MMIBDO‘: ______________________ Sinf rahbar: ______________________ 31-mavzu: Xotira –ulug’ qadriyat (9 may – Xotira va qadrlash kuni oldidan)
Kun shiori: “Bugungi tinch kunlarga shukronalik bilan yashaylik” Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, o`tganlarning ruhini shod etishni, tiriklarning qadriga yetib yashashni, tinch kunlarga shukronalik tuyg`ularini rivojlantirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: Xotira va qadrlash muqaddas ma’naviy tuyg’u” O`qituvchi: O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 1999 yil 2 martdagi Farmoniga asosan Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi kurashib halok bo`lganlarning, mamlakatimiz ozodligi va mustaqilligi uchun jon bergan O`zbekistonning barcha o`g`lonlari xotirasini abadiylashtirish muhimligini nazarda tutgan holda, bugun ham saflarda turib Vatan obro`-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy- axloqiy jihatdan tarbiyashlashga hissa qo`shayotgan barcha kishilarning hurmatini joyiga qo`yish maqsadida 9 mayni –“Xotira va Qadrlash kuni” deb e’lon qildi va bu kun umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo`ldi.
Inson chindan ham ulug` nomga sazovor bo`lsa, u o`z qadriga yetish bilan birga o`zgalar qadrini ham baland tutib, odamiylik burchini to`g`ri ado etadi. Ana shu insoniylik burchlaridan biri o`tganlar ruhini shod etib, ular xotirasini, qadr-qimmatini o`z joyiga qo`yishdir. “Vatanimiz mustaqilligi uchun jonini, bor kuch-quvvatini ayamagan biror bir faxriy, biror bir kishi unutilmasligi kerak. Ularning har biriga munosib hurmat-ehtirom ko`rsatilishi shart” , har bir insonning o`z o’rni o`z qadr-qiymati va munosib xotirasi bor.
Ota-bobolarimiz qadim-qadimdan o`tganlarni xotirlash insoniyatning bosh vazifasi, qarzi va farzi deb bilgan va bunga amal qilib kelgan. Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o`zi tug`ilib voyaga yetgan qishloq, shahar, Vatani tarixini bilishni istaydi va bilishi shart.