Tushuntirish xati


Topshiriq: Ikkinchi jahon urushida front ortida kimlar va qanday xizmat qilgan



Yüklə 6,15 Mb.
səhifə39/42
tarix10.09.2023
ölçüsü6,15 Mb.
#142482
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
7-sinf Sinf soati

Topshiriq: Ikkinchi jahon urushida front ortida kimlar va qanday xizmat qilgan mavzusida fikr-mulohazalar o`tkaziladi.
MMIBDO‘: ______________________
Sinf rahbar: ______________________
32-mavzu: Mening xarakterim, kamchilik va yutuqlarim.
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, fan oylikda faol ishtirok etishlari, til o`rganish bugungi kunda davr talabi ekanligini rivojlantirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, va media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirdi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
O`qituvchi:
Xarakter — adabiyot va sanʼat asarlarida xususiy belgilari mukammal tasvirlangan va oʻzida feʼlatvor (xattiharakat, kechinma, fikriy va nutqiy faoliyat)ning tarixan aniq tipini mujassamlantirgan, shuningdek, muallifning maʼnaviyestetik konsepsiyasini ifodalagan inson obrazi. Badiiy X. umumiy (takrorlanuvchi) va xususiy (takrorlanmaydigan); obʼyektiv (badiiy X.ga proobraz boʻlib xizmat qilgan kishi hayotining ijtimoiypsixologik asoslari) va subʼyektiv (proobrazning muallif tomonidan idrok va talkin etilgan) belgilarning oʻzaro uyushgan hosilasidir. Adabiyot va sanʼat asarlaridagi X. tushunchasi falsafa, sotsiologiya va psixologiyadagi ayni tushunchadan inson obrazining konsepsiyaviyligi bilan ajralib turadi.
X. tushunchasi ilk marta Yunonistonda, badiiy ijod ruhiy madaniyatdan ajralib chiqqan bir davrda paydo boʻlgan. X.ning antik davrda ifodalagan mazmuni uning hozirgi talqinidan keskin farq qilgan. "...Shoirlar ishtirokchilarning xarakterlarini tasvirlash uchun ularni asarga olib kirishmaydi, — deb yozgan edi Aristotel "Sheʼriyat sanʼati toʻgʻrisida"gi risolasida, — balki ularning xattiharakatlari orqali xarakterlarini ham (asar doirasiga) jalb etishadi". Antik davr tragediyasida ham inson obrazi (X.) emas, balki voqea asar gʻoyasini ifodalab kelgan va muhim badiiy obraz xisoblangan; personajlar asardagi muayyan badiiy vaziyatda oʻynagan roli bilan bir-biridan farklangan.
Personaj X.ining mustaqil gʻoyaviybadiiy ahamiyatga ega ekanligi antik davrdayoq anglashila boshladi. Chunonchi, Plutarx "Parallel hayotnomalar" asarida qahramonlarni ular "takdir"i va X.iga koʻra oʻzaro qiyoslagan. "X." atamasining bunday 2 xil maʼnoda qoʻllanishi 18-asrgacha davom etib keldi. Adabiyot va sanʼatning keyingi rivojlanishi natijasida X. fabuladyan, asar syujetidan tamomila ajralib chikdi.

Yüklə 6,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin