Tushuntirish xati


Topshiriq: “Savol-javob” mashqi



Yüklə 6,15 Mb.
səhifə30/42
tarix10.09.2023
ölçüsü6,15 Mb.
#142482
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42
7-sinf Sinf soati

Topshiriq: “Savol-javob” mashqi.
* Siz qaysi kasb egasi bo`lmoqchisiz?
* Qanday kasblarni bilasiz?
Izoh: O`quvchilarni o`zlari qiziqtirgan savollar va kasblar haqida javob berish
MMIBDO‘: ______________________
Sinf rahbar: ______________________
24-mavzu: Jannat onalar oyog`i ostidadir ( 8 mart - Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan)
Kun shiori: “Dunyodagi jamiki go`zalliklar va ezguliklar sizga aziz Onajonlar”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, dunyodagi eng aziz zot onalarga bo`lgan mehribon va jonkuyarlikni rivojlantirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Onajon, menga suyan, menga ishon, kerak bo`lsa jonim fido Sizga!”

O`qituvchi:
Ona! Onajon- mehri ummondan buyuk zot. Olloh onani shunday mehribon qilib yaratdiki, hech kim farzandga onadek mehribonlik qila olmaydi. Ayting, bu dunyoda hech bir zot o`zini onasiz his eta olmaydi. Buyuk zotlarni dunyoga keltirib, ularga uzoq-umr tilab, erta-yu kech duo qilib o`tirgan munis onajonlardir.
Ona haqida she’r yozmagan shoir, asar bitmagan yozuvchi, qo`shiq kuylamagan birorta hofiz bo`lmasa kerak. Hatto, Vatanni Onaga, Onani Vatanga qiyoslashadi. Darhaqiqat, inson ona vujudida paydo bo`lib, Vatanda kamol topadi. Payg`ambarimiz hadislarida ham, “Jannat onalar oyog`i ostidadir” deb aytadilar. Namozi bomdoddan keyin volidangni ziyorat qil va xizmatida bo`l deydilar- Muhammad Siddiq Rushdiy.
Onam deganimda oqsoch jafokash
Munis va mehribon chehrang namoyon.
Sen axir bag`ringda parvarish qilib,
Ko`zimga baxsh etding, ko`zgudek jahon.
G`afur G`ulom
Oh mening ortimdan ovvora onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam.
Har baloni ko`rib yorug` dunyoda,
Toshkanni ko`rmagan bechora onam.
Bolang bo`lib bir bor boshlab keldimmi,
Endi men ham senga o`g`il bo`ldimmi?
Muhammad Yusuf
Ko`rdim dunyo yetti mo`jizasini,
Topmadim qalampirmunchoq isini.
Ko`zlarimga suray bosgan izini,
Jannat bog`laridan nishonam, onam!
Iqbol Mirzo

Yüklə 6,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin