Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


  X o‘jalik m ashg‘ulotlari



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

4.3. 
X o‘jalik m ashg‘ulotlari,
ijtimoiy tashkilotlar va madaniyat
Shimoliy Afrika xalqlarining madaniy, maishiy turmushi- 
dagi boshqa jihatlardagi o‘ziga xosligi yashash sharoitlari hamda 
xo ‘jalik faoliyatlari bilan belgilanadi. Shaharlar talaygina b o isa-d a,
48


ko'pchilik aholi qishloqlarda yashagan. 0 ‘rganilayotgan hudud geo- 
grafik jihatdan: 1) sohil bo‘yidagi yumshoq iqlimli viloyatlar; 2) shi- 
mol va g ‘arbda-kontinental subtropiklar; 3) tog‘li hududlar va vodiy- 
lar; 4) janubdagi yarim cho'l va cho‘llarga bo‘linadi.
Shimol va g ‘arbda sohil b o ‘yi aholisi baliq ovlashda uzunligi 7,5 
m gacha bo ‘lgan qayiqlardan foydalanadi. Undan tashqari, dehqonlar 
donli (arpa, bug‘doy, makka) yetishtiradilar. Uzum, sitrus, sabzavot 
ekib, yirik shoxli m ollami saqlaydilar.
Tog‘ aholisi - chorvadorlar yaylov chorvachiligi yoki dehqon­
chilik bilan shug‘ul)anadilar, tog‘ etaklarida terassa shaklidagi 
kichik-kichik maydonlarda suli, makka, sabzavotlar va mevalar 
yetishtiradilar.
Tog‘oldi hududlari va vohalarda aholi sug"orma dehqonchilik bilan 
mashg'ul. Suv manbalari atrofida zaytunzorlar, bog‘lar barpo etadilar. 
Yerlarga ekin ekilmagan yili qo‘y, echki, qoramollami boqishadi.
Janubga tomon yarim cho‘l hududlarda aholi dehqonchilik bi­
lan suv bor yerlardagina shug‘ullanadi. Asosiy ekin xurmo, yana 
sabzavot, donli ekinlar ekishadi. K o‘pchilik aholi chorvador, aksari 
ko ‘chmanchi chorvachilikda tuya, qo‘y va echki boqishadi.
D ehqonlar. Barbar xalqlari (riflar, Marokash, Jazoirdagi qabilalar, 
shuningdek kelgindi arablar) iigaridan dehqonchilik bilan m ashg‘ul 
bo‘lganlar. Eng qadimgi dehqonchilik madaniyati M isrda shakllan­
gan, uni bejizdan «Nil tuhfasi» deb atashmaydi.
Fallohlar (arabcha «yemi haydash») murakkab sug‘orish inshoot- 
lari 
yordamida, ariqlami qo‘llab hosil yetishtiradilar. Donli ekinlar: 
makka, bug‘doy, turli sabzavotlar, shakarqamish, zaytun, sitrus ekin- 
laridan 
m o‘l hosil olinadi. Xurmo daraxti ayniqsa cho‘l hududlarida 
muhim o‘rin tutadi. Uning yog‘ochi, bargi, m evasi xo‘jalikda ishlati­
ladi. 
Inglizlar mustamlakachiligidan so‘ng paxta yetishtira boshlanib, 

hozirga qadar asosiy texnik ekin hisoblanadi.
Dalada ishlash erkaklar vazifasi hisoblanadi. Yerni haydashda 
plugdan foydalanishadi. Yemi yumshatishda ketmon, bug‘doyni 
0 ‘rishda o ‘roq ishlatiladi.
49


Fallohlar qishloqlari yirik b o iib , b a’zida 15-20 ming kishi yas­
haydi. M arkazda machit, yonida bozor, qahva tayyorlaydigan kafelar 
bor. Uylar somonli loydan bir xonali qilib quriladi. Tekis tomlarida 
o‘tin, uyjihozlarini saqlashadi. Issiq paytlarda tomda oila a’zolari dam 
oladilar. Uyning sahni bo‘yra, boyroq oilalarda gilam bilan yopilgan. 
Hozirgi kunda dehqonlaming uylari maishiy texnika - sovutgich, tele- 
vizorlar bilan ta ’minlanmoqda. 0 ‘ziga to ‘q xonadonlar zamonaviy 
mebel olishmoqda. Taom hovlida o‘choqda tayyorlanadi. Ovqatni 
xontaxtaga qo‘yib iste’mol qilishadi. Asosiy taomlari - sabzavot
bo‘tqa, xurmo, non, baliq. Go‘shtni, odatda, haftada bir marta yoki 
bayramlarda iste’mol qilishadi.
Erkaklar uzun ko‘ylak, keng ishton, galabi deb nomlangan to- 
vongacha tushadigan oq yoki ko‘k rangli uzun ko ‘ylak kiyadilar. 
Boshlariga yupqa qalpoqcha kiyadilar. M isrda qishloq ayollari yuzla- 
rini yopmaydilar. Boy dehqonlar yevropacha, ulaming xizmatchilari 
an’anaviy kiyimlarda yuradilar.
Qishloqlarda qarindosh va jam oa munosabatlari mustahkam 
o ‘matilgan. Ushbu hayot tarzi o‘zaro e’tiborli b o iish , kelishuvchan- 
lik, mehm ondo‘stlik, hurmat qilishni taqozo etadi. Axloq m e’yori asa- 
biya - qonli xun olish, o ‘zidan kattalarga bo‘ysunish, yigitning oilasi 
oldMa m as’uliyati singari qadriyatlami tarbiyalaydi. Bir qorin nari- 
dagi amakivachchalar, xolavachchalar orasida nikohni yoqlaydilar. 
Mahrga katta e ’tibor berilib, ajrashishlar qishloq joylarida juda kam 
uchraydi. Monogam nikoh hukmron, ikki xotinli erkaklar ko‘p emas.
M isr qishloqlarida bozor munosabatlari tobora keng joriy etil- 
moqda. Natijada mulkiy tabaqalanish kuchli b o iib , k o ‘plab fallohlar 
shaharlarga ishlagani ketmoqdalar.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin