Turon xalqaro universiteti


– mavzu. Iqtisodiyotda mantiqiy fikrlashning ahamiyati. (2 soat)



Yüklə 450,97 Kb.
səhifə122/134
tarix03.12.2023
ölçüsü450,97 Kb.
#172093
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   134
O\'quv qo\'llanma, sirtqi, 2023-2024.

6 – mavzu. Iqtisodiyotda mantiqiy fikrlashning ahamiyati. (2 soat)
Tafakkur — mantiq ilmining o‘rganish ob’ekti. Tafakkurning asosiy xususiyatlari. Tafakkurni o‘rganishga turli xil yondashishlar.
Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari xakida tushuncha. Tafakkur shakli (mantiqiy shakl) tushunchasi. Fikrning aniq mazmuni va mantiqiy shakli, ularning nisbiy mustaqilligi va o‘zaro aloqasi. Tafakkur qonuni (mantiq qonuni) tushunchasi. Tafakkur qonuni-fikrlar (fikrlash unsurlari) o‘rtasidagi zaruriy aloqa. Tafakkur qonunlari to‘g‘ri fikr yuritishning muhim tamoyillari sifatida.
Mantiq — tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi fan. Mantiq ilmining asosiy masalalari va ularni tadqiq etish yo‘nalishlari. Formal mantiqning predmeti va tuzilishi, uning dialektik mantiq va matematik mantiq bilan o‘zaro munosabati. Formal mantiqning falsafiy bilimlar tizimida tutgan o‘rni. Formal mantiqning hozirgi paytdagi vazifalari.
Mantiq fanining pedagogik amaliyotda fikrlash madaniyatini o‘stirishdagi, shu jumladan, mustaqil, erkin fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilishdagi ahamiyati. Mantiq ilmining bilish jarayonida tushunish va tushuntirish, ayniqsa, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni anglash, milliy mafkurani rivojlantirishdagi ahamiyati.
7 – mavzu. Etika fanining predmeti, asosiy muammolari va kasbiy axloq.
(2 soat)
“Etika” fanining predmeti, mohiyati, uning asosiy belgilari va tuzilmasi. Axloqning paydo bo‘lishi. Gedonizm va evdemonizm tushunchalarining axloqiy ahamiyati. Etika fanining fanlararo bog‘liqligi: falsafa, estetika, dinshunoslik, huquqshunoslik, milliy g‘oya, psixologiya, pedagogika, siyosatshunoslik, ekologiya. Axloqning paydo bo‘lishi haqidagi diniy, empirik va genetik konsepsiyalar. O‘zbekistan mustaqilligining etika fani rivojiga konstruktiv ta’siri. XXI asrda global etosfera (axloqiy muhit)ni yaratishning zaruriyati. Pedagogik etika, uning jamiyat oldidagi burchi va mas’uliyati.
8 – mavzu. Iqtisodiy faoliyatda estetika. (2 soat)
Estetik anglash tushunchasi va uning individual xarakteri. Insoniyat tarixida estetik anglash, munosabat va faoliyatning talqini. Estetik bilish va estetik qadriyatlar mutanosibligi. Estetik anglashning asosiy elementlari: estetik ehtiyoj, estetik munosabat, estetik tuyg‘u, estetik did, estetik baho, estetik ideal, estetik qarashlar, estetik nazariyalar. Shaxs estetik ehtiyoji. “Estetika” kategoriyalarining falsafiy mazmuni va mohiyati. Falsafa tarixida estetika kategoriyalari haqidagi tasavvurlarning xilma-xilligi.
Pedagogik faoliyat estetik didni shakllantirishning muhim omili. Ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni insoniylashtirish va go‘zallashtirishning estetik muammolari. Voqelikka estetik munosabatning milliy va umumbashariy ahamiyati. Estetik qadriyatlar- barqarorlikni ta’minlovchi omil. “Dunyoni go‘zallik qutqaradi” shiorining global ahamiyati. Olamni estetik anglashda jamiyat axborotlashuvining roli.
Axborot estetikasining o‘ziga xos xususiyatlari va uning ijtimoiy-siyosiy, badiiy-ijodiy, ma’naviy-axloqiy jarayonlar bilan bog‘liqligi.

Yüklə 450,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin