MMIBDO‘: ______________________ Sinf rahbar: ______________________ 34-mavzu: Foydali va maroqli dam - mehnatga hamdam Kun shiori: “Yoz juda soz” Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, yozki ta’tilni maroqli va mazmunli o`tkazish tavsiya etiladi.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, va media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirdi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Yoz faslida vaqt o`tganin bilmay qolasan” O`qituvchi: Mana, yana ta’til onlari yaqinlashib qolmoqda. Yozgi ta’tilni har bir o`quvchi o`zining shaoitidan kelib chiqib rejalashtiradi. Avvalom bor, nima uchun ta’til yozda ko`proq beriladi? Yozda havo haddan tashqari isib ketadi.
Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy yoz fasliga shunday ta’rif beradi: “Yoz faslida daraxtlarning bargi yashil bo`lib, yashil barglari orasida mevalari taram-taram qizorib, ekinlar fishub, oqil insonlar kabi boshlarini egub salom qilurlar. Bog`lar o`zlarini gullab, rang –barang yafrog`lar ila yasaturlar. Maktab va madrasalarda o`qushlar to`xtalub, shogirdlar har tarafga sayohat qilurlar”. Mohir pedagog Abdulla Avloniy ham yoz fasli ayniqsa, o`quvchilar, talabalar va ustozlar uchun ta’til berilishining o`zida albatta sir-sinoat bor. Chunki, aql mehnat qiladigan kishilar albatta yaxshi dam olmog`i kerak. Aynan uch oylik ta’til ham yoz fasliga to`g`ri keladi. Dam olish yaxshi, lekin yozgi ta’tilni imkon darajada mazmunli o`tkazish darkor.
Yozgi ta’tilni uch qismga bo`lib olib, undan unumli foydalansa maqsadga muvofiq bo`ladi. Albatta, ko`pchilik o`quvchilar yozda mehmonga borishga, oromgohlarda dam olishga, qo`shimcha til o`rganishga, sport mashg`ulotlariga va biz iloji boricha vaqtni baddiy adabiyotga bag`ishlashimiz shart. Ta’tilda o`zi ko`pchilik kitob o`qishga sarflaydi. Bu esa o`quvchi bo`sh vaqtining samarasidan darak.
Topshiriq: Har bir o`quvchi yozgi kun tartibini tuzadi. Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
MMIBDO‘: ______________________ Sinf rahbar: ______________________