Tushuncha, hukum va xulosaning fikr teranligini ta'minlanishidagi ro'li reja


Ilk o’rta asr G’arb falsafasi rivojlanishining umumiy belgilari



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə23/109
tarix20.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#187328
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   109
Мавзу Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммол-fayllar.org

Ilk o’rta asr G’arb falsafasi rivojlanishining umumiy belgilari. Birinchidan, o’rta asrlar G’arb va SHarq falsafasi avvalo feodal jamiyat falsafasi bo’lib, u ilohiyot va dinning hukmronligi bilan tavsiflanadi. Feodal tuzum sharoitida feodal mulkdorlik bilan bir qatorda hunarmandlar va dehqonlarning shaxsiy mehnatiga asoslangan xususiy xo’jaligi mavjud bo’lgan. Feodal ishchini sotishi va sotib olishi mumkin bo’lgan, lekin ishchini o’ldirish huquqi unga berilmagan. Ishlab chiqarish munosabatlarining bunday rivojlanishi ularni ijtimoiy-Psixologik va mafkuraviy jihatdan mustahkamlashni talab qilgan. Feodal madaniyatni mafkuraviy jihatdan ta’minlovchi integratsion asos din bo’lgan.
Ikkinchidan, o’rta asrlarda din G’arbda ham, SHarqda ham feodal jamiyatning hukmron mafkurasi hisoblangan. Bu davrda cherkov eng yirik kuch bo’lgan. SHuningdek, u siyosiy jihatdan ham o’ta markazlashgan tashkilot sanalgan. Dindorlar amalda birdan-bir o’qimishli odamlar bo’lgan. YUris’rudentsiya, tabiatshunoslik va falsafaning mazmuni cherkov ta’limoti bilan muvofiq holatga keltirilgan.
Muqaddas kitob aqidalari falsafiy mulohazalarning tayanch nuqtasiga aylangan. Bu davrda bilim emas, balki e’tiqod, fan emas, balki din afzal ko’rilgan. Teotsentrizm, ya’ni Xudoga, uning mohiyatiga dunyoning birinchi sababi va birinchi asosi sifatida yondashish o’rta asrlar falsafasiga xos xususiyatdir. Masalan, o’rta asrlarda Xitoyda dao haqidagi ta’limot din ehtiyojlariga to’la moslashtirilgan: dao tabiiy qonun sifatida emas, balki ilohiy qonun sifatida namoyon bo’lgan.
Buddizm falsafasi asosiy e’tiborni borliqning o’tkinchiligi va yo’qlikning haqiqiyligi, jonning boqiyligi va abadiy ma’naviy dunyoni anglab etish yo’lida o’zlikni kamolotga yetkazish orqali uning o’z shakl-shamoyilini o’zgartirishi muammolarini o’rganishga qaratgan.
Konfutsiychilik feodal tuzumni oqlash uchun buddizm va daosizmning idealistik va daosizm g’oyalarini o’zlashtirgan: odamlar o’zlarining «yomon» niyatlarini jilovlab, taqdirga bo’ysunishlari lozim. Hokimiyatga bo’ysunish, uni ardoqlash va hurmat qilishni talab etuvchi «Osmon qonuni» haqidagi ta’limot konfutsiychilikda eng muhim ta’limotga aylangan.
G’arb Yevropa feodalizmi sharoitida ham xristian dini hukmronlik qilgan. U o’zining odamlar aqli va qalbini nazorat qilish markazlashtirilgan tizimini ko’p sonli tarqoq feodal davlatlarga qarshi qo’ygan. Bu nazoratni avvalo Rim papasi boshchiligidagi katolik cherkovi amalga oshirgan. Ayni vaqtda cherkov qadimgi dunyoning «majusiycha» falsafasiga, ayniqsa materialistik ta’limotlarga yot ko’z bilan qaragan. SHu sababli antik davrning falsafiy merosini o’zlashtirishga nisbatan xolisona yondashilmagan, bu meros qismlarga bo’lib o’zlashtirilgan, asosan diniy aqidalarni mustahkamlovchi idealistik g’oyalarni tarqatishga yo’l qo’yilgan.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin