Turli yosh guruhlarda tabiat burchagini tashkil etish


Katta yosh guruh tabiat burchagi



Yüklə 30,22 Kb.
səhifə4/4
tarix29.11.2023
ölçüsü30,22 Kb.
#169723
1   2   3   4
1 Turli yosh guruhlarda tabiat burchagini tashkil etish

2.3.Katta yosh guruh tabiat burchagi. Katta yosh guruhda narsalarni kuzatish, solishtirib ko'rish, ularni turli belgilariga ko'ra umumlashtirish ko'nikmalarini shakllantirish davom ettiriladi. Kuzatishlarning asosiy mazmuni o'simlik va hayvonlarni o'sishi hamda rivojlanishini, ularning mavsumlarda o'zgarishlarini aniqlashdan iborat bo'ladi. Bolalar o'simlik o'sishi uchun yorug'lik, nam, issiqlik, tuproqdan oziqlanishini, turli o'simlik turli miqdordagi yorug'lik va namlik talab qilishini bilishlari kerak.

Bolalarni o'simliklar, ularning tashqi tuzilishining xususiyatlari, faqat barglarigina emas, balki poya va gullarining ham xilmaxilligi bilan tanishtirish davom ettiriladi. O'simliklarni parvarish qilish usuli asosida barg va poyalarni xarakteriga ko'ra aniqlash, o'simlikni ozoda saqlash ko'nikmasi mustahkamlanadi. O'simliklarni o'rganishda ularni ko'paytirishning ba'zi usullari, jumladan, poyasini «qalamcha» qilib ko'paytirish haqidagi bilimlar ham kiritiladi. Bulamingbarchasi jonli tabiat burchagini yangi o'simliklar — xilmaxil poyali, chirmashadigan, yoyilib o'sadigan yoki tik poyali, piyozli, kartoshka piyozli va shu kabilar bilan to'ldirib borishni talab qiladi. Tradeskansiyaning 2—3 xil turi, xona uzumi, plyush, chirmashuvchi fakus, aloe, zigokaktus, epifdlyum, siklamen, primula, amarilis, kiavniya kabilar shular qatoriga kiradi. Bu o'simliklarning shakli va barglari, poyasi, gullari xarakteriga ko'ra xilmaxil bo'lib, quyosh nuri va suvga ehtiyojlari ham turlichadir.


Katta guruh bolalarining jonli tabiat burchagi uchun hayvonlarni tanlashda asosiy vazifa hayvonlarning yashash muhit sharoitlariga moslashish xususiyatlari haqidagi boshlang'ich bilimlarni shakllantirishni ta'minlashdir.


Akvariumda issiqsevar, tirik tutiladigan va ikra tashlaydigan baliqlar guruhi — mechenosets, skalyariy, guppi va shu kabilarni saqlash maqsadga muvofiqdir.


Katta guruh tabiat burchagida toshbaqaning istalgan turini saqlagan yaxshi. Odatda bu jonivor qishda qisqa muddatli uyquga ketadi. Agar toshbaqa tabiat burchagida bir necha yildan beri yashayotgan boisa u uxlamasligi mumkin, biroq u bu davrda lanj bo'lib qoladi, ozuqani istaristamas yeydi. Bunday holatning sababini hamda uning yashashi uchun mos sharoitni faqat maktabgacha ta'lim yoshidagi katta bolalar tushunishlari va yaratishlari mumkin. Sutemizuvchilarni tanlash ham juda xilmaxildir. Bu guruh burchagida «dengiz cho'chqasi»dan tashqari tipratikan, olmaxon ham bo'lishi kerak. Olmaxon tabiat burcha gida yashovchi boshqa sutemizuvchilarga nisbatan mavsumlarda o'z hayot tarzini ko'proq o'zgartiradi. Bu o'zgarishlar hayvonlarning tabiatdagi hayot sharoitlariga bog'liqligini maktabgacha ta'lim yoshidagi katta bolalar bilishlari kerak.




2.4.Maktabgacha tayyorlov guruhining tabiat burchagi. Tayyorlov guruhida bolalarni tabiat bilan tanishtirishning asosiy vazifasi ularda tabiat olamidagi muhim bog'liqliklar — o'simliklarning kompleks sharoitlarga (namlik, issiqlik, yorugiik va shu kabilar), hayvonlarning tashqi tuzilishi va hayot tarzi, yashash muhitiga bog'liqligi haqida elementar bilimlarni shakllantirishdir. Bolalar turli mavsumlarda o'simlik va hayvonlar hayotida sodir bo'layotgan doimiy takrorlanuvchi o'zgarishlar, ularning o'sish va rivojlanishining asosiy davrlari bilan tanishadilar.
Yüklə 30,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin