Tushuntirish xati


Milliy va umummadaniy kompetensiya



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə38/67
tarix02.01.2022
ölçüsü1,6 Mb.
#46035
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   67
8-sinf Sinf soati

Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada:Bugungi kun qahramoni kim deb o’ylaysiz



O`qituvchi:

Kitob insonning tafakkurini charhlovchi noyob quroldir. Kitoblar bilan yaqindan tanishgan sayin inson ko`p narsalarga o`zgacha nigoh bilan nazar solishni boshlaydi. Kitob doimo insonlar uchun yaqin do`st , hamroh , dono maslahatchi bo`lib kelgan . Ba`zi kitoblarni mutolaa qilganda inson o`zi uchun hayotni yangidan kashf etishi ham mumkin . Bugungi hayotimizda ko`pchilik kitobning o`rni o`zgardi , endi kitob o`qish uchun vaqt sarflash noo`rin , teatr , kino , gazeta , jurnallar kitoblarning vazifasini bajarib , ularning o`rnini butunlay egalladi deb hisoblashadi . Informatsiyalar haddan ziyod ko`payib , har daqiqada yangilanib , internet butun insoniyat ongini egallab , hech kimning zerikishga vaqti qolmagan asrda kitoblarga joy bormikan ? Bunday savol o`z -o`zidan hammaning hayoliga kelishi aniq . Ayniqsa bugungi yoshlarning ko`pchiligi bizning davr bir joyda o`tirib kitob varaqlaydigan davr emas deb ta`kidlashadi . Ho`sh kitob o`qish aslida bizga nima beradi ? Bizning sivilizatsiyadan qoloq bo`lgan asrlarda yozilgan klassik asarlardan biz nimani o`rganishimiz mumkin? Vaqtimizning har daqiqasi g`animat bo`lib qolgan zamonda uni 2 asr oldin yozilgan kitoblarni o`qishga sarflash to`g`ri bo`larmikan ? Bu savollarga javob berish uchun avvalo kitob o`qishning hozirgi zamon yoshlariga foydasi bormi , yo`qmi , aniq bilib olish lozim. Bugungi kunda biz faqat faktlarga asoslanamiz . Quruq gap
bilan hozirgi zamonda hech kimni ishontirib bo`lmayadi.Demak faktlarga asoslanib bu savolga javobni qidiradigan bol`sak, bu borada olib borilgan tadqiqotlarga yuzlanishimiz lozim. Kitob o`qishning foydasi o`zi isbotlanganmi? Buni qarangki isbotlangan!!!


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin