Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:
Bir olamni istaymanki, unda bu olam odamlari bo`lmasa,
Va bu olam kishilari jafosidan unda g`am bo`lmasa.
Alisher Navoiy
O`qituvchi:
Alisher Navoiy bobomizga chuqur ehtirom yuzasidan bugun Navoiy bobomiz nomi bilan Navoiy viloyati, Navoiy kutubxonasi, Navoiy nomidagi teatr, Navoiy nomidagi stependiya, Navoiy nomi bilan ko`chalar, maktablar atalmoqda.
O`zbek xalqimiz Alisher Navoiy bobomizga chuqur ehtirom, ixlos va havas qilib o`z farzandlariga Alisher ismlarini qo`ymoqdalar. Bu ham xalqimizning yuksak ma’rifat va ma’naviyat sohiblari ekanligidan dalolat.
Dostları ilə paylaş: |