Demak, eski o‘zbek tili XII—XIII asrdan to XX asrning boshlarigacha bo‘lgan o‘zbek tili tarixini o‘z ichiga oladi va juda katta yozma manbalarni o‘zida mujassam etadi. Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Turdi Farog‘iy, Boborahim Mashrab, Zokirjon
Xolmuhammad o‘g‘li Furqat, Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy
larning eski o‘zbek tilini yangi taraqqiyot
bosqichiga olib chiqishda xizmatlari katta.Ayniqsa, bu borada Alisher Navoiy ulkan ishlar qildi.
U o‘zbek
tilini xazina deb bildi. Bu xazinani ilonlar va tikanlar o‘rab turganligini ta’kidladi
. Navoiy eski o‘zbek adabiy tilini ana shu «ilon»lardan va «tikan»lardan tozalab berdi . Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug`atayn” asaridan Yana bir adolari borki, ba’zi alfozning so‘ngg‘ida
«ch, i» «ki», «chi» lafzidir, orttururlar, yo mansabning,
yo hunarning, yo peshaning izhori uchun; forsiyda yo‘qtur, balki alar ham turkcha ayturlar.
Mansabda
andog‘ki, qo‘rchi va suvchi va xizonachi va kerak-yarog‘chi va chavgonchi va nayzachi va
shukurchi va yurtchi va shilonchi va axtachi yo‘sunlug‘ ko‘ptur.
Hunar va peshada
andog‘ki, qushchi va borschi va qo‘ruqchi va tamg‘achi va jibachi va yo‘rg‘achi va
halvochi va kemachi va qo‘ychi…
TURSUNOV JAVOHIRBEK Eski o`zbek tiliga oid so`zlar 1. Cherik Askar 6. Huvaydo Aniq , ravshan 2. Ev Uy 7.