Tushuntirish xati Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. Shavkat Mirziyoyev



Yüklə 11,37 Mb.
səhifə6/40
tarix20.09.2023
ölçüsü11,37 Mb.
#145857
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
10-sinf sinf soati ish reja va konspekti

III.Mashg’ulotni yakunlash
Xar bir inson xayotida bir necha bor stress va uning oqibatlarini boshidan kechirgan. Asosan hozirgi davrda vaqtning etishmasligi, tabiiy ofatlarning tez-tez takrorlanishi oqibatida yuzaga keladigan kambag`allik hamda bir vaqtning o`zida inson odob-ahloqi pasayishi oqibatida insoniyat stressga duch kelmoqda.
Stress o`zi nima?
Inson stress holatida bergan javobi o`zi uchun salbiy ta`sir qiluvchi omildir. Inson uchun salbiy ta`sir qiluvchi omillar organizmda charchoqlik, qo`rquv, beparvolik, kamsitilish, og`riq va boshqa shunga o`xshash oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Topshiriq: Mavzu yuzasidan fikr almashish
Maktab MMIBDO‘______________________ _________________________ sana______ _______ 20___yil
4-Mavzu: Ustoz otangdek ulug‘i
(1 oktyabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan).
Kun shiori:
Haq yo`lida kim senga bir harf o`qitmish ranj ila.
Aylamak bo`lmas ado oning haqin yuz tanj ila.
Alisher Navoiy
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
N atija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”, Ma’naviyat yulduzlari, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Har bir inson ham, u kelajakda qaysi kasbda ishlamasin, ilk bor maktabga qadam qo`ygan damlarini, qo`liga birinchi bor qalam tutqazgan muallimini faxr bilan eslab yuradi”
Abdulla Oripov
O`qituvchi:
Bir umr sizga ta’zimdamiz, aziz ustozlar!
Doim e’zozdasiz, qalbi daryolar,
Ziyo tarqatasiz, har on, har soniyada,
Hech charchamang, aziz muallimlar!
Respublikamizda ta’lim-tarbiya sifatini oshirishda juda ko`plab ta’lim fidoyilari jonbozlik qilib kelmoqda. Bizning maqsadimiz esa mana shunday fidoyilarni keng ommaga tanishtirish ularning ishlarini yoshlarimizga ibrat qilib ko’rsatish.
„Har kuni, har soatda fidoiy bo’lish, o`zini tomchi va tomchi, zarrama-zarra buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay tinimsiz safarbar etib borish, bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat mezoniga aylantirish-haqiqiy qahramonlik aslida mana shu“.
(Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch)
Ta’lim tizimiga o`zlarining beqiyos xizmatlarini qo`shgan, maktabni ulug` dargoh deb, hisoblagan jadid bobolarimiz haqida qisqacha to`xtalib o`tish bizning muqaddas burchimiz. Har doim o`qituvchilik kasbimizda ularning ruhlari bizga madadkor bo`lsin.

Yüklə 11,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin