EHMlardir.