TURON YAKKA KURASHI TARIXIDAN
Qadimgi manbaalarda etirof etilishicha ulug` xoqon Fariuddinning
Tur,Salm,Eraj ismli ug`illari bo`lib,shox o`z saltanatini farzandlariga tahsimlab berib, farzandlariga tegishli hududlar keyinchalik ularning nomiga muvofiq TURON,SAMRON,ERON, tarzida yuritila boshlandi.Firdavsiyning «Shoxnoma»sida ham yuqoridagi nomlar qaxramonlar sifatida zikr etilgan.Tur ,Salm,Eraj siymolariga «se xurshedrux» uch kuyoshchexra» deb nisbat bergan Firdavsiy. Tur tasarrufidagi Turon erlari xususida qator manbaalarda shunday ma’lumotlar bor « Tur – shox Faridunnig katta o`g`lining nomi»;Movorounnaxr Turon o`lkasining viloyatlaridan biri bo`lib, sharqi Fargona,garbi Xorazm,shimoli Samarqand bilan chegaralan-gandir»( «Farangi Onandroj »).
Turon deb nomlanuvchi o`lka atamasi tarixi va ma`nosini ikki qator izox bilan cheklash tarixiy xaqiqatdan ko`z yumish bo`lardi.Turon atamasi lugatlarda ko`p uchraydi.Shuning binobarida ularda turli tuman,yashirin ma`nolari izoxlandi.TURON atamasi paxlaviy ( qadimgi fors) tilida Tura ( Txora) so`ziga muvofiq bolib,PAXLAVON ma`nosini anglatadi (tarixda Garbiy Sibr erlari Tura deb nomlangan).»AVESTO» kitobining «Got»va «Yasia»(46;12)»Farvardin»,»Yasht»(143;13;123) bo`limlarida bu so`z (Turon) xalq ,toifa ,(qabila) sifatida kelgan.
Lugatlarda lug`aviy ma`nosi shunday: Tur – jasur tengsiz,baxodir,paxlavon; fatx etuvchi(fotix).
Sanskrit (qadimgi xind)tilida Tur istiloxi jasur,shijoatli,ma`nolarini bildirgan.Yana «AVESTO»dagi bayonga etibor qaratsak. «Farvaridin» «Yasht» (113;123) bo`limlarida «Tur»so`zi (nomi)ning «Turon» atamasiga muvofiqlashtiruvi shunday izoxlanadi:
Abulqosim Firdavsiy,Batlimus (Ptilomey Kladviy,qadimgi yunon olimi,»Almages»,Abu Abdullo Muxammad ibn Yusuf Xorazmiy XI- X asr,o`rta asr tarixchisi Tabariy, ( XVII asrda yashagan,Xoji Zayn ul –Obiddin S.Hirvoniy ),IX asrda yashagan Ibn Farigun,Manuchexr Damgoniy ( X-XI asr) kabi bir qancha olimlar asarlarida TURON so`ziga izoxlar berib asl ma`nosi matx ettirilgan.
Uch ming yillik tarix mujassam jangovar san`at Mustaqqillikka erishganimizdan so`ng “Turon” deya nom oldi. Tarixiy negizga ega Turon so`zining ma`nosi – epchil, jasur, qo`rqmas, dovyurak tengsiz pahlavon,baxodir demakdir.Qadimiy O`zbekiston hududida o`z so`zlashuviga ega bo`lgan qabilalar yashagan. epchil, mard, dovyurak ma`nosiga ega bo`lgan Turon so`zi o`rniga boshqa sinonim so`zlar ishlatilgani uchun bu so`z ishlatilmay qolgan.
Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temurning “BIZ KIM , MULKI TURON AMIRI TURKISTONMIZ ”!. so`zlari tarixiy buyuk hikmatli so`zga aylandi. Bu so`zlarda shunday ma`no borki, ajdodlarimiz qoldirib ketgan Turon so`zining ma`nosini beruvchi insoniylik, oliyjanoblik, haqqoniylik, mehribonlik, chidam, og’a-inilik, vijdon, o`zaro hurmat bizlarga qarata aytilgan.
Avestoda haqiqat asrlar mobaynida insoniyatning oliy maqsadi,inson qadru-qimmatining mislsiz o`lchovi bo`lib keldi,sog’lom turmush tarzi,jismoniy etuklik jangovar san`at namoyondalari Afrosiyob,Baxrom kabi pahlavonlar jasurligi jangovar san`atni puxta egallagan.
Keng maydon jang maydoni, kuch sinashish maydonda o`zini ximoya qilish,munosib qarshilik ko`rsatish jasur paxlavonlar baxodirlar maydoni kim kuchli bo`lsa o`shanikidir bu so`zlar Avestoda yozib qoldirilgan.
Greklarning buyuk faylasufi Geradotning “ Tarix” kitobida jangovar san`atning namoyondasi Tumaris puxta tayyorlanganligi jang qilish bobida tengi yo`qligi muhim o`rin egallashi yozib qoldirilgan Alpomish, Kuntug’mish,Go`ro`g’li turkumidagi dostonlarda qizlar jangovar tayyorgarligi erkaklar barobarida kuch sinashib bellashgani guvohi bo`lamiz.
Dostları ilə paylaş: |