Layli va Majnun (arab.
نون جم و ىل ي ل („Majnun va Laylo“)) fors-turkiy romantik dostonidir.
Chunki bu dostonlarni dastlab fors tarixiy asari „Shohnoma“da (Firdavsiy),
keyinchalik
shoir Nizomiy Ganjaviyning
„Xusrav va Shirin“ dostonida va buyuk turkiy shoir Alisher
Navoiy
ning beshligi boʻlmish ''Xamsa"sida uchraydi. Voqeiy boʻlmish bu hikoya
Navoiyning ''Xamsa"sida Qays ibn al-Mulavvo ismli arab yigitining Layli ismli qiz bilan
ishqiy munosabatlari yoritiladi. Oʻgʻlining bu qizga uylanishiga qarshi chiqqan otasining
tazyiq
lari va ayriliq tufayli Qays
aqldan ozib, devona boʻladi („majnun“ va „jinni“ "dali''
soʻzlarining oʻzagi bir).
Layli va Majnun
— Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari orasida keng tarqalgan folklor hamda
yozma shakldagi adabiy yodgorlik. Dostonning ilk kurtaklari VII asrning 2-yarmida paydo
boʻlgan. Ayrim manbalarning maʼlumotiga koʻra, doston qahramonlari tarixiy shaxslardir.
Ularda Majnun Bani Omir qabilasidan chiqqan, asl ismi
Qays ibn Mulavvah yoki Qays
ibn Muod boʻlgan yigit, deya taʼkidlanadi. Qays Layli ismli oʻz qabiladoshini sevgan
hamda oʻz sevgisi va hijron alamlari haqida mungli sheʼrlar bitgan. Bunday maʼlumot,
jumladan, ibn Qutaybaning (889) „Kitob ush-sheʼr va shuaro“ („Sheʼr va shoirlar
haqida
kitob“), Abul Faroj al-Isfahoniyning „Kitob ul-agʻoni“ („Qoʻshiq kitobi“) asarlarida
keltirilgan. Lekin boshqa manbalar bu maʼlumotlarni inkor etadi. Masalan, arab olimi
Avon ibn Hakim al-Qalbiy (764) va arab tarixchisi Hishom al-Qalbiy (819) Majnun tarixiy
shaxs emas, degan fikrni ilgari suradi. VII asrning 2-
yarmidayoq arab sheʼriyatida
Majnun taxallusi ostida koʻplab mungli sheʼrlar
vujudga keladi, bunday sheʼrlar tobora
koʻpayib boradi, toʻplamlarga kiritiladi. Ammo Majnun nomi zikr etilgan sheʼrlarning
barchasi ham yolgʻiz bir kishiniki emas. Arab olimlari al-Johiz (9-asr) va ibn al-Muʼtaz
(908)ning aytishicha, kishilar Layli nomi bilan bogʻliq barcha sheʼrlarni
Majnunga nisbat
beraverganlar. XI asrda shoir Abul Bakr al-Volibiy tomonidan Majnunga nisbat berilgan
barcha sheʼrlar toʻplanib, „Devoni Majnun“ tuziladi. Devonda sheʼrlarga sharhlar beriladi
hamda sheʼrlar Majnun haqidagi rivoyatlarning syujetiga kiritiladi.